Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

22.07.2016

Planshet sotib olmaslikning asosiy sabablari

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 143
Planshet sotib olmaslikning asosiy sabablari

Yangi planshet sotib olishni rejalashtirdingizmi? Internetda arzon narxli va yaxshi izohlarga ega modelni qidiryapsizmi? Bunga hojat yo‘q. Hozirgi sabablarni o‘qib, hech qanday planshet kerak emasligini anglaysiz.

Marketologlar planshetlar paydo bo‘lganida ularga katta umid bildirishgan edi. Barcha uni xabarlar o‘qish uchun qulay elektron qurilma hisoblay boshladi: o‘qish, video tomosha qilish, syorfing, o‘yin va boshqalar. Planshetlar noutbuklar, hattoki, smartfonlarni ham ortda qoldirishi ko‘zda tutilgan edi.

Biroq barchasi boshqacha tus oldi. Birinchi mashhurlikdan so‘ng, sotuv jarayoni keskin pasaya boshladi. Hozirda iste’molchilar kamdan-kam hollarda «tablet» sotib olishmoqda: shunchaki bu ularga kerak emas.


Smartfonlar kattaroq va yana-da kuchliroq bo‘la boshladi


So‘nggi yillar oralig‘ida smartfonning o‘rtacha hajmi ahamiyatli darajada kattalasha boshladi. Bundan tashqari, hattoki, eng hamyonbop modellarda ham istalgan vazifalarni bajara olishga qodir protsessor va operativ xotira o‘rnatila boshlandi. Shu tufayli foydalanuvchilar deyarli barcha vazifani mobil qurilma yordamida qulay tarzda hal etishadi.


Noutbuklar kichik va engillasha boshladi

Planshet sotib olmaslikning asosiy sabablari

Avvallari noutbuklar og‘ir va katta zaryadkaga ega bo‘lib, ularni zaryadkadan uzoq vaqtga uzib bo‘lmasdi. Biroq barchasi o‘tib ketdi. Hozirda ular planshetlarga nisbatan juda qulay, engil va energetik effektli gadjetlarga aylandi.


Planshetlar avtonomligi endilikda afzallik bo‘lmay qoldi

Planshet sotib olmaslikning asosiy sabablari

Ularning ko‘pchiligi smartfon va noutbuklarga nisbatan batareyadan uzoqroq ishlashi mumkin. Biroq masala qay biri uzoqroq ishlashida emas, foydalanuvchiga qanchalik zarurligidadir.

Odatda istalgan zamonaviy smartfon quvvati kun yakuniga qadar chidab bera oladi. 6–8 soat quvvatsiz ishlay oladigan noutbuklar soni tobora ortib bormoqda, ularning narxi esa tushib ketmoqda. Shu sababli, hozirda ko‘plab qurilmalar kun davomida ishlashi mumkin. Inson dam olgan vaqti esa gadjetni quvvatlab olish mumkin.


Maxsus vazifalar uchun — maxsus qurilmalar

Planshet sotib olmaslikning asosiy sabablari

Avvaliga planshetlar ko‘plab elektron gadjetlar o‘rnini bosuvchi universal qurilma sifatida ommalasha boshladi.

Biroq hayot tarzi ko‘p narsani o‘zgartirib yubordi. O‘qishning chinakam ishqibozlari avvalgidek, elektron kitoblar va planshetlarni afzal bilishadi. Biroq baribir o‘qish zallaridagina ko‘zlarga ziyon keltirmay chinakam rohat olish mumkin.

Aynan shu fikrlar o‘yinlarga ham tegishli. Agarda bir necha daqiqaga nimadirga chalg‘ish kerak bo‘lsa, buni smartfon orqali ham amalga oshirish mumkin. Agarda siz xardkor geymer bo‘lsangiz, o‘yin platformasi sifatida "tablet"lardan foydalanmaysiz. Bu borada PC, PS4, Xbox va ularning mahsulotlari yordamga keladi.


Men planshetdan foydalanish uchun sabab topa olaman

Planshet sotib olmaslikning asosiy sabablari

Yo‘q, bu noto‘g‘ri harib olib keluvchi navbatdagi xato. Bunday fikrda yurgan insonlarning planshetlari oylab qanday qutilarda yotadi — quvvatsiz, keraksiz va unitilgan. Sizga bunday xatoni qaytarishning nima keragi bor?

Agarda siz planshetlardan foydalanishning kerakli va muhim sabablarini topa olsangiz, izohlar orqali o‘z fikringizni qoldiring.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar