Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

02.08.2016

Yoshlar ligasi, 16-tur. “Sho‘rtan” – “Nasaf” 5:2

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 99
Yoshlar ligasi, 16-tur. “Sho‘rtan” – “Nasaf” 5:2

Bugun yoshlarimiz ikkinchi davra 16-tur uchrashuvini safarda “Sho‘rtan” yoshlari jamoasiga qarshi o‘tkazishdi.

Uchrashuvga start berilgandan maydon egalari tashabbusni o‘z qo‘llariga olishdi, ularning ketma-ket tashkil etgan hujumlari himoyachilarimizni biroz shoshirib qo‘ydi. Jamoamizning himoyadagi xatolari o‘z davrvozalaridan to‘p olib chiqishga majbur qildi. Uchrashuvdagi hisob 11-daqiqada maydon egalari tomonidan ochildi, G‘ulom Rahmonov gol muallifiga aylandi – 1:0.

Oradan ikki daqiqa o‘tib, Xolmurod Xolmurodov uzoqdan zarba yo‘llab, jamoasining ikkinchi golini kiritishga muvaffaq bo‘ldi – 2:0.

Ushbu gollardan so‘ng jamoamiz hisobni qisqartirish uchun ancha harakat qilishdi. Murabbiylarimiz ikki nafar o‘yinchini ham almashtirishdi. Bu jamoamiz o‘yinini biroz kuchaytirgan bo‘lsada, ammo birinchi bo‘limda hisob o‘zgarmasdan qoldi.

Birinchi bo‘lim ana shu hisobda yakunlandi.

Ikkinchi bo‘lim boshidan tashabbusni o‘z qo‘llariga olgan yoshlarimiz 53 va 58-daqiqalarda raqiblari darvozasini ikki marta ishg‘ol qilishib, oradagi hisobni tenglashtirishdi. Ushbu gollarni Dilshod Xushbakov va Islom Kenjaboevlar kiritishdi.

Ammo hisobni tenglashtirgan jamoamiz futbolchilari yana tashabbusni maydon egalariga berib qo‘yishdi. 61-daqiqada Xolmurod Xolmurodov o‘zining uchrashuvdagi ikkinchi golini kiritib, jamoasini yana hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan besh daqiqa o‘tib, hisob 4:2 ko‘rinishga o‘zgardi. Bu golni 66-daqiqada Jasur Xolto‘raev kiritdi. Albatta bu hisob jamoamiz futbolchilarining ruhiyatiga ham salbiy ta’sir qildi. Ular ko‘proq himoyalanishga majbur bo‘lishdi. Maydon egalari esa yanada hujumga zo‘r berishdi.

Ana shunday hujumlarning birida, aniqrog‘i 69-daqiqada raqib o‘yinchisini himoyachilarimiz jarima maydonida qo‘pollik bilan to‘xtatib qolishdi. Uchrashuv hakami esa 11 metrlik jarima nuqtasini ko‘rsatdi. Jarima to‘pini Shahzodbek Xursanov bexato amalga oshirib, hisobni yirik – 5:2 ko‘rinishiga olib keldi.

Ushbu uchrashuv o‘yin oxirigacha o‘zgarmasdan qoldi. Futbolchilarimiz qanchalik urinishmasin, raqib darvozasiga yo‘l topa olishmadi.

Shunday qilib, yoshlarimiz ikkinchi davrani mag‘lubiyat bilan boshlaydigan bo‘lishdi.

Yoshlar ligasi, 16-tur. 02.08.2016

“Sho‘rtan” – “Nasaf” 5:2 (2:0)

G‘uzor sh., “Bolalar futbol markazi” maydoni

Hakamlar: Isxax Ibragimov (Nukus), Farhod Usmonov (Qarshi), Zufar Eliboev (Qarshi), Naim Qosimov (Qarshi).

Nazoratchi: IgorSh Nexochin (Namangan).

Gollar: G‘ulom Rahmonov, 11’-1:0, Xolmurod Xolmurodov, 13’-2:0, 61’-3:2, Jasur Xolto‘raev 66’-4:2, Shaxzodbek Xursanov (pen.), 69’-5:2 – Dilshod Xushbakov, 53’-2:1, Islom Kenjaboev, 58’-2:2.

“Sho‘rtan”: 1.Akmal Rahimov, 4.Mirmuhsin Sattorov (2.Sherbek Eshmurodov 86), 5.Yo‘lchi Fayzullaev, 6.Xolmurod Xolmurodov (16.Temur Komiljonov 62), 7.G‘ulom Rahmonov (s) (19.Islom Shodmonov 90) , 8.Olimjon Karimov (3.Vusol Magerramov 70), 9.Yusuf Bo‘riev (15.Shaxzodbek Xursanov 62), 11.Jasur Xolto‘raev (18.Shoxjaxon Ma’fov 90), 14.Akram Bahromov, 20.Nurali Padarov, 21.Rustam Haydarov.

Zaxira: 79.Nurbek Bozorov.

“Nasaf”: 30.Umid Ergashev (13.Muzaffar Sharipov 83), 6.Sirojiddin Qo‘ziev (15.Shoxrux Ne’matov 85), 7.Akbar Murodov, 16.Dilshod Xushbakov, 19.Navro‘zjon Izatillaev (4.Rahimbek Javliev 36), 20.Akmal Mozgovoy, 22.Islom Kenjaboev, 28.Sardor Sa’dullaev (9.Sirojiddin Ettiboev 63), 32.Abdulaziz Nishonboev (34.Ilhomjon Alijonov 20), 33.Botirjon To‘raev (43.Timur Fayzullaev 72), 41.Najmiddin Normurodov (s).

Zaxira: 45.Alfayzi Ne’matov.

Ogohlantirish: Nurali Padarov 45+1, Temur Komiljonov 88.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar