Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

28.07.2016

O‘zbekiston kubogi. «Buxoro» yarim finalga chiqdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 171
O‘zbekiston kubogi. «Buxoro» yarim finalga chiqdi

"Buxoro" O‘zbekiston kubogining ikkinchi yarim finalchisiga aylandi. 5 iyulSh kuni ushbu jamoalarning Qo‘qonda bo‘lib o‘tgan chorak finalning birinchi uchrashuvida 1:1 hisobi qayd etilgandi. O‘sha o‘yindan keyin buxoroliklar ustozi Jamshid Saidov yarim final masalasi javob bahsida hal etilishini aytib o‘tgandi.

O‘yin kutilganidek, mezbonlar hujumlari bilan boshlandi. Buxoroliklar dastlabki daqiqalardan oldinga tashlanishdi. Qo‘qonliklar esa 14-daqiqaga kelib xavfli hujum uyushtirishdi. O‘ng qanotdan xujum tashkil etilgan Olimov-Otaqo‘ziev-Siddiqov-Berdiev kombinatsiyasidan so‘ng “Buxoro” himoyachilari arang xavfni bartaraf etishdi. Jamoalar tanaffusga 0:0 hisobida chiqib ketishdi.

Ikkinchi taymni ham maydon egalarining hujumlari bilan boshlandi. 59-daqiqada buxoroliklar hisobni ochishdi. Salamat Quttiboev gol muallifi bo‘ldi. 79-daqiqada Shavkat salomov hisobni 2:0ga etkazdi. Bungacha esa Suhrob Berdiev qulay imkoniyatdan foydalana olmagandi. O‘yinning qolgan daqiqalarida hisob o‘zgarmadi va “Buxoro” yarim finalga yo‘l oldi.

O‘zbekiston kubogi, chorak final, javob uchrashuvi
“Qo‘qon-1912” – “Buxoro” – 2:0 (0:0)
Hakamlar: D. Pislegin, O. Jumaev, A. Usmonov, Sh. Rajabov.
Gollar: Salamat Quttiboev – 59, Shavkat Salomov – 78.
“Qo‘qon-1912”: 12. Aziz Ashurov, 80. Nodir Yo‘ldoshev (70. Sobir Xamidov-65), 5. Jalil Kimsanov (14. Avazxon Mamatxo‘jaev-42) , 6. Doston Tursunov
15. Ma’ruf Zokirjonov, 28. Abdulloh Olimov , 29. Iqbol Malikjonov, 99. Javohir Siddiqov, 7. Otabek Zokirov, 90. Suhrob Berdiev 9. Nosir Otaqo‘ziev (6.Bahodir Akramov-75).
“Buxoro”: 20. Sardor Qobuljonov, 8. Salamat Qutiboev, 10. Shavkat Salomov, 11. SanShat Shixov, 16. Artyom Filiposyan, 19. Jasur Hasanov , 23. Aleksandr Merzlyakov, 33. Bobir Amonov (93. Maksimilian Fomin – 85), 71. Anvar Rajabov (7. Suhrob Ne’matov – 88), 85. Ruslan Meleziddinov, 87. Alisher Sanoev.
Nazoratchi: A. Klepikov.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar