Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

19.07.2016

Munajjim: Hazil-mutoyibaga qalaysiz?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 570
Munajjim: Hazil-mutoyibaga qalaysiz?

Siz o‘zingizni hazil-mutoyibaga munosabatingiz qandayligini bilasizmi? Bunga munajjimlar qanday javob beradi? Keling yaxshisi quyidagi ma’lumotlarni o‘qib o‘zimiz bilib olamiz.

QO‘Y
Bu burj vakillari “kosa tagida nim kosa” kabi nozik hazil, piching gaplar qilishni u qadar eplay olishmaydi. Bunday o‘yinlar ular uchun shunchaki qiziq emas. Qo‘ylar ko‘pincha boshqalar uchun qiziq bo‘lmagan narsadan kulgi topishlari mumkin.

BUZOQ
Buzoqlar ko‘pincha jiddiy qiyofada yurishadi, biroq bu ularning hazilga tobi yo‘q, degani emas. Ular hazil va kulgiga o‘ta o‘ch odamlardir. Shunchaki ular me’yorni va qayerda hazil qilish mumkinligining o‘rnini bilib qo‘llaydilar.

EGIZAKLAR
Egizaklar hazil bilan yolg‘onni shunchalar qalashtirib tashlaydilarki, oxir-oqibat, ular orasidan o‘zlari ham haqiqatni topa olmay qoladilar. Ular bir mutoyibani boshladimi, to‘xtatish amri mahol. Egizaklar uchun jiddiylik begona.

QISQIChBAQA
Qisqichbaqalar hazil-mutoyibani doim joyida qo‘llaydilar. Do‘stlar davrasimi, hamkasblar yig‘ilishimi, ularning latifalarisiz o‘tmaydi. Qisqichbaqalar bo‘lar-bo‘lmasga ko‘p gapiravermaydilar, ularning mutoyibalari tesha tegmaganlaridan bo‘ladi.

ARSLON
Arslonlar ko‘pincha so‘zga chechan bo‘ladilar. Ular “gap egasini topadi” degandek, suhbatdoshni xafa qilmay, ustidan kulib ketishlari ham mumkin. Ular bilan hazillashish xavfli. Arslonlar sizning gapingizni o‘zingizga qarshi qo‘llab, ustingizdan kulib ketishlari mumkin.

PARIZOD
Parizodlar hazilni ko‘tara olmaydigan pessimist shaxslardir. Ular kamdan-kam hollarda hazil qiladilar, ammo nishonga aniq uradilar. Parizodlarni kuldirish ham oson emas.

TAROZU
Bu burj vakillari o‘zlariga doim a’lo baho beradilar. Ular aytgan latifalari orqali o‘zlarini qanchalar aqlli va dono ekanliklarini ham namoyon etishni istashadi. Shuning uchun ham, ko‘pchilik darrov anglay olmaydigan latifalarni tanlashadi.

ChAYoN
Chayonlar har qanday vaziyatda kulgiga sabab topa oladigan aql egalaridir. Ular tanqidlarini ham “qog‘ozga o‘rab”, hazil bilan yetkazadilar. Shuning uchun gohida ular jiddiy gapiryaptimi yoki hazillashyaptimi, farqlash qiyin bo‘lib qoladi.

O‘QOTAR
O‘qotarlar bir gapirib, o‘n kuladigan odamlar sirasidan. Aytgan latifalari boshqalarga qiziq tuyulmasa-da, o‘zlari xumordan chiqib kulib-kulib oladilar. Agar boshlig‘ingiz O‘qotar bo‘lsa, uning oddiy latifalariga ham qahqaha bilan javob berishga majbursiz, aks holda…

TOG‘ EChKISI
Tog‘ echkisi deyarli hazil qilmaydi. Shunday ekan, uning har qanday gapiga jiddiy munosabat bildiravering. Gohida uning latifalarida ham kimgadir saboq berish maqsadi yotadi.

QOVG‘A
Qovg‘alar mutoyibaga o‘ch shaxslardir. Ular doim optimistik kayfiyatda yuradilar. Suhbat davomida ularga latifalarning o‘zi quyulib kelaveradi. Ularni to‘xtatishga urinish befoyda.

BALIQLAR
Baliq burji vakillari orasida hazilkashlar kamdan-kam uchraydi. Ular suhbatdoshini kuldirishni eplay olmaydi. Lekin boshqalarning mutoyibalarini jon qulog‘i bilan tinglaydilar.

Manba: Zamin.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar