Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

29.07.2016

Qarshida yosh polvonlar musobaqasi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 46
Qarshida yosh polvonlar musobaqasi

Qarshida kurash bo‘yicha o‘tkazilgan “Mahallamiz pahlavonlari” musobaqasida 13-14 yoshli 84 o‘g‘il-qiz ishtirok etdi.
“Mahalla” xayriya jamoat fondi Qashqadaryo viloyati bo‘limi, viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi hamda boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida halollik, bag‘rikenglik va insonparvarlik fazilatlarini o‘zida mujassam etgan milliy kurashni yanada rivojlantirish, yosh avlodning jismonan baquvvat, mustahkam irodali, har tomonlama etuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishi yo‘lida barcha sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
Qizlar o‘rtasida 44 kilogramm vazn toifasida Mirishkor tumanidan Gulzoda Ibrohimova, 48 kilogramm vaznda kitoblik Aziza Bo‘ronova, 52 kilogramm vaznda Mirishkor tumanining yana bir vakilasi Muqaddam Begimqulova g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bellashuvlarda 46 kilogramm vaznda qarshilik Shahzod Nasimov, 50 kilogramm vaznda shahrisabzlik Diyorbek Yahyoev, 55 kilogramm vaznda Qarshi tumanidan Sardor Hazratqulov birinchi o‘rinni egalladi.
– Meni 9 yoshimda kurash zaliga bobom etaklab borgan, – deydi Shahzod Nasimov. – Bu mening yirik musobaqalardagi ilk g‘alabam. Hozir jahon chempioni Bahrom Avazov rahbarligida kurash sirlarini puxta o‘zlashtirmoqdaman. Kurash bilan shug‘ullanishim nafaqat jismonan sog‘lom, balki mustahkam irodali va qat’iyatli bo‘lishimga yordam bermoqda. Kelajakda ustozimga o‘xshagan taniqli sportchi bo‘lish, Vatanimiz bayrog‘ini xalqaro miqyosda yanada ulug‘lashga hissa qo‘shishni maqsad qilganman.
G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar