Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

20.07.2016

Eng antiqa faunaga ega orol

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 92
Eng antiqa faunaga ega orol

Filippin arxipelagining aholi ko‘p joylashgan eng yirik Luson orolida juda ko‘p antiqa sut emizuvchilar yashaydi. Amerika va Filippin olimlaridan iborat guruh bu borada izlanish olib borib, shunday xulosaga keldi. Ularning tadqiqot natijalari Frontiers of Biogeography jurnalida chop etildi.

Tadqiqotchilar 15 yil davomida Luson oroli faunasini o‘rganib chiqishdi va bu erdagi sut emizuvchilarning 93 foizi sayyoramizning boshqa hech bir nuqtasida uchramaydi, degan xulosaga kelishdi.

“Biz Lusonning antiqa mahalliy faunasiga doir tadqiqotimizni 2000 yilda boshlaganmiz. Biroq natijalar kutilganidan-da a’lo bo‘ldi: biz bu erda ko‘plab yangi sut emizuvchilarni kashf qildik”, - dedi loyiha rahbari Chikagodagi Filda nomidagi Tabiiy tarix muzeyidan Lorens Xini.

Olimlar guruhi Lusonda sut emizuvchilarning yangi 28 turini kashf qildi. Bugunga kelib, 56 xil mahalliy jonivor turlari ma’lum, ulardan 52 tasi faqatgina shu orolda yashaydi. Sut emizuvchilarning yangi turlari hanuz o‘rganilmoqda.

Maydoni 100 ming kvadrat kilometrni tashkil qiluvchi orolda jonivorlarning yashashi uchun qulay sharoit mavjud. Bundan tashqari Luson o‘z tarixi davomida quruqlikning boshqa hududlari bilan bog‘liq bo‘lmagan, shu bois mahalliy fauna o‘ziga xos rivojlangan. Bu omillar Lusonning antiqa bioxilma-xilligiga ta’sir ko‘rsatadi.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar