Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

02.08.2016

Rio Olimpiadasida g‘oliblik uchun eng ko‘p mukofot va’da qilgan 5 davlatdan biri – O‘zbekiston

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 518
Rio Olimpiadasida g‘oliblik uchun eng ko‘p mukofot va’da qilgan 5 davlatdan biri – O‘zbekiston

O‘zbekiston Rio-de-Janeyrodagi Olimpiada o‘yinlarida «oltin» medal olgan sportchi uchun va’da qilingan mukofot puli miqdori bo‘yicha "kuchli beshlik" qatoriga kirdi. Turnir g‘olib bo‘lgan sportchisi uchun O‘zbekistondan faqat Tailand, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Filippin ko‘proq mukofot va’da qilgan.

Olimpiadadan "oltin" medalSh bilan qaytgan o‘zbekistonlik sportchiga 200 ming dollar beriladi. "Kumush" uchun 100 ming dollar, "bronza" uchun esa 75 ming dollar va’da qilingan. Nashrlar ma’lumotlariga ko‘ra, Tailand "oltin" medalSh uchun 314 ming dollar, Ozarbayjon 510 ming dollar mukofot beradi.

Tailandlik g‘olib sportchiga mukofot puli birdaniga berilmaydi, u 20 yil davomida mukofot pulini oyma-oy oladi. Bunday sportchiga 1 300 dollar miqdorida oylik to‘lov tayinlanadi. Qozog‘istonlik sportchilarga birinchi o‘rin uchun 250 ming dollar, ikkinchi va uchinchi o‘rinlar uchun mos ravishda 150 va 75 ming dollardan mukofot puli va’da qilingan. Bu borada to‘rtinchi o‘rindagi filippinliklar esa g‘olib sportchi uchun 237 ming dollar va’da qilgan, bu erda ham Tailanddagi kabi holat kuzatiladi. O‘zbekiston 200 ming dollarlik mukofot bilan beshinchi bo‘lib turibdi. Rossiya sportchilarga "oltin" medalSh uchun hozirgi kursda 60 ming dollar, xitoyliklar – 50 ming dollar, amerikaliklar – 25 ming dollar va’da qilgan.

Nemislar bu borada oxirgi qatorlarda — 19,5 ming dollar. Buyuk Britaniyada esa Olimpiadadagi g‘alaba uchun mukofot puli berilishi belgilanmagan.

Eslatib o‘tamiz, Braziliyadagi 2016 yilgi Olimpiya o‘yinlari 5-21 avgust sanalarida o‘tkaziladi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar