Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

03.08.2016

Olimpiya shaharchasida O‘zbekiston bayrog‘i xilpiray boshladi (foto)

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 576
Olimpiya shaharchasida O‘zbekiston bayrog‘i xilpiray boshladi (foto)

O‘zbekiston delegatsiyasi Rio-de-Janeyro shahriga etib kelib, joylashganidan so‘ng Olimpiya shaharchasida mamlakat bayrog‘ini yuqoriga ko‘tarishga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Milliy Olimpiya Qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Xaqiqiy bayramona ruhda tashkil etilgan marosimda Olimpiya shaharchasi meri, basketbol bo‘yicha Braziliya terma jamoasi tarkibida jahon chempionidek sharafli unvonga sazovor bo‘lgan Janet dus Santush Arkain so‘zga chiqib, O‘zbekiston delegatsiyasini XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlariga tashrifi bilan muborakbod etdi va barcha yurtdoshlarimizga bo‘lajak musobaqalarda omad va zafarlar tiladi, deb yoziladi xabarda.

«Davlatimiz bayrog‘ini ko‘tarilishiga bag‘ishlangan tadbir xayotimdagi eng yorqin damlardan biri sifatida muxrlanadi. Qalbimni kuchli hayajon chulg‘ab oldi. Bilasizmi, o‘sha damdagi holatni hozir ikki og‘iz so‘z bilan ta’riflab bera olmayman. Ko‘zlarimda quvonch yoshlari paydo bo‘ldi. Ishonch bilan aytamanki, XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida munosib ishtirok etib, xalqimiz, Prezidentimiz ishonchlarini oqlash uchun bor mahoratimizni ishga solamiz», — dedi taekvondo bo‘yicha amaldagi jahon chempioni Dmitriy Shokin.

Olimpiya shaharchasida O‘zbekiston bayrog‘i xilpiray boshladi (foto)

«Qalbimizda ozod va obod yurtimizga bo‘lgan hurmat va extiromni, faxr va iftixor tuyg‘ularini yanada jo‘sh urdirdi. Biz to‘rt yillikning eng yirik sport bayramida ham O‘zbekiston yoshlari hech kimdan kam emasligi va hech qachon kam bo‘lmasligini namoyon etishga astoydil bel bog‘laganmiz. Niyatimiz Rio—2016 o‘yinlarida ham Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib, jonajon diyorimizga yorug‘ yuz bilan qaytish», — deydi yunon-rim kurashi bo‘yicha terma jamoa a’zosi Elmurad Tasmuradov.

Bayram tadbirida Rio—2016 Olimpiadasida O‘zbekiston sharafini himoya qiluvchi sportchilar ishtirok etdi. Endi O‘zbekiston bayrog‘i yirik sport festivalida o‘z sportchilari bilan ishtirok etadigan mamlakatlar bayrog‘i qatorida olimpiya o‘yinlari yakuniga qadar xilpirab turadi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar