Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

28.07.2016

Toshkent viloyatida polvonlar saralandi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 54
Toshkent viloyatida polvonlar saralandi

Toshkent viloyatida kurash bo‘yicha “Mahallamiz pahlavonlari” musobaqasi o‘tkazildi.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi, viloyat madaniyat va sport ishlari, xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash boshqarmalari hamda boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan musobaqaning quyi bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 13-14 yoshli 108 o‘g‘il-qiz o‘z vazn toifasida gilamga tushdi.

Vatanimiz mustaqilligining 25 yilligiga bag‘ishlab “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida tashkil etilgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida yosh avlodning jismonan sog‘lom, ma’nan etuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishi, sport bilan muntazam shug‘ullanishi, iste’dod va salohiyatini yuzaga chiqarishi uchun yaratib berilayotgan sharoitlar yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.

O‘g‘il bolalar o‘rtasida 50, 52 va 55 kilogramm vazn toifasida zangiotalik Abduraim Lutfullaev, Yuqori Chirchiq tumanidan Hayotbek Abdullaev, Ohangaron tumanidan Fayzulla Orifjonov birinchi o‘rinni egalladi. Qizlar o‘rtasida 44 va 46 kilogramm vazn toifasida Piskent tumanidan Yodgora Salohiddinova, Nargiza Chindavlatova, 48 kilogramm vaznda Angren shahridan Gulhayo Safarboeva g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib rag‘batlantirildi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar