Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

28.07.2016

Baxtli bolalikdan benasib futbolchi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 60
Baxtli bolalikdan benasib futbolchi

Yaqindagina poyoniga etgan Evro-2016 musobaqasida nomi eng ko‘p tilga olingan himoyachilardan biri shubhasiz, PolShsha terma jamoasi a’zosi Kamil Glik bo‘ldi. Bir qarashda, uning bugungi qiyofasiga boqib, «bu yigit yoshligida hech bir muammolarga duch kelmagan bo‘lsa kerak», deb o‘ylash mumkin. Lekin aslida, unday emas. Chunonchi, oilaviy janjallar-u, ichkilikboz ota tufayli Kamil bolalikda aytarli ro‘shnolik ko‘rmagan. Keling, hammasi haqida boshidan so‘z yuritaylik...

O‘sha kuni Kamil Vodzislavdagi mashg‘ulotlardan ke­yin uyiga qaytdi. Kiyimlar solingan xaltasini bir chetga qo‘yib, ichkariga kirsa, ahvol har doimgidek: otasi Yatsek ichib kelib, janjal ko‘targan, onasi Grajina esa alam bilan yig‘lab o‘tirardi. Voyaga etib qolgan Kamil bunday vaqtlarda onasining yonini olar, otasi bilan esa ba’zida ovozini balandlatib gaplashishga majbur bo‘lardi. O‘sha kuni esa 16 yoshli o‘smir o‘zini tuta olmadi: jahl ustida sumkasidan butsasini oldi-da, otasiga qarab uloqtirdi. Yaxshiki, butsa nishonga tegmay, deraza oynasiga borib urildi. Aks holda, janjal yanada jiddiylashib ketishi aniq edi.

Xuddi shu voqeadan 15 yil avval esa Yatsek boshqa bir sabab tufayli kasalxonada dod solib qichqirardi: «E Xudo, bolajonimni mendan tortib olma!». Chunki angina kasalligining zo‘rayib ketishi oqibatida bir yarim yashar Kamilning butun badaniga qandaydir toshmalar toshib ketgan, o‘zi esa isitmaning zo‘ridan hatto nafas olishga ham qiynalib yotardi. Chaqaloq bechora tinmay yig‘lar, birovning qo‘l tekkizishi ham bolaning ahvolini battar og‘irlashtirardi. Bu kasal bilan og‘rigan bolalar juda ko‘pligi uchun Gliklar oilasiga kechasi soat 23 gacha navbat tegmadi. Nihoyat, bir hamshira ozgina vaqt topib, Kamilning beliga ikkita ukol qilib ketdi. O‘sha kunlari hududdagi olti nafar bola hayotdan erta ko‘z yumdi - Kamil esa yashab qoldi. Bolakay 11 kun bir o‘zi kasalxonadagi maxsus karavotda yotdi. Uning ota-onasi esa navbati bilan oynadan boqib, ko‘z yosh to‘kishar, keyin esa buvisi Kristina boshchiligida cherkovga borib, farzandlariga Yaratgandan umr tilashardi.

«Esimda bor, bosh shifokor aytgandiki, Kamilnikiga o‘xshash og‘ir xastalikka uchragan bolalarning faqat bir foizigina mo‘’jiza tufayli tirik qolarkan», - deydi Grajina.

Buni qarangki, oradan bir-ikki yil o‘tgach, Glik hech narsa bo‘lmagandek, butkul sog‘ayib, baquvvat, serharakat bolaga aylandi. U juda sho‘x bo‘lib, tinmay hovlida o‘ynar, sakrar, velosipedda butun mahallani aylanib chiqardi. Kamil to‘p o‘ynaydigan maydoncha atrofidagi uylarning biriga esa quyidagi yozuv ilib qo‘yilgandi: «Bu erda futbol o‘ynamang!».

Gliklar oilasi u paytlari Yastshembe-Zdruy shaharchasining Drujba tumanida yashashardi. Uy bekasi - Grajina oziq-ovqat do‘konida ishlar, uydan tong-saharda chiqib ketardi. Oqshomlari esa kattakon tovoqda Kamil va uning ukasi Mateush uchun sho‘rva pishirib qo‘yardi. Onasining ko‘p vaqti ishda o‘tgani uchun Kamil ukasi uchun ikkinchi otaga aylandi - u har kun Mateushni bog‘chaga olib borar, olib kelar, ovqatlantirib, sayr qildirardi.

Yatsek esa shaxtyor edi. Yuqori Sileziyada birgina u emas, juda ko‘pchilik konda ishlar, ko‘mir savdosi yaxshiligi uchun ularning maoshi kattagina bo‘lardi. Avvaliga Yatsek uyiga yaqin joydagi shaxtada ishladi. Lekin Kamil boshlang‘ich maktabga borgan paytlari otasi ishlaydigan kon yopildi va Yatsek baxt qidirib, Germaniyaga yo‘l oldi. U erda ishlash uchun shartnoma tuzib, familiyasini «Glyuk»ka o‘zgartirdi. Tabiiyki, unga burgut ramzi tushirilgan yangi pasport ham berilgandi. Oradan ko‘p o‘tmay, xuddi shunday pasport Kamilda ham paydo bo‘ldi. Zero, o‘g‘lidagi futbolga mehrni sezgan ota uni Drezdenning «Dinamo» futbol klubi akademiyasiga joylab qo‘yishni istagandi. Ammo mana shu joyda muammo yuzaga chiqdi... Kamil o‘qiydigan maktab rahbari Yanush Pontus bolakayni tekinga qo‘yib yuborishni xohlamadi va Drezden klubidan 250 ming evro badal puli talab qildi. Albatta, Drezdendagilar bolakay uchun shuncha pul to‘lashni istashmadi va natijada dastlabki orzular sarobga aylandi.

Shu tariqa, Yatsek Glik Germaniyada bir o‘zi qolib ketdi. U ikki oyda bir marta uyga kelar, eng muhimi, har gal o‘g‘illari uchun biror narsa, masalan, «Bavariya» klubining rasmiy liboslarini olib kelardi. Kunlarning birida esa farzandlariga PlayStation o‘yinini sovg‘a qildi. Sileziya viloyati uchun esa bunday narsalar «anqoning urug‘i» hisoblanar, shu bois Kamil har gal otasi kelganda o‘zini xuddi qirollardek baxtiyor sezardi. Biroq birgina omil bolakayning shodligiga rahna solardi - yaqinlaridan uzoq yurgan Yatsek ichishga o‘rganib qolgandi. Achinarlisi, Germaniyada ichkilikka ruju qo‘ygan ota uyiga kelganida ham shishadan boshini ko‘tara olmasdi. Ayni sabab tufayli Gliklar oilasida kundalik mayda janjallar odat tusiga aylandi. Ahvol shu darajaga borib etdiki, Grajina politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, erining qilmishlaridan nolidi. Ammo unga quyidagicha javob berishdi: «E, sizlar yashaydigan tumanda bunday ishlar kuniga o‘ntalab uchraydi...»

Xullas, politsiyadagilar bunday holatlarga ko‘nikib ketishgandi. Tabiiyki, Kamil ham shunga o‘rganib ketdi.

Eng qizig‘i, har gal janjal ko‘tarilganining ertasiga ota-bola hech gap bo‘lmagandek yarashib olishar, birgalikda futbol o‘ynab, baliq oviga borishardi. Kamil bunday paytlarda otasini ichkilikdan qaytarish uchun astoydil harakat qilar, deyarli har kun bitta gapni qaytargani-qaytargan edi: «Otajon, bugun uyga hushyor qayting, iltimos». Bir safar u onasi va ukasi bilan birgalikda Yatsekni davolanishga ham ko‘ndira oldi. Otasi nazorat ostida uch oygacha ichkilikdan tiyilib yurdi, ammo baribir, o‘zini nafs balosidan qaytara olmadi. Uyda yana janjal, qichqiriq va faryodlar ovozi eshitila boshladi.

Lekin buni qarangki, hayoti maqtanarli bo‘lmagan bolakayning futboldagi yo‘li ravon ketdi. U 12 yoshigacha shaharchaning «MOSiR» jamoasi sharafini himoya qildi. Glivitsada o‘tgan bolalar musobaqasiga Kamil himoyachi sifatida yo‘l oldi, ammo jamoa darvozaboni jarohat olgach, uning o‘rnini egalladi. Muhimi, Kamil golkiperlik vazifasini a’lo darajada uddaladi, jamoa esa finalgacha etib bordi. Shu ketishda Kamil yana uchta turnirda darvozabon sifatida harakat qildi. Sherigining qo‘li tuzalganidan keyin esa himoyadagi o‘rniga qaytdi.

Bu orada yuqorida tilga olingan maktab rahbari Yanush Pontus o‘zining futbolga ixtisoslashgan xususiy maktabini ochdi va Kamilni ham birinchilar qatori, o‘ziga og‘dirib oldi. Yanushning uslublari oddiygina edi - u bolalarga yangi liboslar, butsalar va sumkalar hadya qildi. Bolalar esa uning atrofida asalga yopishgan hasharotlardek girdikapalak bo‘lishardi. 2001 yilga kelib, Pontusning maktabi anchagina tanilib qoldi va Kamil Glik shu paytlari ilk bor sayohatga chiqish imkoniga ega bo‘ldi. Ya’ni, yosh futbolchilar o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazish va tajriba oshirish uchun samol­yotda Portugaliyaga - Lissabonga safar qilishdi. Albatta, bu sayohat ko‘proq sayyohlik maqsadida bo‘lgani uchun Glik va uning jamoadoshlari o‘yinlarni 0:4, 0:5 va 2:3 hisoblarida boy berishdi. Biroq Kamilni hisoblardan ko‘ra, chet elga sayohat ko‘proq qiziqtirar, u ettinchi osmonda uchib yurgandek baxtli edi.

2005 yilga kelib Pontus Glik va yana o‘nlab polyak yoshlari Ispaniya to‘rtinchi divizionidagi «Oradadu» klubiga bir amallab joylashtirildilar. Kamilning oyisini esa hatto shu ham juda xursand qildi - harholda, uyda janjal kamayadi... Pol­yak yoshlari ispan klubida oyiga atigi 600 evro uchun to‘p surishar, shunda ham jamoa asosiy tarkibiga polShshaliklardan faqat Kamil va Pontusning o‘g‘li kira olgandi, xolos. Oradan qandaydir vaqtlar o‘tgach, Glik haqida iliq fikrlar yangray boshladi va hatto uni tajriba oshirishi uchun «Liverpul»ga - RafaelSh Benites qo‘li ostiga yuborishdi. Undan keyin esa «Valensiya» yosh futbolchi uchun mahorat maktabi vazifasini o‘tadi. Albatta, Kamil bu klublarning o‘rinbosarlari tarkibidan joy olishi ham mushkul ekanini bilardi. Lekin ajoyib kunlarning birida futbol olamiga Fernando MorShentesdek yulduzni etkazib bergan mutaxassis Madridning «Real» klubi yoshlar jamoasiga taklif qilganida, Glik hayajondan qaltirab ketdi va titroq qo‘llari bilan uch yillik shartnomaga imzo chekdi.

Bitim imzolanganidan so‘ng «Real» afsonasi RaulSh Kamilning yoniga kelib, o‘z yordamini taklif qilganida, yigitcha butunlay gangib qoldi. U faqat boshini liqillatib, «Yo‘q, rahmat, yo‘q», deya oldi, xolos.

«Real»dagi ta’lim yakuniga etganidan so‘ng, aniqrog‘i, 2008 yilning yozida Glik PolShshaga qaytib, «Pyasta» klubi safiga qo‘shildi. Keyingi yili esa u otasidan ayrildi - Chexiyaga ishlashga ketgan Yatsekni vatandoshlari ertalab jonsiz holatda ko‘rishdi. Uning yuragi haddan tashqari ko‘p iste’mol qilingan alkagolni ko‘tara olmagandi. Otasining o‘limi futbolchiga salbiy ta’sir qilib, endi o‘zi ham ichkilikka ruju qo‘ya boshladi. Yaxshiki, Kamilning sevgilisi - Marta uni «Pyasta» avtobusidan mast holda topib olganidan so‘ng bunday be’maniliklarga chek qo‘yildi.

Bu orada Glikning agenti mijoziga jiddiy maqsadlar uchun kurasha oladigan yangi jamoa topdi - «Palermo». Italiyaga moslashuv jarayoni unchalik murakkab kechmagani bois, Kamil o‘zi o‘ylaganidan ham yaxshiroq o‘yin ko‘rsata boshladi. Shu sababli tezda unga yangi xaridor - «Bari» va uning ustozi JampShero Ventura paydo bo‘ldi. Ammo bu jamoa muvaffaqiyatga erishdi, deb ayta olmaymiz. Qachonki, Ventura «Torino»da ish boshlaganidan so‘ng polyak yigitini yoniga chorladi va Glik bunga «labbay» deya javob berdi. Yangi klubdagi ikki yillik faoliyatdan keyin esa sardorlik darajasiga ko‘tarilib oldi. E’tiborlisi, turinliklar jamoasiga 1960 yildan buyon xorijlik futbolchi sardor etib saylanmagandi. Eng muhimi, uni Turinda futbol ishqibozlari sevib qolishdi. Boshqacha aytganda, Kamil Glik mahalliy ish­qibozlar uchun haqiqiy etakchi va qahramon edi. Shahardagi pitstseriyalardan biri ishni boshqalardan bir soat oldin boshlab, Kamilning nonushtasi uchun mazali pitstsa tayyorlab turadi. Italiyada ana shunday hurmatga erishish uchun qanchalik mehnat qilish kerakligini tasavvur qilib ko‘ring-a...

Maydonda esa Glik yuqorida aytganimizdek, mahalliy muxlislar uchun chikanam qahramon. «Buqalar» «A» seriyaga qaytgan ilk mavsumdayoq Kamil Glik tinib-tinchimas Jakkerinini qo‘pollik bilan yiqitgani uchun maydondan chetlatildi. Bu o‘yinda «Torino» 0:3 hisobida engildi, Venturani esa tez yordam mashinasida kasalxonaga olib ketishdi. Shundan keyin Kamil o‘zini bosib olib, shunday barqaror o‘yin ko‘rsatdiki, natijada, Gazzetta Dello Sport uni «A» seriyaning 2014|2015 yillar mavsumidagi ramziy terma jamoaga kiritdi. Axir, himoyachi uchun 7 gol - yomon emas-da! Boz ustiga, Kamil ishqibozlarni battar junbushga keltirib, har bir o‘yinga alohida sardorlik bog‘ichi bilan chiqib keladi. Jumladan, «Yuventus»ga qarshi derbida u foydalangan bog‘ichda buqa bilan zebraning kurashi tasvirlangan edi. Eng muhimi, bog‘ichlarda doim unga katta futbol umidini bergan «Pyasta» klubi logotipi va Rim papasi (Glikning vatandoshi) Iogann Pavel IIning quyidagi jumlalari bo‘ladi: «Kechagi kun - endi seniki emas. Erta qanday bo‘lishi - noaniq. Demak, eng muhimi - bugun».

Shundayku-ya, lekin Kamil kechagi kunini yaxshi eslaydi. Bir yil muqaddam u Gavayi orollarida dam olib qaytganidan so‘ng o‘zi yashaydigan Yastshembe-Zdruyga PolShsha prezidentini taklif qilib, yoshligida futbol o‘ynagan maydonchani ko‘rsatdi va u erda yangi stadion qurish niyati borligini aytdi. Kamilning hamyonidan chiqqan 150 ming zlotiy evaziga qurilishi boshlangan arena shu yil noyabrSh oylarida foydalanishga topshiriladi. 2013 yili esa u Marta bilan birgalikda Shirokiy tumanida boshpanasiz itlar uchun alohida bino soldi. Aslida, ularning oilasida yorkshir terSheri ham bor, ammo ko‘ngilchan Martaning kuchuklarga rahmi kelsa, Glik qarshilik qilarmidi?!

Aroqxo‘r ota-chi? Kamil uni hozir eslaydimi?

«Faqat endigina, bir ro‘zg‘orni tebrata oladigan erkak bo‘lib etishganimdan keyingina hayotimda naqadar katta yo‘qotishlarga duch kelganimni tushunib etyapman. Otam bugun nimalarga erisha olganimni ko‘rishini juda-juda xohlardim. Ko‘nglim sezadi, u men bilan albatta, faxrlangan bo‘lardi. Men esa u haqda faqat yaxshi xotiralarnigina eslayman...»

Championat.com - I.RAHIMOV tayyorladi

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar