Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

28.07.2016

Maydonda bo‘lajak chempionlar

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 65
Maydonda bo‘lajak chempionlar

Jizzaxda kurash bo‘yicha “Mahallamiz pahlavonlari” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
“Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi, viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida o‘tkazib kelinayotgan musobaqa yildan-yilga ommalashmoqda.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida milliy qadriyatlarimizni tiklash va rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor samarasida o‘zbek kurashi, uloq-ko‘pkari, o‘zbek jang san’ati kabi milliy sport turlari xalqaro miqyosda keng e’tirof etilayotgani ta’kidlandi.
Musobaqaning quyi bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 13-14 yoshdagi 78 o‘g‘il-qiz o‘z vazn toifasida gilamga tushdi.
O‘g‘il bolalar o‘rtasida 46 kilogramm vazn toifasida zafarobodlik Davlat Narzullaev, 50 va 55 kilogramm vaznda zarbdorlik Shahzod Jo‘raev, Mirzohid Xudoyorov birinchi o‘rinni egalladi. Qizlar o‘rtasidagi bellashuvlarda 44 va 52 kilogramm vazn toifasida g‘oliblikni mirzacho‘llik Dislina Bochkova hamda Maftuna Navro‘zova, 48 kilogramm vaznda paxtakorlik Charos Sulaymonova qo‘lga kiritdi.
– Maktabimizda sportning istalgan turi bilan shug‘ullanish uchun barcha sharoit yaratilgan, – deydi Dislina Bochkova. – Mahallamizda bolalar sport maydonchasi bor. O‘zim yaxshi ko‘rgan kurash bo‘yicha katta musobaqada qatnashib, g‘olib bo‘lganimdan behad xursandman.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar