Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

03.08.2016

Futzal bo‘yicha JCh—2016 ishtirokchilari. Italiya: 2004 yildan buyon shohsupadan tushmaydigan jamoa

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 109
Futzal bo‘yicha JCh—2016 ishtirokchilari. Italiya: 2004 yildan buyon shohsupadan tushmaydigan jamoa

Italiya terma jamoasi Jahon Chempionatiga chiqish uchun katta qiyinchilik ko‘rmadi. Buni quyidagi maqoladan bilish mumkin.

Kolumbiyaga yo‘l

Italiya terma jamoasi Jahon Chempionati chiptasiga ega chiqish yo‘lidagi kurashda o‘z guruhini peshqadam sifatida yakunladi.

Birinchi o‘yinda Makedoniya ustidan 6:1 hisobida zafar quchgan Italiya, 2-turga kelib Moldoviyani mag‘lub etdi — 3:1. Biroq bu seriya so‘nggi turda ham davom etmadi. Italiyalik futzalchilar Slovakiya qarshiligini sindira olishmadi — 1:2. Shunga qaramay Italiya to‘plar nisbatiga ko‘ra guruhni peshqadam sifatida yakunlashga erishdi.

Shu tariqa Italiya saralash o‘yinida ishtirok etadigan bo‘ldi. Bu bosqichda «moviy gvardiyachilar» hech qanday qiyinchilikka duch kelmay, Vengriya ustidan 6:0 hisobida muvaffaqiyat qozonishdi. Bu esa Kolumbiya chiptasi degani edi.

Jamoa haqida

Italiya termasini etti yildan buyon bitta mutaxassis boshqarib kelayotgani jamoaning eng ustun tomoni bo‘lishi mumkin. 1992 yilgi Gonkong mundialida to‘p surgan Roberto Menichelli Italiya termasining bugunini to‘liq hal qiladigan inson.

U jamoa uchun nima kerakligi va uni qanday shakllantirish mumkinligini yaxshi biladi. Kolumbiyadagi Jahon Chempionatida bu narsa unga qo‘l kelishi mumkin.

Stefano Mamarella jamoaning asosiy figurasi. U Italiya terma jamoasini o‘z ortidan ergashtirib kelayotgan futzalchi hisoblanadi. Undan tashqari Rodolf Fortinoni ham unutmaslik kerak. Bu yigitlar Adidas sovrini hisoblangan «Oltin qo‘lqop» va «Kumush butsa» sovrinlarini to‘rt yil avvalgi Jahon Chempionatida o‘ziniki qilib olgandi.

Jamoa sardori Gabriel Lima, uning yonida harakat qiladigan Serxio Romano, Alessandro Patias kabi futzalchilar bilan Italiya terma jamoasi yorqinroq natijadan bemalol umid qilishi mumkin.

Mundiallar tarixi

Italiya sportdagi eng katta derjavalardan biri. Futzalda ham Italiya o‘z nomi va imzosiga ega. Buni sakkizta Jahon Chempionatidan ettitasida ishtirok etgani ham ko‘rsatib turibdi. Bu borada Italiya Evropadagi ikkinchi jamoa — Ispaniyadan keyin.

Italiya terma jamoasi uchun dastlabki mundiallar omadli keldi deb bo‘lmaydi. 1989 yil Gollandiyadagi, 1996 yil Ispaniyadagi Jahon Chempionatlarida italiyaliklar guruh bosqichini muvaffaqiyatli bosib o‘tganliklariga qaramay, shohsupaga ko‘tarila olishmadi. 2000 yilgi Gvatemala mundiali ham shunday yakun topdi.

Jamoaning keyingi natijalari esa ajoyib bo‘ldi va Italiya 2004 yildan buyon sahnadan tushmayapti. Xitoy Taypeyida bo‘lib o‘tgan festivalda Italiya finalga qadar etib bordi va kumush medallarni qo‘lga kiritdi. 2008 va 2012 yillarda esa bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar