Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

28.07.2016

Zo‘rma-zo‘raki legioner

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 70
Zo‘rma-zo‘raki legioner

Olti yildan buyon Gollandiyaning «Vitess» klubi «Chelsi» bilan hamkorlik qiladi. Biroq o‘zaro aloqalarga arnemliklar turlicha munosabatda bo‘lishmoqda. Qolaversa, Londondan ko‘mak sifatida ijaraga yuborilayotgan futbolchilar ham mamnun emaslar.

Lolalar yurtidagi surgunlik

«Bu hayotimdagi o‘ta yoqimsiz davr bo‘ldi. Ammo men faqat shu yo‘l bilan faoliyatimni saqlab qoldim. Aslida, meni majburan ijaraga jo‘natishdi. «Chelsi»ning bu qarorini agentim orqali ma’lum qilishdi. O‘sha kuni farzandli bo‘lgandim, chaqaloqni ko‘zim qiymasdi. Shu bois, safarga chiqishni istamasdim. Buning ustiga, oyog‘imdagi jarohat tufayli o‘ynay olmasdim. O‘ynash uchun emas, fizioterapevtdan muolaja olish uchun olis safarga yuborishayotganidan tamoman bexabar edim. Darvoqe, qisqa vaqt ichida u meni oyoqqa turg‘azdi. Lekin baribir, maydonga tushish nasib etmadi. To‘rt oydan keyin uyga qaytdim»,- deydi 2013 yili 5 nafar jamoadoshi bilan «Vitess»ga ijaraga berilgan, hozirda «Sheffild Uensdey» sharafini himoya qilayotgan Sem Xatchinson.

Ha, bu futbolchi 2010 yildan so‘ng «Chelsi»dan «Vitess»ga yuborilgan 19 nafar o‘yinchilardan biri edi. Aynan o‘sha yili arnemliklar klubini Roman Abramovichning do‘sti, gruziyalik biznesmen Merab Jordaniya sotib olgandi. Shu tariqa «Vitess» erediviziyadagi xorijiy sarmoyadorlarga tegishli dastlabki jamoaga aylandi. 2013 yili Jordaniya klubni rossiyalik kasbdoshi Aleksandr Chigirinskiyga sotib yubordi. «Vitess»dagi vaziyat boshqa jamoa­lar muxlislariga maqbul bo‘lmadi. Ular erediviziyaning keksa a’zosini «Chelsi-B» deb atay boshladilar. Biroq norozi kayfiyatdagilar doirasi shu bilan cheklanib qolmadi - jamoaga 2001|2002 yillar mavsumida ustozlik qilgan RonalShd Kuman ham xafa: «Aftidan, muxlislarning klubga yaqinligi yo‘qolib qoldi. Chunki har mavsumda yangi jamoa maydonga tushadi, chempionat yakunida aksariyat yosh o‘yinchilar «Chelsi»ga qaytib ketishadi. Bunday vaziyatda o‘z uslubiga ega bo‘lgan ahil jamoani, jamoaviy ruhni shakllantirishning iloji yo‘q. Mening davrimda «Vitess»ning har bir o‘yiniga hech bo‘lmaganda 25000 muxlis kelardi. Hozir esa «Ayaks», PSV yoki «Feyenoord» kabi grandlarga qarshi bellashuvlar ham ko‘pi bilan 20000 muxlisni arang to‘playdi». Kumanni qo‘llab-quvvatlaydigan muxlislar ham anchagina. «Ba’zan kelgindi futbolchilarni ko‘rgimiz kelmay qoladigan hollar ham bo‘lib turadi. Ko‘p narsa bizga Londondan qaysi o‘yinchilarni jo‘natishlariga bog‘liq. Har qaysi murabbiy qarorni mustaqil ravishda o‘zi qabul qilishi ta’kidlansada, biz bunday hisoblamaymiz. Qiziq, ushbu ovoragarchiliklardan «Chelsi» qanday manfaat ko‘rishi mumkin? «Ko‘klar» bizdan bor-yo‘g‘i bir futbolchini, 2013 yili Marko Van Ginkelni xarid qilishdi. Mazkur kelishuvning ular uchun muhim ekaniga ishonmayman», - deydi «Vitess»ning 27 yillik muxlisi Olaf.

Arnemlik yana bir muxlis - Villemning aytishicha, ularda «Chelsi»ga nisbatan hech qanday e’tiroz yo‘q, muxlislarni klub bilan uning sohibi o‘rtasidagi munosabat qoniqtirmayapti. Rossiyalik biznesmen doimo safarlar bilan band bo‘lgani uchun «Vitess»ning o‘yinlariga tashrif buyura olmaydi. Avvallari bunday emasdi - sohib doimo jamoa bilan hamnafas, muxlislar bilan yaqin aloqada bo‘lardi.

Ta’kidlash joizki, bu ikki klub o‘rtasidagi kelishuv Gollandiya FA tomonidan ma’qullangandi. Nahotki, u «Vitess»dek ko‘hna jamoaning o‘z tarixi va boy an’analaridan ayrilishiga sababchi bo‘lsa?

Gollandiya Gollivudi

Badavlat oligarxlar o‘rtasidagi nozik o‘yinlar qanday oqibatlarga olib kelganini his etish uchun ko‘rguliklarga boshqalardan ko‘ra ko‘proq duchor bo‘lgan muxlislarga e’tibor qaratish lozim. Ochig‘ini aytganda, «Gelredom»ning doimiy mehmonlari shonli zafarlarga odatlanishmagan: 1915 yildan buyon «Vitess» atigi bir marta chempionatda etakchi uchlikdan o‘zib keta olgan. 80-yillarda esa, hatto, 2-divizionga tushib ketgan. Aynan o‘sha omadsiz yillar jamoani «Reyndagi Gollivud» laqabi bilan «siylashgan». To‘g‘ri, 90-yillarda vaziyat ijobiy tomonga o‘zgara boshladi: Deyan Kurovich, Sander VesterfelShd va akademiyadan chiqqan yulduz - Roy Makayning sa’y-harakatlari bilan jamoa UEFA kubogi musobaqasiga yo‘llanma oldi.

Muvaffaqiyatdan ruhlangan «Vitess» yanada balandroq cho‘qqilarni ko‘zlay boshladi, 2000|2001 yillar mavsumida sovrindorlar uchligidan joy oldi. Jamoaga taklif etilgan RonalShd Kumanga tarkibni kuchaytirish uchun 10 mln. funt mablag‘ ajratildi. Biroq afsuski, natija hafsalani pir qildi: jamoa 6-pog‘onaga tushib ketdi, sarflangan xarajatlar naf bermay, boshi berk ko‘chaga sudradi. Jordaniya klubni xarid qilgan 2010 yilda «Vitess» o‘ta og‘ir moliyaviy holatga tushib qolgandi.

«Vitess» - erediviziyaning ko‘hna a’zosi. So‘nggi 15 yil ichida o‘ta nochor holga tushib qoldi. Jamoa tasarrufini o‘z qo‘liga olgan xorijiy sohibning pul va «Chelsi» bilan aloqa o‘rnatishga va’da berganligi o‘sha paytda to‘g‘ri qarordek tuyulardi», - deydi 40 yildan beri «Vitess»ga muxlislik qiladigan NilShs.

Arnem 150000ga yaqin aholisi bo‘lgan kamtarin shahar bo‘lsada, mahalliy muxlislarning shijoati butun mamlakatga mashhur. «70-yillarda jamoa muxlislari soni 10000 kishidan oshmasdi. Keyin biz katta stadion qurdik. Kuman murabbiylik qilgan davrda muxlislar tashrifi 20000dan kam bo‘lmasdi. Hozir ularning soni 16000dan oshmaydi. Shu sababli stadion bo‘m-bo‘shdek ko‘rinadi. Go‘yoki, jamoa o‘z muxlislarini yo‘qotib qo‘ygandek tuyuladi», - deya hikoyasini davom ettiradi NilShs. O‘z vaqtida fan-klub direktori bo‘lgan 41 yoshli Stefning ta’kidlashicha, hatto jamoa g‘alaba qozongan o‘yinlarda ham stadion to‘lgan emas. 2002-2010 yillar oralig‘idagi davr juda og‘ir kechib, jamoa yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida qolgandi. Bu yil «Vitess» safiga Londondan 5 nafar yosh iqtidor sohiblari qo‘shilishdi: Domonik Solanke va Izzi Braun (yoshlar jamoalari o‘rtasida Angliya kubogi sohibi), 20 yoshli LShyuis Beyker, braziliyalik Natan va serbiyalik Danilo Pantich. Beyker bilan Solanke muntazam ravishda maydonga tushishdi, Braun va Natan esa ko‘proq zaxira o‘rindig‘ini band etishdi.

«Vitess»ning muxlislari esa bosh­qa jamoalar fanatlarining kinoyalariga ko‘nikib qolishgan. Ularning arnemliklar ustidan «Chelsi-2» deya kalaka qilishlari hozirda hech kimning nafratini qo‘zg‘atmaydi. «To‘g‘ri, ular bizni hasadgo‘ylik bilan «Chelsi-2» deb atashadi. Biz esa bunga javoban «Xo‘p, biz «Chelsi-2»miz, siz o‘zingiz kimsiz?, deya javob qaytaramiz», - deydi yana bir muxlis.

Ijobiy o‘zgarishlar sari

2010 yili «Vitess»ni saqlab qolishga bel bog‘lagan Jordaniya 10 kun ichida jamoaga 8 nafar yangi futbolchini jalb etdi. Ularning 3 nafari «Chelsi» vakillari edi, jumladan, NemanShya Matich ham. «Avvaliga bizga kuchli futbolchilarni yuborishadi, deb o‘ylagandik. Lekin Angliyadan asosan yoshlar kelishardi. Shu sababli doimo saviyali o‘yinchilarga ehtiyoj sezilardi, biz yangi iqtidorlarni sabrsizlik bilan kutardik. Endi bunday muammolarga chek qo‘yildi», - deydi Stef.

Darhaqiqat, avvallari «Vitess» Londondan qaysi futbolchilarni Arnemga jo‘natishlariga ta’sir ko‘rsata olmasdi. «Chelsi» texnik direktori Maykl Emenalo bilan mustahkam aloqa o‘rnatilgach, hamkorlik yaxshi samara bera boshladi. «Qaysi pozitsiyalarni kuchaytirish borasida Maykl bilan maslahatlashgan holda ish yuritadigan bo‘ldim. Skautlarimiz ijaraga olinadigan o‘yinchilar imkoniyatlari bilan tanishib chiqadigan bo‘lishdi. Qaysidir futbolchining faoliyatiga e’tirozlar paydo bo‘lsa, londonliklar bilan hamkorlikda muhokama qiladigan bo‘ldik», - deydi «Vitess»ga 2013-2015 yillarda murabbiylik qilgan Peter Bosz. Darhaqiqat, bu murabbiy o‘z ishonchini oqlamagan futbolchini zaxira o‘rindig‘iga yo‘llashdan cho‘chimasdi. Londondagilar uning har bir qarorini xayrixohlik bilan qabul qiladigan bo‘lishdi. Shuni ham ta’kidlash joizki, «Chelsi»ning ijaradagi vakillari ham «Vitess»dagi faoliyatlariga jiddiy e’tibor beradigan bo‘lishdi. Lekin mazkur ijobiy o‘zgarishlar vaqti kelib yangi muammolarni keltirib chiqarishi mumkinligini ham unutmaslik kerak. Deylik, «Vitess» yuksak natijalarni qayd etish orqali EL musobaqasiga yo‘llanma olgudek bo‘lsa, ijaraga olingan futbolchilar masalasini zudlik bilan hal qilish zarurati tug‘iladi. Chunki tarkibning 50 foizi mavsum oxirida Londonga qaytib ketadi. Oqibatda arnemliklar xalqa­ro musobaqalarda o‘yinchilar etishmovchiligiga duch keladilar. Ammo tarkibdagi doimiy rotatsiya Boszni xavotirga solmayapti. Uning aytishicha, bunday vaziyat Gollandiyaning aksariyat jamoalari uchun odatiy hol. Muhimi, «Vitess»ning saviyasi tobora oshib bormoqda, bunda «Chelsi» bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik muhim o‘rin tutadi. Endi ijaraga olinayotgan futbolchilarning Gollandiyadagi faoliyatini o‘zgartirish zaruriyati yuzaga keldi. Legionerlar hech bo‘lmaganda ikki mavsum to‘p surishsa, o‘yinchilar etishmovchiligi o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘ladi.

Bundan tashqari, mablag‘ yo‘qligi tufayli deyarli to‘xtab qolgan klub akademiyasi ham ancha jonlandi. O‘tgan mavsum akademiya tarbiyalanuvchisi Kevin Diks, «Chelsi»dan kelgan Uollasni tarkibdan siqib chiqarishga muvaffaq bo‘ldi. Demak, «Vitess» tiklanish yo‘lidan bormoqda. Hatto Chigirinskiy qanday kayfiyatda bo‘lishi ham uni xavotirga solmayapti: «Qachondir sohibning klubga bo‘lgan qiziqishi so‘nishi mumkin. Bu jamoa­ning saviyasiga, turnir jadvalidagi mavqeiga ta’sir etishi aniq. Lekin «Vitess» «Vitess»ligicha qolaveradi. Chunki uning sadoqatli muxlislari bor!», - deya Stef hikoyasini yakunladi. Umid qilamizki, uning taxminlari sarobga aylanmaydi.

FootballHD.ru - S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar