Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

04.08.2016

«Navbahor» ikkinchi davrani yirik mag‘lubiyat bilan boshladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 111
«Navbahor» ikkinchi davrani yirik mag‘lubiyat bilan boshladi

Bugun jamoamiz ikkinchi davraning dastlabki turida Toshkentning “Lokomotiv” klubi mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvning debyut qismi futbolchilarimiz uchun muvaffaqiyatsiz keldi.

Dastlab, 3-daqiqada Server Jeparov tomonidan amalga oshirilgan jarima zarbasidan keyin to‘pga egalik qilgan Artur Gevorkyan hisobni ochishga erishdi. Oradan hech qancha vaqt o‘tmay markazda yo‘l qo‘yilgan xato “Lokomotiv” futbolchilariga ikkinchi golni urish imkoniyatini berdi. Gevorkyanning to‘p oshirishidan keyin Server Jeparov “Loko”ning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Mezbonlar tez orada yana bir hujumni samarali yakunlashdi. Timurxo‘ja Abduholiqov raqib himoyachilarini chalg‘itgan holda Korniychuk darvozasini aniq nishonga oldi. Qisqa vaqt oralig‘ida kiritilgan uchta gol “Lokomotiv” futbolchilariga o‘zlarini ancha xotirjam his qilishlariga zamin yaratgan bo‘lsa jamoamiz a’zolarini esa ruhiy tomondan tushkun kayfiyatga tushib qolishlariga sababchi bo‘ldi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limi mezbonlarning to‘liq ustunliklari ostida o‘tdi. “Loko” futbolchilari to‘pni nazorat qilishda vakillarimizga imkon berishmadi. O‘yinni borishi jamoamiz murabbiylar shtabini qoniqtirmagani sababli 16-daqiqada almashtirish amalga oshirildi. Aziz Turg‘unboevni almashtirgan tezkor Abdumalik Abdullaev vaziyatni o‘zgartirishga urinib ko‘rdi. Ammo, futbolchilarimiz tomonidan uyushtirilgan hujumlar mezbon himoyachilariga qiyinchilik tug‘dirmadi. Bo‘lim oxirlarida Sanjar Shoahmedovning o‘ng qanotda faollik ko‘rsatib, Timurxo‘ja Abduholiqovga ikkinchi golini urish imkonini yaratib berdi. Tajribali hujumchi o‘ziga bildirilgan ishonchni oqladi va hisobni 4:0 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi.

Tanaffusdan keyin futbolchilarimiz harakatida jonlanish ko‘zga tashlandi. 16-tur arafasida “Navbahor” a’zosiga aylangan Alisher Ziyoviddinovni zaxiradan tarkibga qo‘shilishi keskin hujumlarni uyushtirishga imkon berdi. Ziyoviddinov qisqa vaqt oralig‘ida Abdumalik Abdullaevni ikki marta Nesterov bilan yakkama-yakka vaziyatga olib chiqdi. Dastlabki holatda Oleg Zoteev so‘nggi pallada to‘pni darvoza to‘ridan joy olishiga imkon bermadi. Ikkinchi vaziyatda esa Abdullaevga gol urish uchun darvoza to‘sini halal berdi. Umuman olganda jamoamiz a’zolarining uyushtirgan boshqa hujumlaridan ham hech qanday naf chiqmadi. 74-daqiqada esa Murod To‘ychiboev Marat Bikmaevni jarima maydonchasi yaqinida qo‘pollik bilan to‘xtatib qolgani uchun belgilangan jarima zarbasini Bikmaevni o‘zi aniq amalga oshirib, hisobni 5:0 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi. O‘yinning qolgan vaqti davomida aynan shu hisob o‘zgarishsiz qoldi va “Navbahor” ikkinchi davrani yirik hisobdagi mag‘lubiyat bilan boshladi.

«Lokomotiv» – «Navbahor» - 5:0 (4:0). 3 avgust. Toshkent. TTYMI o‘yingohi.

Hakamlar: B.Namozov, R.Serazetdinov, T.Gaynulin, A.Ergashev.

Nazoratchi - A.Arutyunov.

PFL vakili - G.Rtveladze.

"Lokomotiv": 1. Ignatiy Nesterov, 5. Kaxi Maxaradze, 8. Server Jeparov (37. Sherzod Fayziev, 65), 11. Timurxo‘ja Abduxoliqov, 13. NemanShya Yanichich, 15. Sardor Mirzaev (10. Marat Bikmaev, 52), 17. Salim Mustafoev, 18. Timur Kapadze, 22. Sanjar Shoahmedov, 33. Oleg Zoteev, 71. Artur Gevorkyan (7. Sadriddin Abdullaev, 75).

"Navbahor": 12. Aleksandr Korneychuk, 7. Akram Bahritdinov, 9. Dilshod Jabborov (44. Alisher Ziyovuddinov, 54), 10. Alisher Mahmudov, 19. Vladislav Aleksin (28. Islom Isoqjonov, 86), 21. A’zam Aliev, 26. Qahramon Mahammadjonov, 27. Murod To‘ychiboev, 33. Tohir Shamsitdinov, 48. Aziz Turg‘unboev (50. Abdumalik Abdullaev, 16), 99. Ruslan Vagapov.

Gollar: A.Gevorkyan (3), S.Jeparov (4), T.Abduxoliqov (6,43), M.Bikmaev (74).

Ogohlantirishlar: S.Mustafoev (85) - T.Shamsiddinov (55), M.To‘ychiboev (73).

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar