Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

23.07.2016

Jaziramada bolaga yordam berishning 7 usuli

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 289
Jaziramada bolaga yordam berishning 7 usuli

Hozir tashqarida ayni yoz pallasi. Kunlar juda issiq. Yozning jazirama kunlarida kichkintoylarning ota-onalari imkon qadar farzandiga qulay sharoit yaratishga harakat qilishadi.

Quyida e’tiboringizga tibbiyot fanlari nomzodi Evgeniy Olegovich Komarovskiyning issiqda bolaga qanday yordam berish to‘g‘risidagi tavsiyalari havola etiladi.
Konditsioner tanlaymiz

Bola o‘tirgan xonaga ventelyatordan ko‘ra ko‘proq konditsioner to‘g‘ri keladi. Asosiy parametrlar - harorat va namlik nazorat qilinsa, bas.

Rejimga rioya qilamiz

Jaziramada bolaga yordam berishning 7 usuli

Optimal harorat – 22 daraja. Namlik – 40 foizdan kam bo‘lishi kerak emas. Uning ta’sirini aniqlashga termometr va gigrometr yordam beradi, to‘g‘irlashga esa – konditsionerni boshqarish rejimi va havoni namlantiruvchi vosita yohud tez-tez xonani tozalash kerak bo‘ladi.

Me’yorni unutmaymiz

Jaziramada bolaga yordam berishning 7 usuli

Xona haroratini asta-sekin pasaytirish lozim. Agar bolaning xonasidagi harorat 30 daraja issiq bo‘lsa-yu, uni 24 darajaga tushirish zarurati paydo bo‘lsa, u holda konditsionerni avval 28 darajaga, yarim soatdan keyin – 26 darajaga va shundan so‘nggina 24 darajaga tushirish kerak.

Xonani tez-tez shamollatamiz

Jaziramada bolaga yordam berishning 7 usuli

Farzandingiz o‘tirgan xonani vaqti-vaqti bilan shamollatib turing: konditsioner va ventelyator havoni quritadi.

To‘g‘ri yo‘naltiramiz

Jaziramada bolaga yordam berishning 7 usuli

Konditsionerni shunday yo‘naltirish kerakki, u to‘g‘ridan-to‘g‘ri bolaga yoki bolalar krovatiga kelib tegmasin.

Suv vannalarini yoddan chiqarmaymiz

Jaziramada bolaga yordam berishning 7 usuli

Issiq kunda bola har 2 soatda bir marta 1-2 daqiqadan salqin vanna yoki dush qabul qilishi kerak. Uni hadeb artaverish kerak emas.

Ko‘p suyuqlik ichiramiz

Jaziramada bolaga yordam berishning 7 usuli

Kichkintoy ko‘p suyuqlik ichishi lozim. 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga gazlanmagan mineral suv to‘g‘ri keladi, undan kattalarga esa – biroz sho‘r yoki gazlangan suv tavsiya etiladi. Shuningdek sarxil yoki quritilgan mevalardan tayyorlangan vitaminlarga boy sharbatlar va giyohli choylar ham ayni muddao. Muhim qoida: bolani ichimliklarni ichishga majburlamang, taklif qiling.

Eng asosiysi – agar ota-ona isib ketayotgan bo‘lsa, bola juda isib ketayotganligini unutmaslik. Me’yorga amal qilinsa va to‘g‘ri ishlatilsa, konditsioner bola uchun xavf tug‘dirmaydi.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar