Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

20.07.2016

Tirnoqlaringiz xarakteringiz haqida so‘zlay oladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 116
Tirnoqlaringiz xarakteringiz haqida so‘zlay oladi

Tirnoqlaringiz ham xarakteringiz haqida so‘zlay oladi. Rasmlarga qarab, ular shakliga yaqinini tanlang va xarakteringiz bilan solishtirib ko‘ring.

1. To‘g‘ri to‘rtburchak
Tirnoqlaringizga nazar soling, ular uzunchoq va to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida bo‘lsa, demak, siz ochiqko‘ngil va aqlli insonsiz. Siz doim dunyoqarashingizni kengaytirib borishni istaysiz. Yangi tajribalar, yangi tanishuvlar va sarguzashtlar siz uchundir. Yetti o‘lchab, bir kesadigan mulohazakor shaxssiz. Siz masalani har tomonlama o‘rganib chiqib, eng maqbul yo‘lni tanlay olasiz.

2. Yapaloq va yassi
Siz hamma narsani va har kimni tahlil qiluvchi shaxssiz. O‘ylamay gapirish sizga xos emas. Ko‘pincha sizdan maslahat so‘rab, murojaat etishadi va maslahatingizga quloq tutishadi. Odamlarni yaxshi bilasiz va sizning sezgilaringizga bemalol ishonsa bo‘ladi. Doim yangilikka intilib yashaysiz va og‘ir mashaqqatli mehnatlaringiz bir kuni samara berishiga ishonasiz. Sizga ko‘pincha qiyin masalalarga aqlli javoblar topish yoqadi.

3. Kalta dumaloq
Siz serg‘ayrat va ijodkor insonsiz, sizda yashirin iqtidorlar topiladi. Yon-atrofdagilarga xursandchilik, ijobiy kayfiyat ulashasiz. Shuning uchun do‘stlaringiz siz bilan munosabatga kirishishga oshiqadilar. Siz yurgan yo‘lingizda do‘st va hamrohlar orttirib boraverasiz va ularga sodiq qolasiz. Lekin biroz tajangroqsiz, shuning uchun ham, qo‘yilgan maqsadga erishmasdan qo‘ymaysiz.

4. Kalta va qiyshiq
Tirnoqlaringizning qiyshiq bo‘lishi — ularni tishlashingizdan. Tirnoq tishlashga moyil odamlar o‘ta ziyrak bo‘ladilar. Siz yangi do‘stlardan ko‘ra, eski va sodiqlarini afzal bilasiz. Yangi tanish orttirishda ehtiyotkorsiz. Siz tashqaridan og‘ir-bosiq ko‘rinsangiz-da, ichingizda ehtiroslar, hissiyotlar qaynab turadi. Do‘stlaringiz har doim sizdan achchiq bo‘lsa-da, rost va haqiqatni eshitishlarini biladilar.

5. Keng to‘rtburchak
Siz mehnatsevar bo‘libgina qolmay, tug‘ma sardorlik qobiliyatiga ham egasiz va har qanday ishga mas’uliyat bilan yondoshasiz. Sizga o‘ta muhim uchrashuvlarni bemalol ishonib topshirish mumkin. Siz ularni albatta, ijobiy hal qilasiz. Shu bilan birga, sizda jamoani yaxshi va do‘stona ruhda ushlab turish qobiliyati ham bor. Umuman olganda, suhbatdoshlaringizni ham zeriktirmaysiz.

6. Uchburchak
Siz qat’iyatli va tez qaror qabul qiladigan shaxssiz, chunki o‘zingizga nima kerakligi va nima istayotganingizni yaxshi bilasiz. Siz har qanday ishga g‘ayrat bilan yondashasiz. Shioringizga ko‘ra, har qanday qiyin ishni ham oson hal etish mumkin. Sizning mehnatlaringiz doim olqishlanib kelinadi.

7. Oval va uzun
Oval ko‘rinishidagi tirnoqlarga ega kishilar ijodkor shaxslardir. Ular go‘zallikni axtarib yuradilar va tabiat qo‘ynida o‘zlarini juda yaxshi his qiladilar. Ularning fantaziyalari chegara bilmaydi. Ularning doim ishlari boshlaridan oshib-toshib yotadi. Lekin rahmingiz kelmasin, shu holda ular o‘zlarini baxtiyor his qilishadi.

8. Qing‘ir-qiyshiq va uzun
Tirnoqlarim noodatiy, deb xafa bo‘lmang. Ularga hamohang ravishda sizning xarakteringiz ham o‘zgachadir. Sizdan doim yangilik kutib yashashadi. Siz sir-sinoatlarga to‘la sandiqsiz. Masalalarga noodatiy yechimlar topib, bundan o‘zingiz ham zavq olasiz. Shioringiz: “Ishlashni bilgan odam yaxshilab dam olishni ham bilishi kerak”. Siz qo‘l urgan ish hech qachon zerikarli bo‘lmaydi.

ESLATMA
Yodda tuting, har bir inson o‘ziga xos va takrorlanmasdir. Yuqoridagi ta’riflar mutaxassislarning insonning tashqi belgisi va xarakterining o‘zaro bog‘liqligini o‘rganishdagi urinishlari, xolos.

Manba: Zamin.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar