Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

04.08.2016

11 avgust kuni “Paxtakor-79” xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkaziladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 109
11 avgust kuni “Paxtakor-79” xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkaziladi

11 avgust, payshanba kuni “Paxtakor-79” jamoasi a’zolarini vafotiga sabab bo‘lgan aviafalokat sodir bo‘lganiga 37 yil bo‘ladi. Mana shu munosabat bilan, ushbu sanada, Toshkentda bir necha tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Avvaliga, 09:00da futbol jamoatchiligi “Paxtakor” stadioni hududida joylashgan “Paxtakor-79” yodgorligi oldida jamlanadi. Bu erdagi xotirlash marosimi yakunlangach, yig‘ilganlar aviafalokat oqibatida dunyodan ko‘z yumgan “Paxtakor” futbolchilari dafn qilingan Botkin qabristoniga tashrif buyurishadi.

Tadbirlarda OAV vakillari ham ishtirok etishlari mumkin.

Shuni ham qayd etish lozimki, 5-10 avgust kunlari davomida bolalar o‘rtasida Toshkentda “Paxtakor-79” xotira turniri bo‘lib o‘tadi.

1979 yil aviahalokatda hayotdan ko‘z yumgan jamoa a’zolari xotirasini yod etish maqsadida o‘tkaziladigan turnirda mamlakatimizning 12 jamoasi 2001 yilda tavallud topgan tarbiyalanuvchilar bilan ishtirok etadi. Buxoro, Urganch, Samarqand, Jizzax, Chust, Termiz, Qo‘qon, Olmaliq jamoalari bilan birga "Paxtakor", "Paxtakor-2" (2002 yil) va BO‘SM-16 jamoalari turnirda qatnashadi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar