Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

03.08.2016

PenalShti – asablar o‘yini

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 135
PenalShti – asablar o‘yini

FootballHD.ru futbol qoidalari xususidagi navbatdagi maqolasida 11 metrlik jarima qay yo‘sinda paydo bo‘lgani va takomillashib borgani to‘g‘risida hikoya qiladi. Shuningdek, maydonda reketga chek qo‘yish va penalShtini nima italShyan milliy taomi bilan bog‘lab turishi haqida gapiriladi.

1866 yili Angliya futbol assotsiatsiyasi futbol qoidalariga kiritilgan ilk o‘zgartishlarni qabul qilarkan, imkon qadar jarima maydonida sodir etilgan qoidabuzishlarga munosibroq jazo belgilashga harakat qildi. Futbol chinovniklari mazkur jazo qilmishga yarasha og‘ir bo‘lishini juda ham yaxshi tushunishar va futbol rivojining dastlabki 10 yilida buning ustida astoydil bosh qotirishdi: 1877 yil boshlarida qoidalarda «erkin zarba» degan atama paydo bo‘ldi - u maydondagi kichik qoidabuzishlarga nisbatan qo‘llanilardi. Oradan 13 yil o‘tgach esa ilk bor erlik inson boshiga o‘ta ajoyib fikr keldi: «Agar darvoza tomon beriladigan zarba jonli devorsiz amalga oshirilsa-chi?», - deb o‘ylab qoldi bir stakan viskini oldiga qo‘ygancha irlandiyalik darvozabon UilShyam Makkram. «Milford» jamoasi sharafini himoya qilarkan, posbon himoyachilar golli vaziyatdan qutulish uchun naqadar surbetlarcha harakat qilishlarini kuzatardi: himoyachilar hech qanday vijdon azoblarisiz, atayin hujumchilarga nisbatan kuch ishlatishar yoki to‘pni qo‘llariga olvolishardi. Hakam, albatta bu kabi qoidabuzishlarni javobsiz qoldirmasdi, ammo belgilangan jazo himoyachilarni to‘la qanoatlantirardi - ular darvoza chizig‘i oldida ulkan jonli devor barpo qilishar va berilgan zarbani qo‘llari bilan urib yuborishda davom etaverishardi. Bunday vaziyatda gol urib ko‘r-chi... 1890 yilda Irlandiya futbol assotsiatsiyasida ishlarkan Makkram himoyachilarning o‘z jarima maydonlarida qilgan follariga jazo sifatida jonli devorsiz zarba berishni taklif etdi. Futboldagi olamshumul yangiliklar doimo chinovniklarga yoqmay kelgan va bu safar ham shunday bo‘ldi. Ular yarim yilgacha bu masalada bosh qotirishgan bo‘ldi va bu hol Angliya futbol assotsiatsiyasi kubogi uchun «Stok Siti» va «Notts Kaunti» klublari o‘rtasidagi uchrashuvgacha davom etdi. Mazkur bahsda himoyachi darvoza tomon berilgan zarbani qo‘llari bilan ushlab oldi, hakam tomonidan belgilangan jarima esa hech qanday natijaga olib kelmadi. Bu adolatsizlik ingliz futbol muxlislari o‘rtasida noroziliklarni keltirib chiqardi: haqiqat bormi o‘zi?.. Shu tariqa, 1891 yili Makkramning taklifi qabul qilindi. Darvozaga 12 fut (1 fut salkam 1 metrga teng) qolganda raqibni chalib yiqitgan, ushlab qolgan yoki to‘pni atayin qo‘li bilan o‘ynagan himoyalanayotgan jamoa erkin zarba bilan jazolanadigan bo‘ldi. Zarba 11 metrdan beriladi, penalShti tepayotgan futbolchi va darvozabondan tashqari har ikki klub o‘yinchilari nuqtadan 6 metr uzoqda joylashishlari shart edi. 1891 yilning 22 avgustida - Shotlandiya birinchiligi doirasida o‘tkazilayotgan «Renton» — «Leyt Atletik» jamoalari o‘rtasidagi bahsda Aleks MakKoll nuqtadan belgilangan penalShtini aniq ijro etdi va bu bilan futbolda penalShtini amalga oshirgan ilk futbolchi sifatida tarixga kirdi (darvoqe, yaqin kunlarda bu voqeaga 125 yil to‘ladi). Ko‘p o‘tmay, «Stok Siti»da penalShti masalasida yana bir muammo paydo bo‘ldi: «Aston Villa»ga qarshi o‘yinda jamoaga vaqt etmay qolgandi - hamma gap shundaki, Birmingem jamoasi a’zosi vaqt cho‘zish maqsadida to‘pni atayin tribuna tomon tepib yuboradi va oqibatda, ishqibozlar o‘rtasida yangi noroziliklar kelib chiqadi. Bu esa futbol chinovniklarini o‘yin paytida belgilangan penalShti bahs nihoyasiga etib qolganda ham amalga oshirilishi shart, degan qarorni qabul qilishga majbur qildi: adolat har narsadan ustun bo‘lishi kerak. Shu tariqa, futbolda amaliyot nazariyani ortda qoldirgancha rivojlana boshladi: qoidalarda penalShti ko‘rsatilgan ekan, maydonni ham shunga moslash kerak-ku - 1891 yilda darvozabon maydonchasi, so‘l qanot liniyalari, markaziy doira chizig‘i, 1902 yilda esa himoyalanuvchi tomon qoida buzsa albatta, penalShtiga olib keladigan hudud paydo bo‘ldi. U jarima maydonchasi deb atalib, darvozadan 18 metr uzoqda joylashgan bo‘lib, 44 metr kenglikdan iborat edi. Jarima maydonchasi o‘rtasida esa «nuqta» paydo bo‘ldi - aynan o‘sha erdan jabrlangan tomon penalShtini amalga oshirishi kerak edi. PenalShti tepish borasidagi qoidalarga navbatdagi o‘zgartish konkret futbolchi - darvozabon UilShyam Fulk(uni shuningdek, Baqaloq Fulk deb ham atashardi)ka tegishli. Muxlislar tomonidan berilgan nomga mos ravishda UilShyamning og‘irligi 188 sm. bo‘yiga nisbatan naq 150 kilogrammni tashkil qilardi. Odatda, semiz odamlar mehribon va dangasa bo‘lishadi, Fulkda esa buning aksi edi. U darvozani qo‘riqlashga halal berayotgan futbolchilarni oyog‘ini osmondan qilgancha ko‘tarardi-da, bir-ikki bor silkitib yana tikka turg‘azib qo‘yardi. Sport nuqtai-nazaridan olib qaraganda, u penalShtini qaytarish masalasida «daho» edi - Fulk bu asablar o‘yini ekanini hammadan avval anglab etgan va nuqtadan zarba berayotgan futbolchining asabini o‘ynatish maqsadga erishish uchun eng to‘g‘ri yo‘l ekanini bilardi. Raqib futbolchisi «nuqta»ga to‘pni qo‘yar-qo‘ymas, Fulk qo‘llarini silkitgancha va og‘ziga kelganini qaytarmay uning oldiga borardi. Tasavvur qiling, sizga bo‘yi 188 sm., vazni 1,5 tsentnerga boradigan - ko‘rinishi tankni eslatadigan kishi yaqinlashadi-da, taxminan quyidagi so‘zlarni aytadi: «Hoy, yigit! Nima, darvozaga to‘p kiritmoqchimisan? Gol ursang, ko‘zguda o‘zingni tanimaydigan ahvolga kelib qolasan...». Hamma ham bunday so‘zlardan keyin sovuqqonlikni saqlab qoladi, deb bo‘lmaydi... 1905 yili futbol chinovniklari Fulkning reketiga chek qo‘yishdi. Posbonlar 11 metrlik zarba oldidan darvoza chizig‘idan chiqish huquqidan mahrum qilindi. Chiziqda turgancha asabga tegish esa har doim ham ta’sir qilmaydi. Natijada, nuqtadan ko‘proq gollar uriladigan bo‘ldi. Oradan 5 yil o‘tgach, Angliya futbol assotsiatsiyasi kubogi finalida ilk marta penalShtidan gol kiritildi. Bu ishni «NShyukasl» futbolchisi AlShbert Sheferd amalga oshirdi. Shunga qaramay, darvozabonlar chiziqdan chiqmay turib ham ijrochi ruhiyatini izdan chiqarish yo‘lini axtarishdan charchashmasdi. Zero, variantlar hali ko‘p edi - chiziq bo‘ylab orqa va oldinga yugurish yoki zarba berilguncha o‘rnida sakrash shular jumlasidan. Ammo 1929 yili bu ham taqiqlandi: 11 metrdan zarba berilgunga qadar darvozabonlarga qimirlash qat’iy man qilindi. Shu o‘rinda yana bir savol tug‘iladi: zarba berilguncha qolgan futbolchilar nima qilishardi? Ular jarima maydoni oldida to‘planib olib, zarbadan keyinoq kurashga kirishishga tayyor turardilar. Oqibatda, maydonning ma’lum erida tiqilinchlik yuzaga kelardi. 1937 yilga kelib bu muammoga ham chek qo‘yildi - jarima maydonida «D»simon liniya paydo bo‘ldi va futbolchilar penalShti tepilayotganda uning ortida turadigan bo‘lishdi. 7 yil avval - 1930 yildagi Urugvay mundialda ilk bor nuqtadan berilgan zarba qaytarildi va o‘z navbatida, aniq amalga oshirildi. Frantsiyalik posbon Aleks Tepo chililiklarga qarshi bahsda jamoasini muqarrar goldan saqlagan bo‘lsa, meksikalik ManuelSh Rosas argentinaliklar bilan o‘yinda raqiblar darvozasini aniq nishonga oldi. Keyingi 30 yil futboldagi penalShti borasida birorta ham o‘zgarish olib kelmadi. Faqat isroillik Yozef Dagan degan futbolchi o‘yinda durang natija qayd etilsa g‘olibni penalShti tepish orqali aniqlash taklifi bilan chiqdi. Bunday zarbalar ilk bor 1976 yilgi Evropa chempionatida berildi. O‘shanda sobiq Chexoslovakiya termasi GFRni dog‘da qoldirdi. Oradan 6 yil o‘tgach esa, o‘sha mag‘lubiyatdan etarli xulosa chiqarib olgan nemislar JChda frantsuzlarni dog‘da qoldirishdi. Xo‘sh, mazkur duelda bir xil imkoniyatga ega bo‘lgan ikki tomonning biri nimaning hisobiga g‘olib bo‘ladi? Qanday qilib ijrochilar darvozabonni aldashni uddalashadi yoki posbonlar bu ishni amalga oshirishadi? Quyida shu haqda hikoya qilinadi. Panenka uslubidagi penalShti Sobiq chexoslovakiyalik yarim himoyachi Antonin Panenkaning nomi ko‘pchilikka noma’lum. Ammo aynan u 1976 yilgi Evrora chempionati finalida GFR termasi darvozasini noodatiy tarzda nishonga olib, o‘yinga nuqta qo‘ygandi: zarba oldidan Panenka jinday to‘xtalish qildi va bu vaqt davomida posbon (Mayer) darvoza chetiga borib qoldi, shundan so‘ng, Antonin xotirjam ravishda to‘pni darvoza to‘riga yo‘lladi. Keyinchalik kimlar bunday zarbani amalga oshirmadilar deysiz... Bir qadamdan penalShti Afsonaviy futbolchi, Braziliya termasi kapitani nuqtadagi zarbalarni o‘rnidan qo‘zg‘olmagan holda, uzun va baquvvat oyoqlari yordamida aniq bajarardi. Aynan u tomonidan bajarilgan penalShtilar 1986 yilgi mundialning eng esda qolarli jihatlaridan biriga aylandi. Ammo chorak finalda Akela xato qildi. Frantsuzlar posboni Barts mazkur «tsirk o‘yini»ga puxta tayyorlangan ekan, u Sokratesning zarbasini xotirjam holda bartaraf qilishni uddaladi. Yugurgancha beriladigan zarba: Mario Balotelli - Bu o‘ziga xos duel, men va golkiper o‘rtasidagi asablar o‘yini. Ammo o‘zimni qanday nazorat qilishni bilaman. Agar posbon mendan avval harakat qilsa, asablar o‘yinini u boy beradi. Mario penalShti tepishdagi ajoyib texnikasi haqida gapirarkan yuqoridagilarni aytgandi. Chindanam, bunda noodatiy hech narsa yo‘qday. Ammo Mario haqiqatan hech narsa qilmasdi. U yugura turib bir soniyaga to‘xtar va bu bilan darvozabon qaysi burchakni yopishga qaror qilganini ko‘rsatishga majbur qilardi. SuperMario 21 bor buning uddasidan chiqdi, ammo hech narsa boqiy emas. «Milan»ning «Napoli»ga qarshi o‘yinida neapolliklar darvozasini qo‘riqlayotgan Pep Reyn Marioni hayratga solgancha zarbagacha o‘rnidan qo‘zg‘olmadi va lol qolgan Balotellining zarbasi ham shunga yarasha chiqdi: kuchsiz va noaniq. Asablar o‘yinida darvozabon g‘olib chiqqanidan so‘ng, Mario anchagacha maydon bo‘ylab maqsadsiz yugurdi, hatto gol urib, bundan rohatlanmadi ham. O‘yin oxirida esa asablarini jilovlay olmay qizil kartochka oldi. Kuchga suyanib beriladigan penalShti: IgorSh Belanov IgorSh Belanov -sobiq ittifoqning Evropaning eng yaxshi futbolchisi, deb topilgan uch futbolchisidan biri (Lev Yashin va Oleg Bloxindan so‘ng). 1986 yili u «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritadi va nomini dunyoga doston qilish uchun Meksikadagi mundialga yo‘l oladi. O‘shanda novcha, sersoqol braziliyalik joyidan qimirlamagan holda penalShtidan gollar urardi, Belanov esa bu borada o‘z uslubini taklif qildi - kuchga tayanib beriladigan zarbani. Bu unchalik ham chiroyli emasdir, biroq aniq zarba va gol. Kiperlar Belanov to‘pni kuchli zarb bilan darvozaning o‘ng burchagiga yo‘llashini aniq bilishardi. Ammo bunga qarshi hech narsa qilisholmasdi - to‘p o‘ta kuchli yo‘llanardi-da. Fan ham Belanovning harakatlari to‘g‘riligini isbotladi: agar to‘p nuqtadan soatiga 120 km. tezlikda darvozaga yo‘llansa, to‘p chiziqda 500 millisekunddan so‘ng paydo bo‘ladi. Darvozabonga esa markazdan to‘sin oldiga sakrash uchun 600 millisekund fursat kerak. Aralash texnika: Gaiska MendSheta Shunday pianinachilar borki, ijro davomida qo‘llariga qarashmaydi - qo‘llarning o‘zi nima qilishni yaxshi bilishadi. «Valensiya» afsonasi Gaiska MendSheta ham penalShti tepayotganida to‘pga qaramasdi. Ispaniyalik yarim himoyachi zarba berish uchun uzoqdan yugurib kelarkan, darvozabon harakatini diqqat bilan kuzatardi va qarama-qarshi burchakka to‘pni aniq yo‘llardi. Agar posbonning asabi mustahkam bo‘lsa-yu zarba berilguncha o‘rnidan qimirlamasa, MendSheta kuchga zo‘r berardi. Ispaniyalikning asablari chindanam o‘ta mustahkam edi-da. Aytishlaricha, u biror marta ham penalShti tepishda adashmagan ekan. Shunchaki buyuk penalShti tepuvchi: MettShyu Le TissShe «Sautgempton» sharafini himoya qilgan Le TissShe nostandart texnikasi, har ikki oyoqda beriladigan ajoyib zarbasi va 11 metrlik nuqtadan mo‘ljalni aniq olishi bilan yodda qolgan. Butun karSherasi davomida hujumkor ingliz yarimhimoyachisi 48 penalShtining 47tasida gol urgan va bu futbol tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri. Aytishlaricha, TissShe Kapelloga penalShti tepish bo‘yicha murabbiy sifatida o‘z xizmatini taklif ham qilgan, ammo Fabio qo‘shimcha «nonxo‘r» ko‘payishini istamagan shekilli, «yo‘q» deb javob bergan ekan. O‘ynaladigan penalShti Ma’lumki, taqiqlanmagan hamma narsaga ijozat bor. Videoga muhrlangan ilk o‘ynaladigan penalShtining tarixi esa 1957 yilga borib taqaladi. O‘shanda BelShgiya va Islandiya termalari o‘rtasidagi bahsda belShgiyalik Anri Koppens penalShti tepish o‘rniga jamoadoshi Andre Pitersga «pas» beradi. Piters esa islandiyalik posbon bor kuchi bilan unga qarab yugurib kelayotganini ko‘rib to‘pni Anriga qaytaradi va gol. Oradan 25 yil o‘tgach, Yoxan Kruiff va Yesper Olsenlar ham shunga o‘xshash tryukni amalga oshirishadi. O‘shanda taqdirga tan bergan darvozabon «Ayaks» hujumchilari harakatlarini jimgina kuzatgan ekan, xolos. Mashhur frantsuzlar Pires va Anrilarga esa 2005 yili «Arsenal» va «Manchester Siti» uchrashuvida penalShtini yuqoridagiday qilib amalga oshirish nasib qilmagan. Aniqrog‘i, ularning harakatini hech kim tushunmagan, hakam bo‘lsa shaharliklar darvozasi tomon erkin zarba belgilagan - emishki, Pires yugura turib to‘xtaganmish. Spagetti - dahshatli kuch Buyuk futbolchi va ajoyib inson Dik Ruz 11 metrlik nuqtadan zarba berilayotganda ijrochining asablariga ta’sir ko‘rsatadigan oyoqlar o‘yinini ilk bor ijro etgan darvozabon sifatida tarixda qolgan. Keyinroq bu harakat «spagetti-oyoqlar» deb nomlandi. Nafaqat nomlandi, ayrim kiperlar tomonidan takrorlandi ham. Masalan, afrikalik kiper Grobbelar «LiverpulSh» uchun 627ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa, ularning biri - 1984 yili Evropa Chempionlari kubogi uchun «Roma»ga qarshi o‘tkazilgan final bahsini ko‘pchilik hali-hanuz yaxshi eslaydi. Zero, o‘ynan o‘sha o‘yinda Bryusning artistlik iste’dodi namoyon bo‘lgandi. Uchrashuvning asosiy vaqti durang natija bilan nihoyasiga etgach, g‘olib penalShtilar seriyasiga ko‘ra aniqlanadigan bo‘ldi. Har bir zarb oldidan «LiverpulSh» posboni darvoza to‘rini chaynar va bu bilan italShyanlarning makaronxo‘r ekanliklarini ko‘rsatmoqchi bo‘lardi, kiperning oyoq harakatlari esa «a-lya spagetti»ni eslatardi. Golkiperning «peshona teri» besamar ketmadi: bir yo‘la 2 italiyalik millat faxri bo‘lmish taom ustidan kulishayotganini hazm qilolmadi va mo‘ljaldan adashdi. Kelgusi yili «LiverpulSh» yana chempionlar kubogida ishtirok etganida Grobbelar eski hunarini takrorlamoqchi bo‘ldi, zero o‘shanda yana bir italShyan klubi - «Yuventus» raqib edi. Ammo penalShtini amalga oshirgan MishelSh Platini makaronni yomon ko‘rarkanmi, 1-2 soniya posbonning ajabtovur harakatlarini kuzatdi-da, to‘pni to‘rga aniq joylab qo‘ya qoldi. 150ta qaytarilgan zarba Bu natija albatta, Yashinga tegishli. 11 metrlik «quruq» seriyalar sohiblari JChlarda o‘yindan so‘nggi penalShtilarda darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan ilk kiper sifatida Aleksandr Shovkovskiy nomi tilga olinadi. Voqea 2006 yili - Ukraina-Shveytsariya uchrashuvida sodir bo‘lgandi. Eng qizig‘i, o‘sha JChni Shveytsariya asosiy vaqtda birorta ham to‘p o‘tkazib yubormagan va mag‘lub bo‘lmagan terma sifatida tark etdi. Evropa chempionlari kubogi finalida o‘yindan keyingi penalShtilar seriyasida 4 bor zarbani qaytargan ilk va hozirgacha yagona kiper sifatida esa Ruminiyaning «Styaua» klubi posboni XelShmut Dukadam tarixda qoldi: u 1986 yilning 7 mayida Ispaniyaning «Barselona» futbolchilari tomonidan tepilgan zarbalarni qaytardi. Nima ham derdik, dunyo mo‘’jizalarga boy.

I.OBIDOV tayyorladi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar