Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

28.07.2016

Akmal Shorahmedov: «Faoliyatim yarim himoyadan boshlangan»

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 45
Akmal Shorahmedov: «Faoliyatim yarim himoyadan boshlangan»

Gazetamizning seshanba sonida o‘zbek futbolchilarining bolalik yillari bilan tanishtirish odat tusiga kirgan. Biz ushbu an’anani davom ettirish maqsadida «Bunyodkor» klubi himoyachisi, O‘zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod Akmal Shorahmedov bilan suhbat qurdik.

- Akmal, «Bunyodkor» jamoasi siz uchun qadrli bo‘lib qoldi. Aynan shu klubdagi faoliyatingiz sabab milliy terma jamoaga chaqirildingiz, OChLda ajoyib mavsumlarni o‘tkazdingiz. Suhbatimiz avvalida ayni mavzu bo‘yicha fikrlaringiz bilan o‘rtoqlashsangiz.

- Haqiqatan ham, «Bunyodkor»ning faoliyatimda tutgan o‘rni o‘zgacha. Men futbol o‘ynashni boshlagan davr bilan hozirgisi o‘rtasida katta farq bor. Biz endigina yashil maydonga moslashayotgan chog‘imizda hozirgidek zamonaviy stadionlarni orzu qilardik. Biroz kechroq bo‘lsada, niyatimga etdim. Mana, oliy ligada 11 yildan buyon to‘p suryapman. Shu vaqt oralig‘ida «Paxtakor», «So‘g‘diyona», «Andijon» jamoalari sharafini himoya qildim. Ozmi-ko‘pmi futbolchi sifatida tanildim.

- Shu darajaga etishingizda murabbiylarning ham hissasi katta bo‘lgan, to‘g‘rimi?

- Albatta. Har bir sohada ustoz va murabbiylarning o‘rni beqiyos. Barcha bolalar kabi futbol o‘ynashni ko‘chadan boshlaganman, quyosh botguniga qadar to‘p tepardik. Professional tarzda ilk saboqlarni Baxtiyor va Dilshod aka Nuralievlardan olganman. Hozirgi darajaga etishishimda ularning mehnatlari katta. Bolalar futbolidagi bilim va ko‘nikmalari, tarbiyalagan shogirdlarini inobatga olsak, bu ikki mutaxassisga etadigani yo‘q. Fursatdan foydalanib, ularga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

- Aksariyat bolalar hujumchi bo‘lish, gol urib, tezroq tanilishni istashadi. Siz esa himoyani tanlagangiz. Bu qaror qabul qilinishida ham murabbiyning ko‘rsatmasi bosh mezon bo‘lganmi?

- Futbol o‘ynashni yarim himoya chizig‘idan boshlaganman. Aslida, 16-17 yoshdayoq futbolchining qaysi chiziqda ko‘proq foyda keltirishi yaqqol ko‘zga tashlanib qoladi. Menda ham shunday holat yuz bergan. Dilshod Nuraliev himoyada yaxshiroq o‘ynashimni ko‘ra bilganlar va ularning tavsiyalari bilan shu chiziq vakili bo‘lib qoldim.

- O‘zbekiston milliy termasiga chorlov, mamlakat bosh jamoasi safidagi ilk o‘yin, undagi hayajon, bularni unutib bo‘lmaydi. Shunday emasmi?

- Darhaqiqat, har bir futbolchining oliy orzusi - o‘z mamlakati milliy jamoasi libosida maydonga tushish. «Andijon»da o‘ynab yurgan kezlarim ham termamiz yig‘inlariga taklif etilganman. Lekin haqiqiy chorlov JCh-2014ning eng muhim saralash bosqich o‘yinlariga to‘g‘ri kelgan. Eronga qarshi Toshkentda kechgan uchrashuvni aslo yoddan chiqarmayman. Butun o‘yin davomida katta tashabbusga ega bo‘lib, yakunda mag‘lubiyatga uchrash rosa alamli bo‘lgandi. Bir necha kun o‘zimga kela olmaganman. Odil Ahmedovning toza golini yaponiyalik hakamlar inobatga olishmagandi. Kim biladi deysiz, balki o‘sha gol hisoblanganida, termamiz Braziliyadagi mundialda ishtirok etib qaytarmidi?.. Ammo omad jamoamizdan ochiqchasiga yuz o‘girgandi. Biz kabi 14 ochko to‘plagan Janubiy Koreya termasi JCh yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. To‘rtinchi saralash bahslari yakunlanishiga uchta tur qolganida 6 ochko jamg‘arsak, JChga chiqamiz, deb o‘ylagandik. Lekin qo‘lga kiritilgan o‘sha ochkolar ham bizga yordam bermadi. Ha, bu sport, oldindan bir narsa deyishi qiyin.

- Futbolchining faoliyatida qiziqarli voqealar tez-tez uchrab turadi. Siz ham shunday holatlarga duch kelganmisiz?

- Albatta. Bir kuni uydagilar dala-hovlimizga ketishgan edi. Majburligimdan ko‘ylagimga o‘zim dazmol bosishimga to‘g‘ri kelgan. Bunga o‘rganmaganim uchun ko‘ylakni kuydirib qo‘ygandim (kuladi). Futbolda ham qiziqarli holatlar yuz berib turadi. Masalan, OChL guruh bosqichidagi «Al-Jaish»ga qarshi kechgan uchrashuvni o‘tkazib, Doxadan qaytayotganimizda 2-3 nafar futbolchimiz reysdan qolib ketishgan. Ular uydagilarga sovg‘a-salom olamiz, deb samolyotga kech qolishgan va oqibatda boshqa yo‘nalish orqali Toshkentga qaytib kelishgandi.

- Volidai muhtaramangiz bir necha yildan buyon informatika fanidan yoshlarga ziyo tarqatib kelyaptilar. Bolaligingizda sizda ham o‘qituvchilik kasbini tanlash imkoniyati yuzaga kelganmi?

- Ochig‘ini aytsam, menda bunday tanlash imkoniyati bo‘lmagan. Bolaligimdan futbolga mehr qo‘ydim. Balki keyinchalik futbolni tugatib, murabbiylik faoliyatini yo‘lga qo‘ysam, onamning kasblarini davom ettirarman. Hozircha esa o‘zim o‘qituvchilardan, murabbiylardan o‘rganyapman.

Ma’lumot uchun

Akmal Shorahmedov

Tug‘ilgan sanasi: 10.05.1986

Tug‘ilgan joyi: Toshkent

Bo‘yi:178 sm. Vazni:78 kg.

Ampluasi: himoyachi

Futbolchilik faoliyati: «So‘g‘diyona» (Jizzax) - 2005-2006; «Navbahor» (Namangan) - 2007;

«So‘g‘diyona» (Jizzax) - 2008; «Andijon» (Andijon) - 2009-2010; «Bunyodkor» (Toshkent) - 2011 - ....

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar