Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

29.07.2016

Futbolimiz reklamaga muhtoj!!!!

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 48
Futbolimiz reklamaga muhtoj!!!!

Siz Kopa Amerika va Evropa chempionatini tomosha qilib bo‘lguningizga qadar, o‘zimizning oliy ligada birinchi davra yakuniga etdi. Sezdingizmi? Germaniya va Xorvatiyaning shiddatli, Frantsiya va Portugaliyaning esa zerikarli o‘yinlari bilan boshlangan chempionatning yakuni mujmal final bilan tugaganini bilasiz. Ammo O‘zbekiston chempionatida bunga ters o‘laroq ancha-muncha kutilmagan natijalar qayd etilib, qiziqarli o‘yinlar o‘tkazilganidan xabaringiz bormi?

Xullas, endi Evropa chempionati tugadi. Kopa Amerika-ku Messining ko‘z yoshlariga qorishib, tarix qa’riga singib ketganiga ham bir oydan oshdi. Endi bu yog‘iga kuzga qadar faqat oliy liga bilan qolishingizga to‘g‘ri keladi. Albatta, bu gapimizdan kimlarningdir yuzi tirishib ketgan bo‘lishi mumkin. Ammo ishoning, bu yilgi oliy liga avvalgilaridan ancha farq qiladi. Garchi O‘zbekiston chempionatini Evropaning «kuchli beshligi» bilan taqqoslash ancha qiyin bo‘lsa-da, baribir, o‘zimizning liga ham kuchaymoqda. Hozir oliy ligamizni biroz «reklama» qilishga urinib ko‘ramiz. Tayyor turing.

Ishonavering, O‘zbekiston chempionati ham so‘nggi vaqtlarda kutilmagan sovg‘alar taqdim etish borasida ancha uddaburon bo‘lib qoldi. Tur o‘tgani sari sensatsion natijalar oldingidek hayratlanarli ko‘rinmay qolgan. Chunki intriga, kurash va ishtiyoq deganlari endi «anqoning urug‘i» emas. Yaxshilab qidirsangiz, har bir o‘yindan topishingiz mumkin. Yoki deyarli har biridan.

Albatta, bu yil autsayderning ochko tortib olishi deysizmi yoki etakchining qoqilishi - hammasidan bor. Hatto oliy liganing yaqqol autsayderi hisoblangan «Obod» ham safardagi ilk g‘alabasiga erishdi. Yodingizda bo‘lsa, 14-turda o‘tkazilgan o‘sha uchrashuvda «obodchilar» «Andijon»ni mag‘lub etgan edilar (1:0). Mavsum boshida chempionlik kurashida so‘zsiz favorit hisoblangan «Lokomotiv» esa hozir ikkinchi o‘rinda turibdi. Bu ham mayli, «temiryo‘lchilar» sal qolsa 14-turda «Metallurg»dan mag‘lubiyatga uchrashlari ham hech gap emas edi. Haytovur, so‘nggi daqiqalarda Islom To‘xtaxo‘jaev tomonidan urilgan gol «Lokomotiv»ni qutqarib qoldi. Aniqrog‘i, bir ochkoni qutqarib qoldi, yakuniy hisob esa - 3:3. O‘yin shiddatini tasavvur qilyapsizmi?

Mavsum boshida ko‘pchilik ishonmagan «Bunyodkor» esa musobaqa peshqadami bo‘lib olgan. Yana yosh futbolchilar hisobiga, deng. U yog‘ini so‘rasangiz, Dostonbek Hamdamov, Otabek Shukurov va Akrom Komilovlarning o‘yinini tomosha qilib to‘ymaysiz. «Xo‘rozqand chet elniki», deyishsa, yotib yalashadi, bilamiz. Ammo ishoning, o‘zimizdan ham hozir «xo‘roz» o‘yinchilar etishib chiqishmoqda. Ularning o‘yini ham hech bo‘lmasa bir nigoh tashlab qo‘yishga arziydi.

Shunaqa. Avvallari ko‘p va xo‘p tanqid qilingan oliy liga bu yil o‘zgacha o‘tyapti. Balki siz Evropa chempionati o‘yinlari bilan andarmon bo‘lib qolgandirsiz, ammo endi o‘zimizda ham hisobni oldindan aytish ancha qiyinlashgan. Masalan, «Mash’al» o‘z maydonida «Nasaf»ni 1:0 hisobida yutib qo‘yishini kutganmidingiz? Yoki puldan qiynalib turgan «So‘g‘diyona» va «Sho‘rtan»ning moliyaviy jihatdan ancha baquvvat bo‘lgan «Buxoro» va «Qizilqum»dan ochko tortib olishini-chi? «Paxtakor» «Chelsi»ning qismatini takrorlamoqda, «Metallurg» esa tobora «lesterlashib» boryapti. Faqat Angliyada emas, o‘zimizda ham shunday o‘yinlar bo‘ladi. Faqat tomosha qiladigan odam yo‘q. Bor-u, ancha kam. Chunki siz o‘sha vaqtda Kopa Amerika va Evropa chempionatiga berilib ketgan edingiz. Yo‘q, yo‘q, biz sizga aslo ta’na qilmayapmiz. Axir o‘sha o‘yinlarni o‘zimiz ham tomosha qilganmiz. Shunchaki, oliy ligani ham bunchalik tashlab qo‘yish yaramaydi-da. Nima dedingiz?

Albatta, shu o‘rinda haqli bir savol tug‘ilishi ham turgan gap - yirik musobaqalar vaqtida oliy liga bahslarini to‘xtatib tursak bo‘lmaydimi? Kopa Amerika va Evropa chempionati vaqtida, baribir, istaysizmi yoki yo‘q, hammaning diqqati jahon arenalariga qaratilgan bo‘ladi. Hatto eng ashaddiy muxlis ham Frantsiya - Irlandiya o‘yini turganda «Qo‘qon-1912» va «Olmaliq» bahsiga tushishga ikkilanib qolishi aniq. Oqibatda oltita golni ko‘ra olmay qoladi (o‘sha o‘yinda qo‘qonliklar 4:2 hisobida g‘alaba qozonishgan - muallif izohi). Shunday ekan, oliy ligani yirik musobaqalar vaqtida tanaffusga chiqarib turgan ma’qul emasmi? Aytaylik, o‘zi shundoq ham Evropa chempionati bilan birga oliy ligada ham birinchi davra yakuniga etdi va jamoalar bir oylik ta’tilga chiqib ketdilar. Mana shu tanaffus Evropa chempionati va Kopa Amerikaning qizigan davriga to‘g‘ri kelganda sizdek ashaddiy muxlislar oliy ligani tomosha qilmasmidingiz? Bundan esa chempionatimiz ham albatta, yutgan bo‘lardi.

Mayli, endi bu gaplarni unutaylik. Keyingi musobaqalargacha bir gap bo‘lar. Qolaversa, O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2018 yo‘llanmasini qo‘lga kiritsa, oliy liga ham o‘z-o‘zidan to‘xtab qoladi. Bunisidan xavotir olmang.

Ha, oliy ligamizni kuchaytirish kerak. Ishoning, bunda siz va bizning hissamiz ham katta. Agar stadionga muxlislar ko‘proq kelsa, chempionat shunga yarasha kuchayishi turgan gap. Demak, siz ham keling. Ilgari-ku, «o‘yinlar kelishilgan», «haqiqiy to‘qnashuvlar yo‘q», derdik. Mana, o‘yinlar kelishilmayotgandek, rosmana to‘qnashuvlar ham bo‘lib turibdi. Endi nima deymiz?

Futbolni reklama qilish shunchalik bo‘lar. Albatta, reklama bo‘lgach, biroz mubolag‘a ishlatilishi ham turgan gap. Bu mubolag‘a qay darajada bo‘lganini esa, stadionga kelsangiz bilib olasiz. Kutamiz, do‘stim...

Manba: "InterFUTBOL" gazetasi

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar