Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

19.07.2016

Muxlislarning futbol yulduzlariga etishi uchun qilgan antiqa harakatlari

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 135
Muxlislarning futbol yulduzlariga etishi uchun qilgan antiqa harakatlari

Dunyoda odamlar ko‘p. Ularning har biri nimagadir qiziqadi, nimagadir haddan ortiq mehr qo‘yadi, ayrim hollarda, ular ayni shu yoqtirgan narsasiga erishish uchun bir qarashda g‘alati ko‘ringan ishlarni amalga oshirishadi. Quyida, futbol yulduzlari bilan bir lahzalik uchrashuv, ko‘rishish uchun muxlislar amalga oshirgan 8ta xatti-harakatni e’tiboringizga havola etamiz.

1. Yaxtani quvib etmoq

Voqea, «Barselona» hujumchisi Lionel Messi Ispaniyaning Ibitsa dam olish maskanida hordiq chiqarayotgan vaqtda yuz berdi. Argentinalik bo‘sh vaqtini oilasi bilan o‘tkazish maqsadida kattagina yaxtani ijaraga olganidan ko‘p o‘tmay, uni muxlislaridan biri ta’qib qila boshlagan. Jiddu-jahdning jiddiyligini qarang-ki, u, Messi suzayotgan kemaga tezroq yaqinlashish uchun o‘zi kelgan kemadan dengizga sho‘ng‘ishdan ham tap tortmagan. Albatta, muxlisning do‘stlari ham uni Messi bilan suratga olishga shay turishgan.

2. Futbolchining xonasiga bostirib kirish

Muxlislarning futbol yulduzlariga etishi uchun qilgan antiqa harakatlari

Bunisi Braziliyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida yuz berdi. O‘shanda, 15-yoshli futbol muxlisi Yago Leal Portugaliya terma jamoasi o‘rnashgan mehmonxonaga kirishning antiqa usulidan foydalandi. O‘spirin yigit, binoning tomidan suvni oqizuvchi quvur orqali Krishtianu Ronaldu xonasining balkoniga, so‘ngra xonaga kira olgan. Lealning so‘zlariga ko‘ra, u o‘zidan avval portugal futbolchisi yotgan o‘rinda yotayotganidan huzur qilgan. Xonasiga kirgan Krishtianu chaqirilmagan mehmondan hayron qolgan bo‘lsa-da, qo‘riqlash xizmatini chaqirmagan, aksincha xonadan chiqib ketishni so‘ragan.

3. Maydonga yugurib chiqish

Muxlislarning futbol yulduzlariga etishi uchun qilgan antiqa harakatlari

Futbol bo‘yicha yaqinda tamomlangan Evropa chempionatida Ronaldu bilan bog‘liq yana bir voqea e’tiborni tortadi. O‘shanda, Portugaliya – Avstriya o‘yinidan so‘ng, portugaliyalik hujumchi bilan selfiga tushishni xohlagan muxlis maydonga yugurib chiqqan edi. Uning maqsadini to‘g‘ri tushingan Ronaldu ham styuardlardan muxlisga teginmaslikni so‘rab, o‘smir bilan suratga tushdi.

Shunga o‘xshash yana bir voqea JARlik bola ishtirokida sodir bo‘ldi. Uning milliy terma jamoasi o‘z uyida braziliyaliklar bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazayotgan edi. O‘yin tugashi bilan maydonga yugirib chiqqan bolakay styuardlarning chaqqonligi evaziga futbolchilarga eta olmay qoldi. Ammo, uning joniga Neymar aro kirdi. Hujumchi afrikalik bolani qo‘riqchilardan olib, bir necha marotaba suratga tushgan, shundan so‘ng, Braziliya terma jamoasi o‘yinchilari birgalikda bolakayni osmonga otishgan.

Shu o‘rinda, O‘zbekiston milliy terma jamoasining JCh-2014 saralash bosqichi doirasida Koreya respublikasiga qarshi mehmonda o‘tkazgan o‘yini vaqtida yuz bergan voqeani ham yodga olishni istaymiz. O‘shanda, o‘zbek futbol muxlisi o‘yin yakunlanishiga sanoqli daqiqalar qolganida, maydonga yugurib chiqqan va O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari bilan ko‘rishib, styuardlarning ko‘magida maydonni tark etgan edi.

4. Maqsad uchun 2400 km ham cho‘t emas

Muxlislarning futbol yulduzlariga etishi uchun qilgan antiqa harakatlari

Albatta, bu masofa havo laynerida o‘tilsa, unchalik ham mashaqqat tug‘dirmasligi aniq. Ammo, taniqli serbiyalik sayohatchi Dragan Shishbalich, sevimli jamoasi – «Partizan» ortidan butun Evropani velosipedda kezib chiqqaniga nima deysiz. Serb shu nomdagi futbol va basketbol jamoalariga faol muxlislik qiladi. Shishbalich hatto 2400 km masofani ortda qoldirib, Moskvaga kelishning uddasidan chiqa olgan sayyoh muxlis hamdir. Bu safari mobaynida Shishbalichning velosipedi ikki marta buzilgan, safar 15 kun vaqtni olgan.

5. Chipta xaridi uchun 17 soat

Muxlislarning futbol yulduzlariga etishi uchun qilgan antiqa harakatlari

«Yovil Taun» muxlisi Jeyms Krjijanovski esa, Angliya kubogining 1/32 finali o‘yiniga kirish uchun chipta xarid qilish maqsadida 17 soat navbat kutib turgan. O‘yin «Manchester Yunayted»ga qarshi bo‘lib o‘tishi kerak edi. Talabning ko‘pligi sabab, Krjijanovski tunbo‘yi kassa yonida turishga majbur bo‘lgan. Uning aytishicha, ona shahri jamoasi «MYu»ga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lganiga qaramay, u o‘yindan ko‘ngli to‘lgan.

6. 960 kmga piyoda yurmoq

Muxlislarning futbol yulduzlariga etishi uchun qilgan antiqa harakatlari

Velosipedda 2400 kmni ortda qoldirish, «Bavariya» jamoasining bosniyalik futbol muxlisi qilgan harakat oldida ip ham esha olmaydi. U o‘z uyidan «Alyants Arena» stadionigacha salkam ming kmlik masofani piyoda bosib o‘tishga jur’at etgan va uddasidan chiqqan muxlis hisoblanadi. Vohid o‘z safari davomida beshta davlat: Bosniya va Gertsegovina, Xorvatiya, Sloveniya, Avstriya va Germaniya hududidan piyoda o‘tgan. 10-iyun kuni Bugoynodagi uyidan yo‘lga chiqqan Chexayya «Bavariya» stadioniga 22-iyul kuni etib kelgan. U safarini nemis jamoasi libosida bosib o‘tgan. Ushbu sayohatdan so‘ng, 12,5 kg ozishning ham uddasidan chiqqan Chexayya uyiga avtobusda qaytishni ma’qul ko‘rgan.

7. O‘zini bemor qilib ko‘rsatish

Italiyaning «Napoli» jamoasiga muxlislik qiluvchi Jovanni Mannini «Roma»ga qarshi o‘yinga chipta ololmagach, o‘yinga tushishning antiqa yo‘lini o‘ylab topdi. Albatta, buning uchun biroz ter to‘kishiga va aktyorlik mahoratini namoyon etishiga majbur bo‘ldi. U yurak xurujiga uchraganini shunchalik jiddiy ko‘rsata oldiki, yaqin oradagi tibbiyot markazi stadionda bo‘lgani uchun shu erga olib kelindi. Mannini esa, o‘zini stadionda ko‘rgach, o‘rnidan turib tribuna tomon oshiqdi.

8. O‘zini futbolchi sifatida ko‘rsatish

Va nihoyat, ro‘yxatimizning so‘nggi voqeasi Chempionlar ligasining 2000/01 yilgi mavsumida yuz bergan edi. O‘shanda, «MYu» jamoasi 11 kishi emas, balki 12 nafar futbolchi bilan maydonga tushgandi. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, jamoa o‘yinchilari 11 nafar bo‘lgani rost, ammo ular safida futbol ishqibozi Karl Pauer ham qaerdandir paydo bo‘lib qolgandi. U, dastlab tasvirga olish jamoasi a’zosi sifatida stadionga kirib, so‘ngra kiyimini «MYu» libosiga almashtirgach, maydonga tushishga jur’at topa olgan.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar