Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

02.08.2016

Artur Gevorkyan: «Hozirda «Lokomotiv» «Al-Ayn»dan kuchliroq deb o‘ylayman»

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 119
Artur Gevorkyan: «Hozirda «Lokomotiv» «Al-Ayn»dan kuchliroq deb o‘ylayman»

Bugun, 2 avgust kuni "Lokomotiv" futbol klubi ikkinchi davra oldidan o‘z safiga qo‘shib olgan futbolchilarning taqdimot marosimini o‘tkazdi.
Taqdimot marosimida Artur Gevorkyanga 71-raqamli futbolka taqdim etildi. Shundan so‘ng futbolchi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— "Lokomotiv"dan taklif tushdi va men bu taklifni qabul qildim. Bu jamoaga o‘tishim yoqimli bo‘ldi. Mashg‘ulotlarda faol ishtirok etishga harakat qildim. Jamoadagi barcha futbolchilar bilan yaxshi tanish edim. Shu bois, jamoaga moslashishim qiyin kechmadi.
Ha, men "Nasaf"da etakchi edim, bu erda ham o‘z o‘yinim bilan klubga yordam berishga harakat qilaman.

Nima uchun 71-raqamni tanladim? Umuman olganda, tanlash imkoniyati kamroq edi. Xabaringiz bor, faoliyatim davomida asosan 17-raqamda o‘ynaganman. 71 esa 17ning teskarisi bo‘lgani uchun, unda "1" va "7" raqamlari borligi uchun shu raqamni tanladim. Umuman olganda, raqamning men uchun katta ahamiyati yo‘q.
"Al-Ayn"ga qarshi kechadigan o‘yin haqida nima deyishim mumkin? Biz bu jamoani yaxshi bilamiz. O‘ylaymanki, hozirgi paytda "Lokomotiv" "Al-Ayn"ga nisbatan kuchliroq. Ham futbolchilarning saviyasi, ham o‘yin borasida. "Nasaf" safida bu jamoaga qarshi ikkita o‘yinda ishtirok etdim. Qarshida durang o‘ynagan bo‘lsak, safarda yutqazdik. Biz bu jamoani Qarshida yutishimiz ham mumkin edi. Bu futbol. Bo‘lajak o‘yinlarga yaxshi tayyorgarlik ko‘rsak, bu jamoadan o‘ta olamiz deb o‘ylayman. Umuman olganda, "Lokomotiv" birdaniga 3ta musobaqada ishtirok etmoqda. Ularning barchasida muvaffaqiyatli ishtirok etishni maqsad qilgan.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar