Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

28.07.2016

Mahallaning sara polvonlari

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 57
Mahallaning sara polvonlari

Nukusda “Mahallamiz pahlavonlari” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
“Mahalla” xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan turnirning dastlabki bosqichi 334 ovul va mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazildi. Unda 13-14 yoshdagi 4 mingdan ziyod o‘smir ishtirok etdi.
Yosh avlodni jismonan baquvvat, ma’nan etuk insonlar etib tarbiyalash, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga xizmat qilayotgan ushbu sport musobaqasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichida 3 vazn toifasida 90 nafar o‘g‘il-qiz g‘oliblik uchun o‘zaro kurash olib bordi.
Qizlar o‘rtasida 44 va 48 kilogramm vazn toifasida taxtako‘pirlik Oyjamol Jumamuratova va Aynura Perdeboeva g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarilgan bo‘lsa, 52 kilogrammda Qorao‘zak tumanidan Mehribon Qidirboevaga teng keladigani topilmadi.
O‘g‘il bolalar o‘rtasida 46 kilogramm vazn toifasida nukuslik Jasurbek Akimov, 50 kilogrammda mo‘ynoqlik Nurshod Jo‘ldasboev, 55 kilogrammda Amudaryo tumanidan Xursandbek Jo‘lliboev g‘olib bo‘ldi.
– Mo‘ynoq tumanidagi 1-bolalar va o‘smirlar sport maktabida tajribali murabbiy Temur Maratovdan kurash sirlarini o‘rganmoqdaman, – deydi turnirda eng yuqori natija ko‘rsatgan yoshlardan N.Jo‘ldasboev. – Mahallamizda biz, yoshlar uchun barcha sharoit yaratilgan. Bo‘sh vaqtimizda sport bilan shug‘ullanamiz. Zamonaviy sport majmuasi, stadion ixtiyorimizda. Turli sport musobaqalari muntazam o‘tkaziladi. G‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar