Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

04.08.2016

"Metallurg" ikkinchi davrani durang bilan boshladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 92
"Metallurg" ikkinchi davrani durang bilan boshladi

Mamlakat milliy chempionatining ikkinchi davrasini “Metallurg” safarda “So‘g‘diyona”ga qarshi o‘yin bilan boshladi va durangga imzo chekdi. Qiziqarli o‘tgan o‘yinda hisob ochilmadi.

Bevosita o‘yin tafsilotlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, o‘yin tomonlarning keskin va qarama qarshi hujumlari ostida o‘tdi. Tomonlar navbatma navbat tashabbusni ham o‘z tomonlariga og‘dirib olganliklarini ham aytib o‘tish joiz. Dastlabki daqiqalarda kutilganidek mezbonlar ko‘proq Suhrob Sultonov qo‘riqlayotgan darvozaga tahdid solishdi. Ammo yaratilgan vaziyatlar golga tortadigan holatlarga aylanmadi. Birinchi taymdagi eng esda qolarli holatni bekobodliklar barpo etishdi. 30-daqiqada Dilmurod Karimovning chamasi 25 metrlardan bergan kuchli zarbasidan keyin Muzaffar Abdullaev katta qiyinchilik bilan to‘pni qaytarib qolishga erishdi. Undan qaytgan to‘pga birinchi bo‘lib etib kelgan Javohir Esonqulovning o‘zi darvozani ishg‘ol etishga jazm etmadi va to‘pni darvoza chizig‘iga parallel ravishda jamoadoshiga uzatdi. Afsuski, Ayubxon No‘’monov bo‘sh qolgan darvozaga to‘pni to‘g‘rilay olmadi.

Ikkinchi taymda ham jamoalarda yaxshi imkoniyatlar bo‘ldi. maydon egalaridan Ixtiyor Toshpo‘latov, Muzaffar Muzaffarov, mehmonlardan esa Zohid Abdullaev, Dilmurod Karimovlarga hal qiluvachi pallalarda omad etishmadi. Shunday qilib, ikkinchi davraning dastlabki turida “Metallurg” va “So‘g‘diyona” jamoalari ochkolarni bo‘lib olishdi.

«So‘g‘diyona» (Jizzax) – «Metallurg» (Bekobod) – 0:0. 3 avgust 2016. Jizzax. "Jizzax" stadioni. 19:00

Hakamlar: H. Ro‘ziev – 8,8;O. Abduvosilov – 8,6;S. Shoyusupov– 8,6;K. Rasulov – 8. Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent). O‘zPFL vakili: V. Letkin.

"So‘g‘diyona": 21.Muzaffar Abdullaev, 5.Murod Xolmuhammedov, 7.Sanjar Rashidov, 10.Muzaffar Muzaffarov, 13.Sarvar Jo‘raev (20.Jahongir Jiyamurodov, 67), 14.Jamshid Hasanov (90.Sarvar Holmatov, 60), 16.Akmal Xolmurodov, 18.Qahramon Bahodirov, 70.Robbim Hasanov, 77.Sardor Eminov (9.Akmal Abdurahmonov, 77), 93.Ixtiyor Toshpo‘latov.

Zaxira: 12.Shirinboy Abdullaev, 2.Dilmurod Ikromov, 8.Suhrob Qobilov, 24.Mo‘min Meliev.

"Metallurg": 32.Suhrobjon Sultonov, 4.Hikmat Hoshimov, 6.Dilmurod Karimov (7.Doniyor Odilov, 75), 8.Ayubxon No‘’monov, 13.Javohir Esonqulov (17.Mirg‘iyoz Sulaymonov, 46, Saidjon Abdujabborov, 79), 14.Davron Karimqulov, 15.Zohid Abdullaev, 22.Murod Toshmatov, 23.Sherzod Jalilov, 40.Islom Qobilov, 70.Jahongir Abdumo‘minov.

Zaxira: 91.Zafar Safoev, 9.Farhod Namozov, 11.Farruh Shotursunov, 19.Ergash Ismoilov.

Ogohlantirishlar: M. Xolmuxamedov (61), A. Xolmuradov (70), R. Xasanov (81) – D. Esanqulov (41), A. No‘’monov (73).

Uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchilari: M. Muzaffarov – A. No‘’monov.

O‘yindan keyin ikkala jamoa murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Dastavval, mehmonlar jamoasi boshlig‘i Shavkat Saidov jurnalistlarni qiziqtirgan savollariga javob qaytardi.

Shavkat Saidov, “Metallurg” FK jamoa boshlig‘i: - Bugun biz ikki xil taymlarning guvohi bo‘ldik. Birinchi bo‘limda biz ko‘proq gol kiritadigan vaziyatlar yaratib, ulardan foydalana olmadik. Ikkinchi taymda esa asosan himoyalanishga majbur bo‘ldik. Qayd etilgan hisob o‘yinga mos bo‘ldi deb o‘ylayman. Aslida biz Jizzaxga g‘alaba qozonish uchun kelgandik. Lekin, mezbonlar ham uchrashuvga puxta tayyorgarlik ko‘rishganliklari bois bizga imkoniyat berishmadi. “So‘g‘diyona” o‘z o‘yinini topib borayotganini maydonda bugun yaqqol namoyon etdi. “Metallurg”ning oldiga bu yil qanday maqsad qo‘yilgan? Biz har doim maydonga g‘alaba qozonish, muxlislarimizni xursand etish uchun chiqamiz. Kerakli natijalarni qo‘lga kiritib borsak, o‘ylaymanki, mavsum oxirida vazifamizni bajargan bo‘lamiz, - deydi Shavkat Ne’matjonovich.

Matbuot anjumanining ikkinchi qismida maydon egalari bosh murabbiyi Davron Fayziev qatnashdi.

Davron Fayziev, “So‘g‘diyona” FK bosh murabbiyi: - Uchrashuv keskin kurashlarga boy bo‘ldi. “Metallurg” haqiqatdan ham kuchli jamoa ekanini isbotladi. Ular bejizga etakchilar qatorida o‘rin egallab turishmayapti. Bugungi o‘yin shunday tarzda kechdiki, qaysidir jamoa birinchi bo‘lib gol ursa o‘sha jamoa g‘alaba qozonardi. Uchrashuv bitta gol bilan yakun topish ehtimoli katta edi. Jamoadan ketgan futbolchilar haqida nima deyishim mumkin? Ular o‘z hohishlari bilan boshqa jamoalarga o‘tishdi. Davralar oralig‘idagi yig‘inimiz ko‘ngildagidek o‘tdi deb ayta olaman. Tarkibimizga bir qator futbolchilarni taklif etdik. Bugun ulardan ayrimlari maydonga tushishdi va yomon tassurot qoldirmadi. Turnir jadvalidagi natijalarimizga e’tibor bersak, urilgan gollarimiz soni kam. Hujumda muammo mavjud. Shu bois jamoaga Ixtiyor Toshpo‘latovni qabul qildik. Bugungi o‘yinda u maydonda yomon harakat qilmadi, deb o‘ylayman. Qisqaroq qilib aytganda, bugun maydonda harakat qilgan yangi futbolchilarimizda biroz hayajon borligi sezildi. Balki ularning jizzaxlik muxlislar oldidagi dastlabki o‘yinlari bo‘lgani bunga sababdir, - deydi Davron Fayziev.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar