Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

28.07.2016

Muxlislarga ishonchni qaytar, "Navbahor"!

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 70
Muxlislarga ishonchni qaytar, "Navbahor"!

Yana bir necha kundan so‘ng Oliy liganing ikkinchi davrasiga start beriladi. Namanganning "Navbahor" jamoasi ham ikkinchi davra bahslariga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Dastlabki davra yakunlangach jamoada keskin o‘zgarishlar ro‘y bergandi. Asosiy tarkib futbolchilarining ko‘pchiligi jamoani tark etishgandi. Shukrki hammasi asta-sekin iziga tushmoqda. Murabbiylar ko‘proq mahalliy futbolchilarga imkon berishayotgani albatta kishini quvontiradi.

Shuning barobarida legionerlar borasida ham selektsiya ishlari olib borilmoqda. Kosta-Rika, Gonduras va rossiyalik legionerlarga taklif bilan chiqildi. Rossiyalik legioner Dordji Sangadjiev bir necha kun avval jamoa ixtiyoriga etib keldi va nazorat uchrashuvlarida ham maydonga tushishga ulgurdi. Endi agar kelgan va keladigan legionerlar jamoa murabbiylarida yaxshi taassurot qoldirishsa jamoada qolishadi. "Norin"dan taklif etilgan Vladislav Aleksin ham Rossiya fuqarosi sanaladi. Buni ham hisobga olsak, tabiiyki legionerlardan biriga javob beriladi. Chunki legionerlar limiti 3+1 ni tashkil etishidan xabaringiz bor albatta.

Endi jamoani mavsumlar oralig‘idagi tayyogarligi haqida gapiradigan bo‘lsak, jamoa hozirga qadar 3 ta o‘rtoqlik bahslarida maydonga tushdi va 2 ta g‘alaba, 1 ta mag‘lubiyat qayd etdi. Dastlab kuchli tarkibga ega bo‘lgan buxoroliklar taslim etildi - 3:1. Keyingi bahsda "So‘g‘diyona"ga imkoniyat boy berildi - 1:3. So‘nggi uchrashuvda esa birinchi liganing "NBU-Osiyo" jamoasidan ustun kelindi - 4:3.

Ta’kidlash lozimki, mana shu uchrashuvlar jamoa asosiy tarkibini aniqlab olish, jamoadan kimlar ketishi va kimlar olib qolinishini aniqlab bersa ajabmas. Hozirda jamoaga ishonchsizlik bilan qarayotgan muxlislar ham etarlicha topilmokda. Lekin, shuni ham unutmaslik kerakki jamoa rahbariyati qo‘lidan kelgan barcha ishni qildi va qilib kelmoqda. Mahalliy yigitlarni bir joyga jamladi. Deyarli yana "nol"dan jamoa tuzildi. Lekin, hali biron-bir rasmiy uchrashuv o‘tkazmay turib jamoaga ishonchsizlik bilan qarash yaxshimi? To‘g‘ri, etakchilar jamoadan ketdi ammo vaziyat shuni taqozo qilganini ham unutmaslik kerak. Klub rahbariyati ham ko‘p bora harakat qildi. Birinchi davrada muxlislar mehrini qozona olgan ayrim futbolchilarga raxbariyatdan tortib, fidoiy muxlislar ham "Navbahor"da qolishlarini so‘rashdi. Ammo, ularning o‘zlari shuni xohlashdi. Majburlab bo‘lmasdi. Mayli ularning klub uchun qilgan xizmatlarini qadrlaymiz va kelgusi faoliyatiga omad tilaymiz!

Yaqindagina "lochinlar.uz" saytiga intervShyu bergan Davron Karimov ham aytib o‘tdiki, jamoa muxlislari "guruh"larga bo‘linib ketgan. Ishqibozlar orasida bu holni ko‘p bora kuzatmoqdamiz.

Aziz "Navbahor" muxlislari!

Sizlardan shuni iltimos qilmoqchi edimki, jamoamiz hozir turnir jadvalida ham qiyin ahvolda turibdi. Aytmoqchi bo‘lganim jamoamizni shunday og‘ir kunda yolg‘izlatib qo‘ymasdan, ularga madad bo‘laylik, birlashaylik. Podadan oldin chang chiqarmaylik. Shu o‘rinda jamoamizga ham aytar so‘nggi so‘zim: "Muxlislarga ishonchni qaytar "Navbahor"!
QOBILJON
Barcamania_2016 nikli yuzer

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar