Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

03.08.2016

Lionel Messining hayot qoidalari

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 156
Lionel Messining hayot qoidalari

Lionel Messi-Futbolchi, 28 yosh, “Barselona”

«Menga noodatiy soch turmagi ham, chiroyli tana tuzilishi ham kerak emas. Menga to‘pni bering, shunda sizga nimaga qodirligimni ko‘rsataman».
Men o‘z hatti-harakatlarimga og‘zaki izoh berishim shart emas, BUNING UChUN OYoQLARIMNING HARAKATLARI KIFOYa.
MENING KASBIM – FUTBOL O‘YNASh, futbol esa men yaxshi ko‘rgan o‘yin.

MEN 12 YoShIMDAN BERI BARSELONADA YaShAYMAN, lekin bu tufayli argentinalik ekanligimni esimdan chiqarganim yo‘q, ko‘pchilik argentinaliklar shu fikrda bo‘lishsa ham.

MENDA MANMANLIK YO‘Q, DEB O‘YLAYMAN. Shuni bilamanki, biron o‘rinda manmanlik bilan ish tutmadim.

PELE, MARADONA VA DI STEFANO (“Real Madrid” jamoasida to‘p surgan argentinalik va ispaniyalik futbolchi) KABI ChEMPIONLARGA HURMAT BILAN QARAYMAN.

Lekin ayni vaqtda meni ushbu chempionlar bilan solishtirmasliklarini xohlardim. Nafaqaga chiqib olay, bu borada o‘shanda gaplashamiz.

YoShLIGIMDAN JUDA SOKIN HAYoT KEChIRAMAN va bor vaqtimni futbolga ajrataman. Bolaligimda do‘stlarim ko‘chada sayr qilishga chaqirishardi, lekin o‘sha kunlarning ertasiga mashg‘ulotlarim bo‘lganligi uchun rad javobini beradim. Hozir ham bu holat o‘zgarmagan. Do‘stlarim biron erga borishayotganda meni chaqirishsa, uyda qolishni afzal ko‘raman.

ASTOYDIL HARAKAT QILISh VA TALANT doimo yonma-yon keladi.

Har kuni biron yangi narsa o‘rgana olinsa, HAYoT YaNADA YaXShIROQ BO‘LARDI.

ENG YaXShI BO‘LIShGA QARShI EMASMAN. Lekin, bundan ko‘zlagan maqsadim o‘zimni komillik tomonidan tanqid qilishdir.

O‘Z MUVAFFAQIYaTLARIMNI HECh NARSA BILAN O‘LChAMAYMAN. Kecha sodir bo‘lgan narsa, o‘tdi-ketdi. Fikr qilishimiz kerak bo‘lgan vaqt esa ertangi kunimizdir. Mening hayotim sur’ati o‘tmish haqida o‘ylab o‘tirishim uchun tezlik qiladi. Nafaqaga chiqib olsam, ana o‘shanda hamma narsa haqida o‘y surishga vaqt kelgan bo‘ladi.

YuTUQLARNI QO‘LGA KIRITISh – YaXShI. Lekin yutuqlarni deb jurnalistlar xavotirga tushishi kerak, men emas.

GOLLARIMDAN HECh BIRINI “BU ENG YaXShI GOLIM” DEB AJRATA OLMAYMAN. Men gollarni oddiy yoki chiroyliga emas, balki muhim va nomuhim gollarga ajrataman. Misol uchun, finaldagi gollar – doimo muhim.

MEN HAR BIR O‘YINDA BIR XIL O‘YNAYMAN – har bir o‘yin men uchun finaldek o‘tadi.

BIR SAFAR “ARSENAL” BILAN BO‘LGAN O‘YINDAN SO‘NG, RAQIB FUTBOLChISI OLDIMGA KELIB men bilan bir maydonda to‘p surishni o‘zi uchun sharaf deb bilishini aytgandi. Shunda men bu gaplarni hozirgina o‘yinni boy bergan jamoa futbolchisi aytganidan hayratga tushgandim.

Hayotda g‘alaba va mag‘lubiyatdan ko‘ra muhimroq narsalar bor.

OTA BO‘LISh atrofingizdagi narsalarga boshqacha yondashishga o‘rgatadi. Kecha sizning millionta muhim ishingiz bo‘lgan bo‘lsa, bugun siz uchun o‘g‘lingiz eng muhim o‘rindadir.

HAYoTNING ShUNDAY VAQTI KELADIKI, o‘zingizga hech kim doimo g‘alaba qozona olmasligini eslatishingiz zarur bo‘ladi.

MENING YaXShI O‘YIN KO‘RSATIShIM PULGA BOG‘LIQ EMAS. Hozirgacha o‘zimni onasidan koptokni tilanib so‘rab olib, ko‘chada to‘p tepishga chiqadigan boladek his qilaman. Bu tuyg‘u yo‘qolgan kuni men futbol bilan xayrlashaman.

MENGA PROFESSIONAL FUTBOLChI SIFATIDA O‘YINIM UChUN PUL TO‘LAMAY QO‘YIShSA HAM hech nimani tama’ qilmay oldingidek qiziqish bilan o‘ynardim. To‘g‘ri, pul bilan o‘z hayotingizni yanada qulayroq ko‘rinishga keltirishingiz mumkin. Lekin, meni ilhomlantiruvchi narsa pul emas. Axir men o‘z iqtisodiy holatimni yaxshilash uchun emas, futbol o‘ynash uchun yashayman.

MENGA NOODATIY SOCh TURMAGI HAM, ChIROYLI TANA TUZILIShI HAM KERAK EMAS. Menga to‘pni bering, shunda sizga nimaga qodirligimni ko‘rsataman.

MEN RONALDUNI BUYuK FUTBOLChI DEB BILAMAN. Bu gaplarimni hasad qilish deb o‘ylamang. Ronaldu bo‘lmaganida undan o‘zib ketishga harakat qilmay, o‘z holimda qotib qolgan bo‘lardim.

HAYoTDAGI ENG QAYG‘ULI KUN – o‘z holatingdan ko‘ra yaxshiroq bo‘la olmasligingni tushungan kuning.

Men dunyodagi eng yaxshi futbolchi bo‘lishdan ko‘ra YaXShI ODAM BO‘LISh HAQIDA KO‘PROQ QAYG‘URAMAN. Aks holda, futbolchilik faoliyatimni to‘xtatsam, menda nima qoladi?

USTIDA IShLAShIM KERAK BO‘LGAN BA’ZI TOMONLARIM BOR. Misol uchun, o‘ng va chap oyoqlarimda bir xilda yaxshi tepa olishni xohlayman.

*ARGENTINA – Messining o‘zidangina iborat emas.
Rus tilidan Muhammadjavohir Suratov tarjimasi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar