Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

26.07.2016

10 yil ichida ota sifatida olgan 38 sabog‘im

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 478
10 yil ichida ota sifatida olgan 38 sabog‘im

Dada bo‘lish — qiyin va jiddiy vazifa. Ayniqsa, birinchi marta otalik mas’uliyatini zimmaga olish og‘ir. Ota, avvalo, ish va oila uchun teng vaqt ajratish, pampers o‘zgartirish, qizining sochini to‘g‘irlab qo‘yish, o‘g‘liga biror narsani tushuntirish va boshqa ko‘plab narsalarni o‘rganishiga to‘g‘ri keladi.

• O‘rgandimki, eng yaxshi o‘yinchoqlarning ko‘rinishi chiroyli bo‘larkan, ovozi emas.

• Shuni bildimki, enagalik qilish uchun katta bo‘lib qolgan bola bilan do‘st bo‘lish manfaatli do‘stlikdir.

• O‘z yotog‘ida uxlab yotibdi, deb o‘ylaganingiz 2 yoshli farzandingiz siz tomonga yurib kelishi qanchalik qo‘rqinchili ekanini o‘rgandim.

• Hovuz atrofidan yurish bolaning ilk instinkti emasligini bilib oldim.

• Sendvichni qanday kesish uning ichiga nima solish kabi muhim ekanligini o‘rgandim.

• Kitoblarni ochib, kemaga o‘xshatib qo‘yish mumkin ekan.

10 yil ichida ota sifatida olgan 38 sabog‘im

• O‘rgandimki, yosh bolalarga bir narsadan voz kechmaslikni o‘rgatish juda ham muhim. Bu ularning peshinda uxlab olish odatlari.

• O‘rgandimki, bolangizga ayg‘oqchilar kiyim va qurol-aslahalarini sotib olib bersangiz, ularni o‘ynashga o‘zingiz ham majbur bo‘larkansiz.

• Shuni o‘rgandimki, bitta eshik yopilib, ikkinchisi ochilib, keyin zarb bilan yopilsa, bolalar urishayotganidan dalolat.

10 yil ichida ota sifatida olgan 38 sabog‘im

• Shuni bildimki, bolalar “Sassiq”, “Fu!”, “Yoqimsiz” degan so‘zlarni so‘kinish uchun ko‘p ishlatishadi. Chunki ularning taglikdagi hayotidan kelib chiqsa, ular eng jirkanch iboralardir.

• Farzandingiz bilan bozorga tushganingizda erkatoyingiz qo‘l cho‘zgan va “Olib bering!” degan mayda-chuydalarni olib berishga ro‘zg‘or ro‘yxatidagi mahsulotlarni xarid qilishdan ham ko‘ra ko‘proq vaqtingiz ketadi.

10 yil ichida ota sifatida olgan 38 sabog‘im

• Yana tayyorgarchilik qanchalik katta bo‘lsa, sharmandagarchilik ham shuncha yomon bo‘ladi.

• O‘rgandimki, uch yillik ko‘ruvdan so‘ng pediatringiz sizga shunchaki omad tilashni boshlaydi.

• O‘rgandimki, bolalar bilan samolyotda uchish eng yomoni emas. Eng yomoni uchish chog‘ida ular bilan hammomga borishdir.

10 yil ichida ota sifatida olgan 38 sabog‘im

• Gazetalardagi “Eng qaysar xo‘randaga ham manzur bo‘ladigan retseptlar” degan sarlavhalar bilan beriladigan maqolalarga ishonmay qo‘ydim.

• Shuni bildimki, agar bolangiz o‘z suratlaridan birortasini axlat qutisida ko‘rsa, siz unga juda ko‘p narsalarni tushuntirib berishga majbur bo‘lasiz.

10 yil ichida ota sifatida olgan 38 sabog‘im

• O‘rgandimki, jajji bolalar boshqalar og‘zidan kelayotgan shokolad hidini aniqlashga usta ekan.

• Agar endi oyoqqa turayotgan farzandingiz bo‘lsa, sizda juda tez refleks bo‘lishi darkor.

• O‘rgandimki, kichkintoylaringiz sizga mashinangizni yuvishda yordam berishlari yaxshi fikr. Faqat ularni mashina eshiklari yopiq bo‘lishi va shlangni salon ichkarisiga yo‘naltirmaslik haqida ogohlantirsangiz bas.

10 yil ichida ota sifatida olgan 38 sabog‘im

• Men bolalar va ularning ota-onalari ko‘plab bosqichlardan o‘tishi haqida bilib oldim.

• Kichik yoshdagi farzandlari va katta bo‘lib qolganlari o‘rtasidagi farqni bildim. Kichiklari sizni holi qo‘yishni istashmaydi, kattalari ularni yolg‘iz qoldirishingizni xohlaydi.

• O‘rgandimki, xiyobonlar, muzeylar, kutubxona va istirohat bog‘lariga borish kattalar “Ketdik!” degan paytda yanada qiziq tuyuladi.

10 yil ichida ota sifatida olgan 38 sabog‘im

• Men farzandli bo‘lish va tez boyib ketish qarama-qarshi narsalar ekanini o‘rgandim.

• Aprel oyining birinchi sanasida jimgina o‘tirishni o‘rgandim.

• Quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynaklarni taqqanida endi yurayotgan mitti bolaning xatosini to‘g‘rilab qo‘ymaslik kerakligini o‘rgandim.

10 yil ichida ota sifatida olgan 38 sabog‘im

• O‘rgandimki, maktabdan kelgan bitlar haqidagi xat boshingizni qichitish mumkin.

• Qo‘p insonlar kabi shuni bildimki, aslida ota bo‘lish haqida juda oz tushunchaga ega ekanman.

• Lekin bolalarim uchun bu uncha muhim emas.

10 yil ichida ota sifatida olgan 38 sabog‘im

O‘qishni tavsiya qiamiz:



Ideal dadaning suratlari



Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar