Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

02.08.2016

"Qo‘qon-1912" ikkinchi davrani mag‘lubiyat bilan boshladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 185
"Qo‘qon-1912" ikkinchi davrani mag‘lubiyat bilan boshladi

Bugungi o‘yinda jamoamiz safida bir qator o‘yinchilar debyut uchrashuvini o‘tkazishdi. Bular, Nikita Ribkin, Darko Gojkovich, Nikola Valentich. Nodir Yo‘ldoshev, Sobir Hamidov, Suhrob Berdiev, Javohir Siddiqov esa o‘rtoqlik uchrashuvdarida jamoamiz sharafini himoya qilishgandi.

Shuningdek, bugungi bahsni diskvalifikatsiya sabab Aziz To‘xtaboev o‘tkazib yubordi. Aziz Ashurov, Jalil Kimsanov va Mirjalol Qurbonovlarda esa jarohat bor edi.

O‘yin har ikki tomonning shiddatli hujumlari bilan boshlandi. 19-daqiqada vakillarimiz hisobni ochishdi. Jarima maydonchasiga oshirilgan to‘pni Otabek Zokirov boshi bilan darvozaga aniq yo‘llab hisobni ochdi. Bundan oldin esa Nosir Otaqo‘zievning boshi bilan bergan zarbasi sal noaniq ketgandi. O‘sha hujum goldan darak beruvchi qung‘iroq misol yangradi.

35-daqiqada tinib-tinchimas Nosir Otaqo‘zievning jarima maydonchasi ichiga oshirgan to‘pini mezbonlar qiyinchilik bilan maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi.

Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Nodir Yo‘ldoshev raqib hujumchisini jarima maydonchamiz ichida qo‘pollik bilan to‘xtatib qo‘ydi. Natijada penalShti belgilandi. O‘n bir mertli nuqtaga yaqinlashgan “Obod” jamoasi sardori Doniyor Hasanov aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi bo‘lim jamoamiz vakillari uchun omadsiz boshlandi. 59-daqiqada Mezbonlar hisobda oldinga chiqib olishdi. Gol muallifi Shohruz Norxonov bo‘ldi. Bu erda himoyachilarimiz qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yishdi.

Qolgan daqiqalarida jamoamiz qanchalik harakat qilmasin navbatdagi mag‘lubiyatni tan olishga majbur bo‘ldi. Ikkinchi davra mag‘lubiyat bilan boshlandi.

17-turda vakillarmiz “Markaziy” o‘yingohda Toshkentning “Paxtakor” jamoasini qabul qilishadi.

Oliy liga

16-tur

“Obod” – “Qo‘qon-1912”

Hakamlar: Z. Qodirov (Navoiy), N. Ro‘zimov (Toshkent), B. Qodirov (Buxoro), B. YulShcharaev (Guliston).

Gollar: Doniyor Hasanov-40 penalShti, Shoxruz Norxonov- 59. – Otabek Zokirov – 19.

“Obod”: 12. Dilshod Hamroev, 2. Abror Husinov, 4. Xurshid G‘iyosov, 5. G‘ayrat Umirov, 7. Javohir Qahramonov (20. Alisher Mirzaev, 46), 8. Doniyorbek Hasanov, 9. Pavel Solomin (70. Timur Hakimov, 71), 11. Shoxruz Norxonov, 55. Sardor Qahhorov, 60. Anvar G‘ofurov, 88. Sardor Sobirxo‘jaev.

Zaxira: 1. Umidjon Yorbekov, 3. Ilhom Komilov, 13. Umidjon Matmusaev, 77. Alisher Shog‘ulomov, 80. Sanjar Rihsiboev.

“Qo‘qon-1912”: 13. Nikita Ribkin, 7. Otabek Zokirov, 9. Nosir Otaqo‘ziev, 15. Ma’ruf Zokirjonov (26. Oybek Rustamov, 70), 28. Abdulloh Olimov, 55. Darko Gojkovich, 70. Sobir Hamidov, 80. Nodir Yo‘ldoshev, 83. Nikola Valentich, 90. Suhrob Berdiev, 99. Javohir Siddiqov (6. Bahodir Akramov-46, 75. Ibrohim Rahimov-84).

Zaxira: 1. Ruslan Matniyazov, 20. Doston Tursunov, 14. Avazxon Mamatxo‘jaev, 29. Iqbol Malikjonov.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar