Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

25.07.2016

Erkaklar sarimsoqpiyozni ko‘proq tanovul qilishiga sabablar

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 251
Erkaklar sarimsoqpiyozni ko‘proq tanovul qilishiga sabablar

Sarimsoqpiyoz hidi — ushbu o‘simlik borasida umumiy qarash paydo bo‘lmaganining asosiy sababidir. Oshpazlar sarimsoqni yaxshi ko‘rishadi va uni deyarli barcha taomga qo‘shish tarafdoridirlar. Ammo, jamoatchilik fikri, uning hidi tufayli turlicha ekani barchaga yaxshi ma’lum.

Biroq, ayrim kishilarni sarimsoqpiyoz hidi o‘ziga tortishi ham mumkin ekan. Tadqiqotlar natijalari ko‘plab ayollar engilgina sarimsoq hidi kelib turgan erlarini yoqtirishini ko‘rsatmoqda. Quyida buning sababiga oydinlik kiritamiz.

Erkaklar sarimsoqpiyozni ko‘proq tanovul qilishiga sabablar

Shotlandiyadagi Stirling universiteti olimlarining tadqiqoti bu borada inqilob yasadi. Unga ko‘ra, ayollarning aksariyati sarimsoqpiyoz hidini sog‘lom er hidiga qiyoslashar ekan. Agar sarimsoqning kuchli antibiotik xususiyatlari e’tiborga olinadigan bo‘lsa, bu fikr unchalik ham noto‘g‘riga o‘xshamaydi.

Erkaklar sarimsoqpiyozni ko‘proq tanovul qilishiga sabablar

42 nafar erkakdan iborat tajriba guruhi xom sarimsoq donalarini iste’mol qilib, qo‘ltig‘i ostida salfetka olib yurishgan. Ularning ter namunalarini esa, 82 ayolga hidlatishgan va yoqimli, o‘ziga tortuvchi, erlikni ta’kidlovchi va o‘tkirligi jihatidan baholash so‘ralgan.

Erkaklar sarimsoqpiyozni ko‘proq tanovul qilishiga sabablar

Natijalar esa kishini hayratga solishi shubhasiz. Ko‘p hollarda xom sarimsoq egan erkaklarning ter hidi sarimsoq piyoz emagan erkaklarga qaraganda ayollarga ko‘proq ma’qul kelgan. Erkak qanchalik ko‘p ushbu piyozdan tanovul qilsa, uning hidi shunchalik o‘tkirlashgan, teridagi feromonlar aralashmasi yuqori ko‘rsatkichga etgan.

Erkaklar sarimsoqpiyozni ko‘proq tanovul qilishiga sabablar

Kimyodan ma’lumki, sarimsoq tarkibida oltingugurtli vodorod va rux bo‘lib, bu moddalar erkak jinsining kimyoviy o‘ziga xosligini belgilovchi testosteron moddasini ishlab chiqarishda muhim o‘rin tutadi. Uning asosini tashkil etadi.

Erkaklar sarimsoqpiyozni ko‘proq tanovul qilishiga sabablar

Bunday g‘aroyib natijalarni ayollarga ko‘proq sog‘lom erkaklar yoqishi bilan izohlash mumkin. Sarimsoqpiyoz esa sabzavotlar orasidagi eng sog‘lomi hisoblanadi.

Erkaklar sarimsoqpiyozni ko‘proq tanovul qilishiga sabablar

Umuman, xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsak, sarimsoq shundoq ham afrodiziak hisoblanadi. Uning tarkibida qon quyilishini ko‘paytirish xususiyatiga ega allitsin moddasi mavjud. Bu shuni anglatadiki, tez orada sarimsoqpiyoz negizida mahalliy ta’sir kuchiga ega spreylar ishlab chiqarilsa, ajab emas.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar