Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

28.07.2016

Javlon Guseynov: «Ikkinchi davrada muxlislarni xursand qilish uchun bor kuchimni ishga solishga tayyorman»

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 65
Javlon Guseynov: «Ikkinchi davrada muxlislarni xursand qilish uchun bor kuchimni ishga solishga tayyorman»

«Andijon»ning markaziy himoyachisi Javlon Guseynov uchun mavsumning birinchi qismi ko‘ngildagidek o‘tdi deya olmaymiz.

Aniqrog‘i jaroxatlar 25 yoshli futbolchini vaqtinchalik «o‘yindan tashqari» xolatda qolib ketishini ta’minladi. Lekin Guseynov ayni damda umumiy guruh bilan mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda. Undan muxlislarning ham umidi katta. Shu bois Javlonni tezroq safga qaytishini kutayotgan ishqibozlar ham yo‘q emas. Shuni inobatga olib, Guseynov bilan suhbat uyushtirishga qaror qildik. O‘z navbatida futbolchi ham taklifimizga labbay deya javob berib, bu borada o‘zini professionallarcha tutdi.

- Javlon, ayni damda o‘zingizni qanday xis qilmoqdasiz? Jaroxatlardan to‘liq forig‘ bo‘ldingizmi?

- Ha, Yaratganga shukur, hammasi ortda qoldi va hozir o‘zimni yaxshi his qilyapman. Ma’lum muddat mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldim. Shuning uchun birdagina avvalgidek kirishib ketib bo‘lmaydi. Vaqt o‘tgani sayin hammasi iziga tushib boradi deb o‘ylayman. Mashg‘ulotlarda to‘liq kuch bilan ishlamoqdaman.

- Operatsiyadan keyin tiklanish jarayonida sizga kim yoki nima yordam berdi?

- Tiklanishda bosh rolni oila a’zolarim o‘ynadi desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Ularning daldasi tezroq safga qaytishimda yordam berdi.

- Yig‘in to‘g‘risida fikringiz?

- Menimcha hammasi reja asosida kechdi. Mashg‘ulotlar bilan birga nazorat uchrashuvlari ham etarli bo‘ldi. Ko‘prok jismoniy tayyorgarlikka e’tibor qaratildi.

- Davralar oralig‘ida tarkibda sezilarli o‘zgarishlar yuz berdi. Qanday munosabatdasiz?

- Futbolda bu kabi xolatlar uchrab turadi. (Kulib) Tarkibda yuz bergan o‘zgarishlarga asta sekin urganib ham ketarkansiz. Bu albatta yaxshiku, lekin bir tomondan murabbiylarga qiyin. Chunki yangi jamoani shakllantirish uchun yana vaqt kerak bo‘ladi. Safimizga kelib qo‘shilganlar bilan ilgari birga o‘ynaganmiz, terma jamoada va boshka klublarda. Ularni jamoa yaxshi qabul qildi deya olaman.

- Rasmiy o‘yinlar boshlanishiga ham tobora oz fursat qolmoqda. Tayyormisiz?

- Ochig‘ini aytganda, hozir o‘yinlarga 100% tayyorman deya olmayman. Lekin bunga ancha yaqinman. Xudo xohlasa 100% darajaga chiqib muxlislarni o‘yinim bilan xursand qilaman. Buni o‘zim ham sog‘indim. Agarda murabbiylar ishonch bildirishsa hamisha jangga shayman va jamoamga yordamim tegsa bundan xursand bo‘laman.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar