Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

02.08.2016

Futzal bo‘yicha JCh—2016 ishtirokchilari. Paragvay: metin xarakterli jamoa

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 83
Futzal bo‘yicha JCh—2016 ishtirokchilari. Paragvay: metin xarakterli jamoa

Yaqinlashib kelayotgan Jahon Chempionatida Paragvay futzal terma jamoasi «C» guruhida ishtirok etadi. Bu zonadan Italiya, VShetnam, Gvatemala kabi termalar joy olgan.

Janubiy Amerika qit’asi termalari 3 ta yo‘llanma uchun kurash olib bordi. Mezbon Kolumbiyaning turnirda ishtirok etishi oldindan ma’lum bo‘lsa, qit’a chempionatining dastlabki uch o‘rnida qayd etilganlar uning qatoriga qo‘shilishi kerak edi.

Kolumbiyaga yo‘l

Janubiy Amerika terma jamoalarining Jahon Chempionatiga borishini aniqlab berish masalasi Paragvayga ishonib topshirilgandi. Bunday paytda tabiiyki, mezbonlarning imkoniyati keskin oshdi va Paragvay terma jamoasi Kolumbiyaga borishi mumkin bo‘lganlar ichida favoritga aylandi.

Birinchi o‘yinda Peru bilan 2:2 hisobida durang o‘ynagan Paragvayning kuchiga shubha bilan qarash boshlandi. Venesuela 6:2 hisobida ortda qoldirilgach, jamoa muxlislariga umid qaytdi. So‘nggi tur Braziliyadan mag‘lubiyat qabul qilib olindi — 0:1.

Chorak finalda Ekvador terma jamoasini 3:1 hisobida mag‘lub etgan Paragvay uchun mundialga bir qadam qolgandi. Yarim finaldagi g‘alaba terma jamoani to‘g‘ridan-to‘g‘ri Kolumbiya mundiali sari etaklardi. Biroq bu bosqichda Argentina dovonidan o‘tib bo‘lmadi va endilikda Paragvay 3-o‘rin uchun bellashuvni o‘z foydasiga hal qilishiga to‘g‘ri kelib qoldi.

3-o‘rin uchun bellashuvni paragvaylik futzalchilar uzoq eslab yurishadi. Urugvayga qarshi kechgan bellashuvda bor kuchi bilan harakat qilgan mezbonlar 7:2 hisobida muvaffaqiyat qozonib, Jahon Chempionati chiptasini yutib olishdi.

Jamoa haqida

Paragvay terma jamoasi bosh murabbiyi Karlos Chilavert o‘zi istagandek jamoaga asos sola oldi. Jahon Kubogining bir emas, uch karra finalchisi bo‘lgan mutaxassis tartibli, intizomli va jangovor tarkibni vujudga keltirdi.

Ushbu murabbiy ko‘rsatmalari asosida harakat qiladigan va uchta mundialni ko‘rgan Fabio Alkaras hamda Rene Viyalba kabi futzalchilar Tailandda bo‘lib o‘tgan 2012 yilgi mundialda ajoyib o‘yinlar namoyish qilishgandi.

Xuan Salas, Richard Rexala kabi yosh futzalchilar yuqorida nomi keltirgan tajribali futzalchilarni yanada to‘ldirish uchun mehnat qiladi. Paragvay terma jamoasining eng yaxshi xislati sifatida jamoadagi metin xarakterni ko‘rsatish o‘rinli. Bu narsa saralash o‘yinlarida bir necha bor namoyon bo‘lgandi.

Mundiallar tarixi

Kolumbiyadagi Jahon Chempionati Paragvay terma jamoasi uchun ketma-ket to‘rtinchi mundial hisoblanadi. Umumiy hisobda esa terma jamoa jahon arenasida olti bor ishtirok etgan. Janubiy Amerika mamlakatlari tasnifida olib qaraganda bu Braziliya va Argentinadan keyingi eng yaxshi ko‘rsatkichdir.

Paragvay terma jamoasi 1996 yil Ispaniyadagi, 2000 yil esa Gvatemaladagi Jahon Chempionatida ishtirok eta olmadi. Mundialdagi eng yaxshi natijasini bu mamlakat 1989 yil Gollandiyada bo‘lib o‘tgan futzal bo‘yicha birinchi mundialda qayd etgan. O‘shanda jamoa 6-o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘lgandi. Tailanddagi so‘nggi mundialda ular Portugaliya terma jamoasidan engilib, 12-o‘rin bilan kifoyalanishga majbur bo‘lishgan.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar