Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

28.07.2016

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Markaziy Osiyo Futbol Assotsiatsiasi Kubogida ishtirok etadi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 361
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Markaziy Osiyo Futbol Assotsiatsiasi Kubogida ishtirok etadi

Shu yilning 13–30 oktyabrSh kunlari Bahraynda 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Jasur Abduraimov boshchiligidagi O‘zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi 6–9 avgust kunlari o‘tkaziladigan Markaziy Osiyo Futbol Assotsiatsiasi Kubogida ishtirok etadi.

19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan tuzilgan terma jamoalar qatnashadigan turnirda Abduraimov shogirdlaridan tashqari Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Eron, Tojikiston hamda Turkmaniston jamoalari qatnashadi. O‘yinlar "Jar" hamda "Paxtakor" stadionlarida bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq, ushbu musobaqa taqvimini rasmiy sayt orqali ma’lum qilgan edik.

Osiyo chempionatiga tayyorgarlikning so‘nggi bosqichida esa yoshlar terma jamoasi Qatarda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazib, Qatar yoshlariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Eslatib o‘tamiz, 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi qur’a natijasiga ko‘ra “D” guruhidan joy olgan. Guruh bosqichida o‘zbekistonlik futbolchilar Tojikiston, Avstraliya va Xitoy yoshlar jamoasi bilan kuch sinashadi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar