Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

28.07.2016

«Andijon»: Nazorat uchrashuvida hisobda aks etmagan ustunlik

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 59
«Andijon»: Nazorat uchrashuvida hisobda aks etmagan ustunlik

Avval xabar berganimizdek, kecha yoshlar jamoamiz Quvasoyda “Tsementchi” bilan nazorat uchrashuvini o‘tkazdi. Rasmiy o‘yinlar boshlanishi oldidan so‘nggi o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lgani bois, murabbiylar tarkibdagi o‘yinchilarning imkoniyatini yana bir bor ko‘zdan kechirib oldi. Darvoqe, “Andijon” yoshlar jamoasiga yaqinda bosh murabbiy etib RafaelSh Muslimov tayinlandi. Rasul Rahmonov endilikda unga yaqindan yordam beradi.

O‘yinga keladigan bo‘lsak, afsuski ustunlik hisobda aks etmadi. Bunday deyishimizning boisi shundaki, “Andijon” yoshlar jamoasi shu kuni mezbonlarga jiddiy qarshilik ko‘rsatib, ularni ham rasmiy o‘yinlar oldidag biroz sergaklikka chorladi. Garchi o‘rtoqlik o‘yini maqomini olgan bo‘lsada, uchrashuv go‘yoki rasmiy bahsdek o‘tdi deyish mumkin. Temur To‘xtasinov boshchiligidagi oliy liga toifasidagi hakamlar uchrashuvni boshqarib bordi va stadionga ham muxlislar tashrifi 100dan ziyod bo‘ldi. Mezbon jamoa rahbariyati bevosita stadionga kelib, o‘yinni kuzatib borgani ham “Tsementchi” futbolchilarini ko‘proq g‘alabaga undadi deyish mumkin.

O‘yinda ilk bor hisobni mezbonlar ochishdi. Davralar oralig‘ida “Tsementchi” safiga kelib, ko‘rikdan o‘tayotgan Abdulla Abdullaev birinchi golga mualliflik qildi. Bunga javoban Jahongir Maqsudov raqiblarini ketma-ket aldab o‘tib, uzoq masofadan darvoza tomon kuchli va aniq zarba yo‘llab, hisobni 1:1 ko‘rinishga keltirdi. Shu tariqa jamoalar tanaffusga durang bilan chiqib ketdi.

Ikkinchi bo‘limni ham yoshlarimiz hujumkorlikda boshladi. Jaroxat olib majburan maydonni tark etgan Avaz Olimjonovning o‘rniga tushgan Xondamir Yuldashev “Tsementchi” darvozasini o‘qqa tutdi va “Andijon” hisobda oldinga olib chiqishga erishdi – 1:2.

Tabiiyki ushbu goldan keyin stadionga tashrif buyurgan ishqibozlarning kayfiyati biroz tushib ketdi. Buni yaxshi his qilgan “Tsementchi” futbolchilari asosiy e’tiborini mag‘lubiyatdan qutilib qolishlikka qaratdi. Hujumlarning birida quvasoyliklar muvozanatni tikladi. Rahmatullo Meliboev burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Avvaliga Jamshid Qobulov to‘pni darvozaga yo‘llashga urindi, so‘ngra markaziy himoyachi A’zamjon Samijonov jarima maydoni ichida bee’tiborsiz qolib ketdi va to‘pni darvozaga aniq yo‘lladi – 2:2.

Hisob tenglashgach, “Andijon” yoshlar jamoasi o‘z omadini yana raqib jarima maydoni ichidan izladi. Ro‘zivoy Abdug‘afforov deyarli yuz foizlik imkoniyatdan unumli foydalana olmadi. Shuningdek Baxtiyor Qosimovning zarbalariga ham birozgina aniqlik etishmadi. “Burgutlar”ning hujumlari xavfli tus ola boshlagach, mezbonlar ustozi himoyani mustahkamlash maqsadida zaxiraga olingan Oqilbek Mahmudov yana qayta maydonga chiqardi. Shundan ham bilish mumkinki, raqib qolgan vaqt davomida “Andijon”ni yanada xurmat qila boshladi va o‘z maydonida muxlislarini quvontirish uchun jiddiy kurashdi.

Ikkinchi bo‘limning so‘nggi 10 daqiqasi o‘tib borayotganida andijonlik futbolchilar deyarli butun jamoa bo‘lib hujumga tashlandi. Quvasoyliklar esa bundan unumli foydalanib qoldi. Elyor Mamasoliev qarshi hujumni samarali yakunlab, jamoasini hisobda oldinga olib chiqishga erishdi – 3:2.

Shu tariqa nazorat uchrashuvida “Andijon” yoshlari mag‘lubiyatga uchradi. Eslatib o‘tamiz, bundan oldin yoshlarimiz “Yozyovon-Lochinlari” bilan 1:1 hisobida durang qayd etib, “Navbahor” o‘rinbosalarini 3:1 hisobida mag‘lub etgandi.

Endi “Andijon” yoshlar jamoamiz 2 avgust kuni “Paxtakor”ga qarshi kechadigan yoshlar ligasining 16-turidan o‘rin olgan uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rishni boshlaydi.

27.07.2016

Nazorat uchrashuvi.

“Tsementchi” – “Andijon” 3:2 (1:1).

Quvasoy. “Tsementchi” stadioni.

Hakamlar: Temur To‘xtasinov, Anvar Maarajabov, Ziyodullo Abdurahmonov.

Gollar: Abdulla Abdullaev, A’zamjon Samijonov, Elyor Mamasoliev – Jahongir Maqsudov, Xondamir Yuldashev.

“Tsementchi”: 16. Ilhom Jumanov, 2. Jo‘rabek Yoqubov, 23. Oqilbek Mahmudov, 5. Abduxoliq Qurbonov (S), 9. Jamshid Qobulov, 17. Sunnatillo Ermatov, 13. Abdulla Abdullaev, 4. Rahmatullo Meliboev, 5. Otabek Ahmadaliev, 21. Elyor Mamasoliev, 7. Davron Isoqov.

Zaxiradan tushganlar: 3. Madamin Mahmudov, 10. Sardor Sotvoldiev, 20. A’zamjon Samijonov.

“Andijon”: 50. Barakatullo Isroilov, 4. Dilmurod Mahmudov (S), 67. Shoyad Mullajonov, 45. Artur Mamatkazin, 7. Shoxruh Ergashev, 14. Abror Komilov, 8. Baxtiyor Qosimov, 20. Eldor Jonibekov, 28. Shoxjahon Hasanov, 33. Jahongir Maqsudov, 18. Avaz Olimjonov.

Zaxiradan tushganlar: 17. Xondamir Yuldashev, 11. Bobur O‘rishev, 70. Ro‘zivoy Abdug‘afforov.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar