Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

02.08.2016

Andrey Miklyaev: «Stepanovichning texnikasi va driblingi o‘zbek futboliga mos keladi»

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 82
Andrey Miklyaev: «Stepanovichning texnikasi va driblingi o‘zbek futboliga mos keladi»

Bugun, 2 avgust kuni "Lokomotiv" futbol klubi ikkinchi davra oldidan o‘z safiga qo‘shib olgan futbolchilarning taqdimot marosimini o‘tkazdi. "Temiryo‘lchilar" davralar oralig‘ida turkmanistonlik Artur Gevorkyan hamda bosniya va gertsegovinalik Slaven Stepanovich bilan shartnoma imzolashdi.
Taqdimot marosimida yangi futbolchilardan tashqari "Lokomotiv" klubi bosh murabbiyi Andrey Miklyaev, bosh direktori o‘rinbosari To‘labek Akromov, sport direktori Ravshan Muqimov ishtirok etishdi.
To‘labek Akromov:
— 12 iyuldan 21 iyulga qadar Minsk o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkil etildi. Unda asosiy e’tiborni jismoniy tayyorgarlik asosiy e’tibor qaratildi. Yig‘in davomida bir qator legionerlar ko‘rikdan o‘tkazildi. Gevorkyan bilan yig‘ingacha shartnoma imzolangan bo‘lsa, yig‘indan so‘ng Stepanovichni o‘z safimizga qo‘shib olishga harakat qildik.
Yig‘in nima uchun Minskda o‘tkazildi? Bu murabbiylar shtabining qarori edi. Odatda biz yozgi yig‘inni Avstriyada o‘tkazardik. Umuman olganda, Avstriya va Belarusdagi iqlim sharoiti va mashg‘ulot o‘tkazish uchun sharoitlar o‘rtasida katta farq yo‘q.

Davralar oralig‘ida mahalliy futbolchilarni ham jamoaga taklif etish masalasi ko‘rib chiqildi. Ikki-uch nafar futbolchiga taklif bilan chiqdik, ammo ular klubimizda o‘z o‘rnini topib ketishiga ishonch hosil qilmagani va raqobatdan cho‘chigani bois safimizga kelib qo‘shilmadi. Ularning ism-familiyalarini ayta olmayman.
Safimizni tark etganlar haqida to‘xtaladigan bo‘lsam, Xurshid Muxtorov va Doniyor Usmonovni ijara asosida "Olmaliq"qa berdik. Shuningdek, Jasur Hasanov ham "Qizilqum"ga ijara asosida o‘ynaydigan bo‘ldik.

Andrey Miklyaev:
— Minskda 10 kunlik yig‘in o‘tkazib, 4 nafar legionerni ko‘rikdan o‘tkazdik. Yig‘in samarali o‘tdi. Yig‘indan qaytganimizdan keyin 2ta rasmiy o‘yinda ishtirok etdik. "Mash’al"ga qarshi O‘zbekiston kubogi bahsida mag‘lubiyatga uchradik. Buning o‘ziga yarasha sabablari bor. Minskda ancha salqin va yomg‘irli ob-havo sharoitida shug‘ullanganimiz bois, Toshkentdagi iqlimga 3 kun ichida moslashib olish qiyin kechdi. "Qizilqum"ga qarshi Oliy liganing qoldirilgan o‘yinida esa ancha o‘zimizga kelib olgandik. G‘alaba qozonib, jadvalda 1-o‘ringa ko‘tarilib oldik. Bu yoqimli albatta.
Jamoa ertaga bo‘ladigan ikkinchi davraning ilk o‘yiniga tayyor. Islom To‘xtaxo‘jaev va Ikrom Aliboevda jarohat bor. Qolganlar esa jamoaga yordam berishi mumkin. Ikkinchi davrani g‘alaba bilan boshlashga harakat qilamiz. Biz hamisha hujumkor tarafdori bo‘lganmiz, hamisha birinchi raqam ostida o‘ynaymiz.

Aytib o‘tganimdek, yig‘inda 4 nafar legionerni ko‘rikdan o‘tkazdik. Har bir futbolchining o‘ziga yarasha ustunliklari bor edi. Biz o‘z o‘yin uslubimizdan kelib chiqib, o‘zimizga ko‘proq mos keladigan Stepanovich variantida to‘xtaldik. Uning dribling va texnikasi yaxshi. U hujum ortida, yarim himoyaning o‘ng va chap qanotlarida o‘ynay oladi. Uning bu xususiyatlari o‘zbek futboli uchun mos keladi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar