Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

02.08.2016

Zo‘r “PULLANGAN” futbolchilar

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 170
Zo‘r “PULLANGAN” futbolchilar

Italiya va Angliya futbol jamoalarining mutaxassislari haqiqiy “yulduz”ni “hid”idan biladi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu ikki davlat jamoalari “yulduz” ishlab chiqarib, ularni pullashda ham ustasi farang. Quyidagi transferlar bunga misol.

Aleksis Sanches

Zo‘r “PULLANGAN” futbolchilar

“Udineze” iqtidorlarni kashf qilish san’ati bilan anchagina dovruq qozongan. Italiya klubining selektsiya bo‘limi doimiy ravishda Janubiy Amerika va Afrika davlatlaridan bo‘lajak “yulduz”larni izlab yuradi. Xususan, 2006 yili Chili termasi va “Kabreloa” jamoasi o‘yinchisi Sanchesni 1,7 mln. funt-sterlingga sotib oladi va besh yil o‘tib, uni “Barselona”ga 25 mln.ga sotib yuboradi. Ha, albatta, oradagi farq katta.

Zlatan Ibragimovich

Zo‘r “PULLANGAN” futbolchilar

Yana bir Italiya jamoasi “Inter” Zlatan Ibragimovichni 20 mln. funt-sterlingga sotib oladi va 50 mln.ga “Barselona”ga sotib yuboradi. Mutaxassislar keyinchalik, Ibragimovich bu narxni oqlay olmadi, deya fikr bildirishdi. Biroq bu endi “Inter”ning tashvishi emas.

Raxim Sterling

Zo‘r “PULLANGAN” futbolchilar

Ko‘pchilik Raximni “Liverpul”da o‘sib-ungan futbolchi, deb biladi. Aslida, bunday emas. “Liverpul” Raxim Sterlingni arzimagan 600 ming funt-sterlingga “Kuinz Park Reynjers”dan sotib olgan. Hozirda Raxim “Liverpul”ni janjal bilan tark etgan bo‘lsa-da, jamoa uning orqasidan foyda ko‘rdi. “Manchester Siti” Raxim uchun 50 mln. funt to‘lagan.

Edinson Kavani

Zo‘r “PULLANGAN” futbolchilar

Avvaliga “Napoli” Kavani uchun “Palermo”ga 17 mln. sarflab, achingan bo‘lsa, keyinchalik suyungani aniq. 2013 yilda “PSJ” Edinson Kavanini “Palermo”dan 64 mln. evroga sotib oldi.

Zinedin Zidan

14 yil avval futboldagi transfer narxlaridan dunyo ahli aqldan ozay degandi. “Real” jamoasi Zidan uchun “Yuventus”ga 48 mln. funt-sterling to‘lagan. “Yuventus” esa, bo‘lajak jahon “yulduz”ini “Bordo”dan bor-yo‘g‘i 2,5 mln.ga sotib olgandi. Mana, buni “omadli kelishuv” deyish mumkin.

Kaka

“Milan” Kakani 2003 yilda atigi 8,5 mln. funtga sotib olgan. “Real” esa, braziliyalik futbolchi uchun 56 mln. funt-sterlingdan voz kechgan. Mutaxassislar “Milan”ning mazkur transferdan olgan foydasini 50 mln. deb baholaganlar.

Luis Suares

Angliyaliklardan futbolchilarini arzon-garovga olib bo‘lmaydi. Xususan, “Liverpul” Luis Suaresni “Ayaks”dan 22 mln. funt-sterlingga sotib olib, rekord narxda — 75 mln.ga “Barselona”ga pulladi.

Krishtianu Ronaldu

Angliyaning daromadli transferlaridan yana biri Ronaldudir. “MYu” Krishtianu Ronalduni kulgili narxda – 12 mln. funt-sterlingga sotib olgan va ispanlarga naqd 80 mln. funt-sterlingga sotib yuborgan. Ha, “Real” jamoasi bu rekord darajadagi transfer narxini angliyaliklarga qurtdek sanab bergan.

Garet Beyl

Zo‘r “PULLANGAN” futbolchilar

“Real”ning hozirgi futbolchilaridan yana biri Beyl jamoaga qo‘shilishi uchun ispanlar “Tottenxem” jamoasiga 85 mln. funt-sterling to‘laganlar. “Tottenxem” esa, uni “Sautgempton”dan bor-yo‘g‘i 10 mln.ga sotib olgandi. Biroq Beyl “Real”ning to‘lagan pullarini hali oqlaganicha yo‘q.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar