Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

19.07.2016

Munajjimlar nima deydi? Kim “ming‘ir-ming‘ir”, kim sabrli?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 220
Munajjimlar nima deydi? Kim “ming‘ir-ming‘ir”, kim sabrli?

Munajjimlar siz haqingiza nima diydi? Siz ming‘ir-ming‘irmi yoki sabrlimisiz? keling shu haqda bilib olamiz, quyidagi ma’lumotlarni o‘qib O‘zingiz haqingizda qisman bilib olishingiz mumkin.

Qo‘y-bemorlar sabrli, lekin o‘ziga nisbatan byurokratik munosabatni ko‘tarmaydi. Garchi barcha tahlillarga ko‘ra, u bundan o‘n yil avval o‘lib qolishi kerak bo‘lsa-da, yashashni istagan bemor oldida tibbiyot ojizligini ko‘p bor o‘z misolida isbotlaydi.

Buzoq-bemor dunyodagi eng chidamli bemordir. U shifokorga murojaat etguniga qadar dardga oxirigacha chidaydi, og‘riqqa chidab bo‘lmas darajaga kelgachgina, shifokor qabuliga keladi. So‘ng shifokor yozib bergan barcha muolajalarga rioya qiladi.

Egizaklar-bemorlar davolanishni xush ko‘rishmaydi, ataylab qilgandek ularning tibbiy kartalari yo‘qolib qoladi, tashxis qo‘yish ham juda qiyin kechadi. Ular shifokorning aytganlariga mutlaqo amal qilishmaydi.

Qisqichbaqa-bemor “ming‘ir-ming‘ir” va vahimachi, shu bois kasallikning ilk belgilari paydo bo‘lishi bilan shifokor qabuliga yugurib kelishadi. Uni davolash juda oson, hatto birgina so‘zning o‘zi kifoya.

Arslon-bemor avvaliga shifokorga borishdan juda qo‘rqadi, keyin esa, yurak yutib, o‘zini mardonavor tutadi. U o‘z kasalini bo‘rttirib, vahima bilan gapirib berishga usta.

Parizod-bemorlar og‘ir va surunkali kasal bo‘lishsa ham, hatto poliklinika shifokoridan o‘zini butkul davolashni talab etadi. Va albatta, doimgidek ularning ishidan norozi bo‘lib, diydiyo ham qilib yurishadi.

Tarozi-bemor sabrli, lekin o‘z shaxsiga nisbatan e’tibor va shirinsuxanlikni talab etadi. Agar shifokor qo‘pol gapirsa yoki e’tiborsizlik qilsa, u jazavaga tushib, janjal ko‘tarishi mumkin.

Chayon-bemor juda aqlli, undan biron nimani yashirish amrimahol. U aslida, kasal bo‘lishni yoqtirmaydi. Og‘riqni his qilmaydi, chunki u jarrohlik stolida boshlig‘i, qo‘shnisi, qaynotasini tasavvur qiladi, xolos, aslo o‘zini emas.

O‘qotar-bemor dildan suhbat qurish tarafdoridir, lekin kasalliklar haqida emas, balki falsafiy mavzularda mushohada yuritadi. Biroq u shifokorning tavsiyalariga baribir, amal qilmaydi. U xususiy shifoxonalarga boradi, axir, ular ham yashashi kerak-ku. Qimmatbaho dorilarni xarid qiladi, dorixonadagilar ham oilasini boqishi kerak. Biroq dorilarni shunchaki tashlab yuboradi, axir, uyam yashashi kerak-ku.

Tog‘ echkisi-bemor o‘ta sabrli, shunday qilish kerakmi, demak, qiladi. Lekin bundan oldin shifokorlarga hadeganda murojaat etavermaydi. U oxirigacha cho‘zadi, juda mijg‘ov, shifokor tavsiyasiga amal qilmaydi.

Qovg‘a-bemor garchi o‘zgaruvchan bo‘lsa-da, kasallik borasida u yaxshi mijoz. Chunki kasallikni erkinlikni cheklovchi kishan sifatida ko‘rgani bois, undan iloji boricha, tezroq qutulish uchun ham tezda shifokor huzuriga otlanadi.

Baliq-bemor juda betoqat. Maydakash, o‘z-o‘ziga biron kasallik o‘ylab topib, hammasini bo‘rttirib ko‘rsatib, boshqalarni ham qo‘rqitishga usta. Aslida, bunday bemorlarni faqatgina Baliq-shifokorlargina davolashi mumkin.

Manba: Zamin.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar