Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

25.07.2016

Burjlarning asosiy xususiyatlari

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 151
Burjlarning asosiy xususiyatlari

Biz sizga bu safar burjlarning asosiy xususiyatlari haqida qisqacha mu’lumot bermoqchimiz. O‘zingizni haqingiz qisqacha bilib olishingiz mumkin.

QO‘Y g‘alaba uchun tug‘ilgan. Juda faol va kirishimli, izzatalab, o‘z kuchiga ishonadi, qo‘rqmas. Avval ishni bajarib, keyin o‘ylaydi, tez qaror chiqaradi, his-tuyg‘ular aql ustidan g‘alaba qiladi, serhissiyot, aytganini qildiradi, uning uchun «yo‘q» degan so‘zning o‘zi yo‘q, unda hamma narsa me’yoridan oshiqdir.

BUZOQ – realist, pessimist, boylikni juda yaxshi ko‘radi. Qizg‘anchiq, hamma narsani tejaydi. O‘yin-kulgini yoqtiradi. Oilani ustun qo‘yib, hamma narsani o‘ziniki, deb hisoblaydi. Yaxshi ota yoki ona bo‘ladi, mehnatsevar, qaysar, o‘zini yaxshi ko‘radi – ichida o‘zini dunyoning markazi sanaydi.

EGIZAKLAR g‘iybat, axborot va turli mish-mishlar yig‘ishni yoqtiradi. U har yerda hoziru nozir, hamma narsadan xabardor, biroq o‘zini ushlash qiyin. Aqlli, faol, kirishimli, so‘zamol; hammaga birdek yoqishga urinadi. Ko‘nikuvchan, turli g‘oyalarga to‘la, ikkilanuvchan. U bilan zerikmaysiz, biroq jahli burnining uchida turadi.

QISQIChBAQA juda romantik, dilkash, jonivorlarga mehrli, burch hissi juda yaxshi rivojlangan. O‘zini mudom taftish etib yuradi, kerak bo‘lsa hamma narsadan voz kecha oladi. Ehtirosli va konservativ. O‘z uyini yaxshi ko‘radi; juda rashkchi, hissiyotli, ko‘ngli nozik – sal narsaga xafa bo‘lib qoladi. Ichki dunyosi boy, oldindan sezish hissi ham yaxshi rivojlangan.

ASRLON jasur, saxiy, manman va to‘g‘riso‘z; tashqi yaltiroqlikni xush ko‘radi. Tug‘ma yo‘lboshchi – boshqarishni yoqtiradi, ammo yuragi toza, niyati pok. Yorqin va serharakat, istarasi issiq. Maqtovni va doim diqqat markazida bo‘lishni yoqtiradi.

PARIZOD og‘ir-bosiq, mushohadakor, tanqidni yaxshi ko‘radi. Mayda-chuydalarga juda e’tiborli, hamma narsani hisob-kitob qilib yuradi. Qoidalarga rioya qiladi, juda harakatchan; boshqalarga nisbatan ham talabchan.

TAROZI mudom ikkilanadi. Tinchliksevar – bahsni yoqtirmaydi, janjaldan qochib, darrov yon beradi. Diplomat bo‘lib, odamlar ko‘nglini olishga harakat qiladi. Yolg‘izlikni yoqtirmaydi, zulmatdan ham yorug‘lik izlaydi. Romantik, va yoqimtoy, muhabbatga san’at deb qaraydi. Biroq yengiltaklik va sabrsizligi ham bor.

ChAYoN «ichimdagi top», deydiganlar xilidan; uning uchun yo hammasi bo‘lishi, yoki hech nima bo‘lmasligi kerak. Molparast, serhissiyot, mistikaga qiziqadi. Qat’iyatli, o‘z kuchiga ishonadi, uni fikridan qaytarish oson emas. Ko‘pincha tavakkal ish qiladi; doim qoidalarni buzib yuradi.

O‘QOTAR to‘g‘riso‘z, ochiq, vijdonli; yaxshilikka ishonib yashaydi. Doim izlanishda, biroq me’yor tushunchasi unga yot. Jizzaki va o‘zgaruvchan.

TOG‘ EChKISI hayotga teran boqadi, ehtiyotkor, izzattalab; ulkan maqsadlar sari tinimsiz intiladi. Og‘ir-bosiq, «ichimdagini top» deydiganlardan. Mustaqil, boshqalarni tanqid qilishni yoqtiradi. Uning uchun to‘kin-sochinlik va mavqe juda muhim. Qoidalarga amal qiladi, aql bilan ish yuritadi. Mas’uliyatli va qadriyatlarni hurmat qiladi.

QOVG‘A mustaqil, hamma narsadan mukammallik izlaydi, xayoliga bir g‘oya kelib qolsa, amalga oshirmaguncha tinmaydi. Odamlarni hayratga solishni yoqtiradi. Dunyoqarashi keng, aqlli bo‘lib, bir xillikni, zerikarli ishlarni yoqtirmaydi.

BALIQ xayolparast, ichki dunyosi boy, yoqimtoy. Romantik, ijodkor, artistlik qobiliyatiga ega. Lekin qat’iyatsiz, oqimga qarshi suzmaslikni ma’qul ko‘radi. Beqaror, sust; o‘z-o‘zini taftish etib, qiynashni yoqtiradi. O‘ta sezgir, ichki sezgisi yaxshi rivojlangan.

Manba: Zamin.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar