Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

21.07.2016

Munajjim: Pulga qanday munosabatdasiz?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 297
Munajjim: Pulga qanday munosabatdasiz?

Munajjimlar xar hil burj ostida tug‘ilgan insonlar, pullarga qanday munosabatda bo‘lishlari haqida o‘z fikrlarini baham ko‘rishdi? Siz pullarga qanday munosabatdasiz? Keling munajjimlar Siz haqingizda nima deyishganini bilib olamiz.

HAMAL (Qo‘y, 21 mart-20 aprel)

Hamal pulga beparvo. U ko‘p pul ishlab topish layoqatiga ega, afsuski, pul jamg‘arishda uning bu jixati ish bermaydi. U oilasi uchun ayamay pul sarflaydi. U pulni goh sovursa, goh asossiz ziqnaga aylanadi. Ular tavakkalchi, shu bois, pullarini qandaydir ishga tiksa, cho‘ntaklarida ham pul qolishiga e’tibor berishlari lozim.

SAVR (Buzoq, 21 aprel-20 may)

Savr pul qiymatini yaxshi biladi. Foyda kelishini aniq bilsa, astoydil ishlaydi. Qarindoshlariga sovg‘a ulashishga odatlanmagan. Savrni ziqna deyish to‘g‘ri emas. Shunchaki u pul ishlatishga shoshilmaydi. Mazkur burj vakillari pullar kelishi uchun doimiy harakatda bo‘lishi kerakligini ham biladilar.

JAVZO (21 may-21 iyun

Javzo pul ishlatishni qoyillatadi, biroq u pulga sajda qilmaydi. Javzo pullarining bir qismini naqd holda o‘z qo‘lida, bir qismini hisob raqamlarida saqlaydi, haqiqiy daromadlarini pinhon tutishni ham eplaydi. Siz Javzolardan pul so‘raganmisiz? Rad etishmaydi, ammo ko‘pincha berishmaydi ham. Shunda ham siz ulardan ranjimaysiz. Agar kecha, bir hafta, bir soat, besh daqiqa oldin so‘raganingizda, jon deb berardi. Attang.

SARATON (Qisqichbaqa, 22 iyun-27 iyul)

Saraton yirik daromadlar va’da qilinganiga qaramay, shubhali bitimlarga qo‘l urmaydi. Uning fikricha, eng yaxshisi, soliqlarni to‘lash va tinch uxlashdir. Zorlanayotgan Saratonga ishonmang, uning yig‘isi “qora kun”ga atab olib qo‘ygan tangalaridan birini olayotgani bilan bog‘liq, xolos.

ASAD (Arslon 23 iyul-23 avgust)

Asadlar pulga beg‘am munosabatda. U o‘zgalar qo‘li bilan pul topishni yaxshi ko‘radi. Ishni tashkillashtirishga qodir. Hotamtoylik Asadning o‘ziga xos belgisi. Ular o‘z zahiralari tugaganini hech kimga bildirmaydilar. Hatto oxirgi pulini shu qadar namoyishkorona chiqaradiki, go‘yo uyida ham emas, cho‘ntagida eng qimmatbaho olmos bordek taassurot tug‘diradi.

SUNBULA (Boshoq, 24 avgust 23 sentyabr)

Sunbulalar tug‘ma iqtisodchilardir. Ular pul topish uchun qo‘l qovushtirmay ishlaydilar. Qayerda, nima va qancha – ana shuni bilish, keyin tiyin-tiyinigacha savdolashish ular uchun qiziq. Sunbula ortiqcha to‘lamaydi, biroq sizning pulingiz ham kerak emas. Qaytimni albatta, sanab ko‘radi.

MEZON (Tarozi, 24 sentyabr-23 oktyabr)

Ular huzur-halovatni yaxshi ko‘rishadi, shu bois, ko‘p xarajat qiladilar. Odatda, pul jamg‘armaydilar. Mezonlar terlab ishlamaydilar. Pullar ularning qo‘lida qanday qilib ko‘payishi ajablanarli. Mezon yaqinlaridan hech narsani ayamaydi.

AQRAB (24 oktyabr- 22 noyabr)


Aqrab boshqalarning pulini jalb qilgan holda, o‘z ishini yuritib, biznesni tasavvur qilib bo‘lmas darajada rivojlantira oladi. Odatda, keskin va faol moliyaviy siyosat yuritadi.

QAVS (23 noyabr-21 dekabr)

Qavslar moliyaviy barqarorlikni yoqtiradilar. Shu bois, tasodifiy pullarni emas, o‘zgarmas maoshni afzal ko‘rishadi. Ular pulni bo‘lar-bo‘lmasga emas, aniq maqsad bilan ishlatadilar.

JADIY (22 dekabr-20yanvar)

Jadiylar haddan ziyod tejamkor. O‘yin-kulgi va shaxsiy ehtiyojlar uchun kam pul sarflab, uni faqat zarurat uchun ishlatishadi. Hatto behisob boylikka ega bo‘lib ham, ulardan mutlaqo foydalanmasliklari, eski kostyumda yurishlari, transportdan iqtisod qilishlari mumkin.

DALV (Qovg‘a, 21 yanvar-19 fevral)

Dalvlar uchun pullar – boshdan oyoq qorong‘ulik. Go‘yo ularning barcha cho‘ntak va hamyoni teshik. Ajablanarlisi, qancha tez pul sovurmasin, Dalv begona pullarga aniq-tiniq, beg‘araz munosabatda, go‘yo bu pullar pul emas, qumloqdagi toshlardek.

HUT (20 fevral-20 mart)

Hutlar boshqa tadbirkorlarni dohiyona g‘oyalari bilan boyitib, millionlar topishiga sababchi bo‘ladigan insonlardir. Ular pul haqida yaxshi tushunchaga ega emas, shuning uchun ham, ularni aldash oson.

Manba: Zamin.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar