Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

03.08.2016

O‘zbekiston bayroqdori Bahodir Jalolov Rio-de-Janeyrodan aloqaga chiqdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 768
O‘zbekiston bayroqdori Bahodir Jalolov Rio-de-Janeyrodan aloqaga chiqdi

Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkazilayotgan XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov Braziyadagi ilk taassurotlari va o‘zbekistonlik sportchilarni qanday kutib olishgani haqida gapirdi.

5-21 avgust kunlari Braziliyaning Rio-de-Jeneyro shahrida XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Mazkur musobaqada 206 davlatdan kelgan sportchilar 307ta medal uchun kuch sinashadilar.
Braziliyada bo‘ladigan musobaqada yurtimiz sharafini 70 nafar sportchi himoya qiladi. Ular 13ta sport turida (eshkak eshish, badiiy gimnastika, boks, dzyudo, engil va og‘ir atletika, stol tennisi, suzish, taekvondo va hokazo) bellashidilar.
O‘zbekiston delegatsiyasi XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etish uchun 1 avgust kuni Braziliyaga uchib ketgani haqida xabar bergan edik.
O‘zbekiston bayroqdori Bahodir Jalolov Rio-de-Janeyrodan aloqaga chiqdi

Bugun, 3 avgust kuni Olimpiada qatnashchisi, O‘zbekiston bayroqdori, boks bo‘yicha jahon chempionati sovrindori, Osiyo va O‘zbekiston chempioni, Xalqaro toifadagi sport ustasi Bahodir Jalolov bilan aloqaga chiqdik.
— Olimpiada o‘yinlarida birinchi marta ishtirok etyapsiz, hayajon kuchli bo‘lsa kerak.
— Ha, birinchi marta qatnashyapman. Hayajon kuchli, lekin qo‘rquv yo‘q. Olimpiadada bizga katta ma’suliyat yuklatilgan. Maqsadimiz – sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritish. Har bir sportchi bunday musobaqalarda ishtirok etishni orzu qiladi va men ham ana shu orzularim ushalayotganimdan, Vatanim sharafini himoya qilish arafasida turganimdan mamnunman.
— Siz ko‘plab xalqaro musobaqalarda qatnashgansiz. Lekin Olimpiadaning o‘rni bo‘lakcha. Ayni damda qalbingizdan qanday kechinmalar kechmoqda? Musobaqadan nimalarni kutyapsiz?
— Osiyo va Jahon chempionatida ishtirok etganimda juda yosh bo‘lganman, tabiiyki, tajribam ham kam bo‘lgan. Olimpiada o‘yinlariga katta tayyorgarlik bilan keldim. Ham ruhiy, ham jismoniy jihatdan juda yaxshi tayyorlanganmiz. Musobaqada faqat va faqat g‘alaba qozonishga, O‘zbekiston bayrog‘ini yuqoriga ko‘tarishga harakat qilamiz.
— Braziliyada O‘zbekiston delegatsiyasini qanday kutib olishdi? Sportchilar uchun yaratilgan sharoitlar haqida gapirsangiz.
— Bizni juda yaxshi kutib olishdi. Sportchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Tashkiliy ishlar yuqori darajada.
O‘zbekiston bayroqdori Bahodir Jalolov Rio-de-Janeyrodan aloqaga chiqdi

— Bilamizki, Olimpiadada ko‘plab davlatlardan kuchli bokschilar ishtirok etadi. Ular orasida qaysi davlat bokschilarini alohida ta’kidlab o‘tgan bo‘lardingiz?
— Mazkur musobaqaga kuchli bokschilar to‘plangan. Ayniqsa, Kuba, Frantsiya va Xorvatiyadan kelgan bokschilarni alohida ta’kidlab o‘tgan bo‘lar edim. Bundan tashqari, musobaqadagi raqibim qozog‘istonlik bokschi Ivan Dichko ham kuchli sportchi sanaladi. Albatta, kuchimiz boricha ringda raqiblarimiz ustidan g‘alaba qozonishga harakat qilamiz.
— Ijtimoiy tarmoqlar orqali kelgan savollardan birini bersak. Uylanganmisiz?
— Yo‘q. Hali oila qurishimga erta. Hozir faqat va faqat o‘z ustimda ko‘proq ishlash, tajribamni oshirish haqida o‘ylashim kerak.
— Vaqt topib suhbatlashganingizdan minnatdormiz. Sizga va Olimpiada o‘yinlarida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan barcha sportchilarga omad tilab qolamiz.
— Minnatdorman! Albatta, bu erga kelgan har bir sportchining maqsadi musobaqada munosib ishtirok etish. Biz sovrinli o‘rinlarni egallab, xalqimiz va Yurtboshimiz oldiga yorug‘ yuz bilan qaytamiz.
Ma’lumot o‘rnida, Bahodir Jalolov 1994 yilning 8 iyulida Surxandaryo viloyati tavallud topgan, 13 yoshidan boshlab boks bilan shug‘ullanib keladi. U Jahon chempionati sovrindori, Osiyo chempioni va kattalar o‘rtasida to‘rt karra O‘zbekiston chempioni bo‘lgan. Bahodir boksga kirib kelishidan oldin, sportning futbol turi bilan shug‘ullangan.
Ruslan Sulaymonov Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar