Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

30.07.2016

"Barselona" tarixidagi ettinchi portugaliyalik

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 48
"Barselona" tarixidagi ettinchi portugaliyalik

Xabaringiz bo‘lsa kerak, «Barselona» «Valensiya»ning portugaliyalik yarim himoyachisi Andre Gomesni rasman o‘z tarkibiga qo‘shib oldi. 22 yoshli futbolchi «Barselona» klubi tarixidagi 7-portugaliyalik futbolchiga aylandi. Ungacha «Barselona» safida Luish Figu, Viktor Baiya, Fernando Kuto, Simao Sabroza, Rikardo Kuarejma va Dekular kataloniyaliklar sharafini himoya qilishgan. Yana bir Xorxe Alberto Mendonka ismli futbolchi ham 1967 - 1969 yillar oralig‘ida «Barselona» uchun o‘ynagan. Quyida «Barselona» safida o‘ynagan futbolchilar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz:

Luish Figu: 1995 - 2000 yillar oralig‘ida Kataloniya klubi sharafini himoya qilgan futbolchi 249 o‘yinda maydonga tushib, 45 gol urishga muvaffaq bo‘lgan va 6 sovringa ega chiqqan. Lekin Figu «Barselona» klubi sardori bo‘lishiga qaramay Madridning «Real» klubiga o‘tib ketgan.

Vitor Baiya: bu futbolchi «Barselona» tarkibida 1996 - 1999 yillarda harakat qilgan va 55 uchrashuvda maydonga tushgan. Bu vaqt oralig‘ida kataloniyaliklar 6ta sovrinni qo‘lga kiritgan Viktor 1999|2000 yillarda mavsumda «Portu»ga qaytdi. «Barselona» bu futbolchini aynan «Portu»dan xarid qilgan edi.

Fernando Kuto: o‘ynagan yillari 1996 - 1998. «Barselona» libosida 63ta uchrashuv o‘tkazgan himoyachi rasmiy uchrashuvlarda o‘z hisobiga 2ta gol yozdirib qo‘ygan va 6ta sovringa ega chiqqan. Kataloniyaliklar safiga «Parma»dan kelib qo‘shilgan futbolchi 1998 yili Italiyaning «Latsio» jamoasiga o‘tdi. U erda olti yilni o‘tkazib yana «Parma»ga qaytgan.

Simao Sabroza: 1999 - 2001 yillarda «Barselona»da harakat qilgan Sabroza 71 uchrashuvda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 4ta gol yozdirib qo‘ygan. Ispaniyada uch yil ichida Simao kataloniyaliklar bilan 1 sovrin yutdi. Shundan so‘ng, Portugaliyaga qaytgan futbolchi oldin «Sporting», keyinchalik «Benfika» jamoalarida o‘ynadi.

Rikardo Kuarejma: «Barselona» safida bir mavsum (2003|2004) harakat qilgan futbolchi 30 uchrashuvda maydonga tushgan va 2ta gol urgan. Kuarejma o‘ynagan mavsumda «Barselona» sovrin yuta olmagan (primeroda 2-o‘rin, EChLda 1|8 final). Shundan so‘ng, portugaliyalik futbolchi «Sporting» klubiga ko‘chib o‘tdi.

Deku: Deku «Barselona» bilan eng ko‘p sovrin yutgan portugaliyalik futbolchi sanaladi. 2004-2008 yillar oralig‘ida kataloniyaliklar safida 164 o‘yin o‘tkazgan futbolchi o‘z hisobiga 23ta gol yozdirib qo‘ygan va jamoa bilan 7ta sovrinni qo‘lga kiritgan. «Barselona»da ajoyib davrlarni boshidan o‘tkazgan Deku 2008 yili Angliyaga yo‘l oldi va «Chelsi» a’zosiga aylandi.

Ko‘ramiz Andre Gomeshning «Barselona»dagi yurishi qanday kecharkin.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar