Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

27.07.2016

Telefonni to‘g‘ri quvvatlashga yordam beruvchi "oltin" qoidalar

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 165
Telefonni to‘g‘ri quvvatlashga yordam beruvchi "oltin" qoidalar

Sevimli smartfonimizning batareyasi bir kunga ham etmay qoldimi? Bu muammo barchaga tanish bo‘lsa kerak. Bunga ishlab chiqaruvchilar aybdor emas (ba’zida ular ham qisman aybdor). Ko‘plab insonlar telefonlarini g‘ayrioddiy, tushunarsiz yo‘llar bilan zaryadlashadi. Mazkur maqola orqali siz yo‘l qo‘yadigan xatolar va telefonni aslida uzoqroq ishlashi uchun qanday zaryadlash kerakligini bilib olasiz.

Sug‘urtalash

Telefonni har ehtimolga qarshi qabilida quvvatlamang. Quvvat oldimi — shtekerni tortib oling. Ko‘plab tadqiqotlar shuni isbotladiki, telefonni tuni bilan zaryadda qoldirish odati akkumulyatorning keskin ishdan chiqishiga olib keladi.

100%

Telefonni to‘g‘ri quvvatlashga yordam beruvchi "oltin" qoidalar

Aslida, smartfonni oxirigacha zaryadlash zarur emas. InGeo Review nashrining so‘nggi sonidagi ma’lumotlarga ko‘ra, litiy-ionli batareyalar doimiy yuklanishlarni yaxshi ko‘tara olmaydi. Kuchli bosim akkumulyatorning uzoq muddatga etuvchi drayv qobiliyatini kamaytirishi mumkin. Telefonni kun davomida bir necha marotaba zaryadlash maqsadga muvofiq bo‘ladi — albatta, zarur bo‘lgan vaqtda.


10 foiz

Telefonni to‘g‘ri quvvatlashga yordam beruvchi "oltin" qoidalar

Smartfonni akkumulyator 10 foizini yo‘qotgan mahal zaryadlash yaxshi samara beradi. Albatta, vaqtni nazorat qilib borish qiyin — bu qo‘rqinchli emas. «Imkon bo‘lishi bilan quvvat olishga qo‘yaman» taktikasini qo‘llashda davom eting va telefoningiz sizga yanada uzoqroq xizmat qiladi.

Yoqimli bonuslar

Telefonni to‘g‘ri quvvatlashga yordam beruvchi "oltin" qoidalar

Bunday amaliyot telefonning barcha funktsiyalaridan foydalanishga yordam beradi. Zaryadni «har ehtimolga qarshi» asrab qo‘yishga harakat qilmang: agarda yoningizda rozetka bo‘lsa, bunga hojat ham yo‘q. PokemonGo o‘ynang, kartalar yuklab oling — muhimi o‘z vaqtida zaryadlashni unutmang.

Sovuq munosabat

Telefonni to‘g‘ri quvvatlashga yordam beruvchi "oltin" qoidalar

Smartfon batareyalari issiqlikga juda ham sezgir bo‘ladi. Hattoki, Apple mutaxassislari telefonni salqinroq joyda saqlashni tavsiya etishadi. Protsessor jiddiy tarzda qizib, batareya isib ketgan holatda birinchi bo‘lib, telefonni g‘ilofdan ajratish kerak — u devaysning orqa tomoni sovushiga yo‘l qo‘ymaydi. Plyajda esa smartfonni doim panada berkitib yurish kerak bo‘ladi. Aks holda, u tezda quvvatsizlana boshlaydi.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar