Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

18.07.2016

O‘tkir ko‘z bo‘lishning iloji bormi?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 525
O‘tkir ko‘z bo‘lishning iloji bormi?

Qirg‘iy ko‘zlar uchun— baliq

Dietologlar haftasiga 2-3 marta baliq iste’mol qilishni maslahat berishadi. Oftalmologlar ham bu fikrni qo‘llab-quvvatlashadi. Baliqda ko‘z salomatligi uchun zarur yog‘ kislotalari va yarim to‘yingan yog‘lar mavjud. Ayniqsa, Omega-3ning mavjudligi baliqning zaruratini yana bir karra oshiradi.

Haftasiga ikki marta 300 grammdan iste’mol qilish kerak.

Chernika — charchoqda foydali

O‘tkir ko‘z bo‘lishning iloji bormi?

Bu rezavor meva ko‘z uchun zarur barcha darmondorilar majmuidir. U ko‘zlarni zo‘riqish va charchashdan saqlaydi. Undagi antotsianlar ko‘z mushaklari va asab tolalariga oziq moddalar etkazuvchi kapillyarlar salomatligini saqlaydi. Bundan tashqari, chernika A va S vitaminini mujassamlashtirgan. Bu darmondorilarning antioksidantik xususiyati erkin radikallarning salbiy ta’sirini kamaytiradi.

Kuniga 1-2 qoshiq mazkur rezavorli muzqaymoq, murabbo yoki kisel iste’mol etish zarur.

Greypfrut — ko‘z gavhari qarishiga qarshi

O‘tkir ko‘z bo‘lishning iloji bormi?

Greypfrutda A, S va V vitaminlari guruhi, kaltsiy, temir, marganets, kaliy, fosfor, foliy kislota mavjud. Eng asosiysi, bioflavonoid maxsus moddasi ko‘z gavharining qarishini sekinlashtiradi. Mevaning eng foydali qismi uning shaffof po‘sti bo‘lib, bioflavonoidlar aynan shu erda joylashgan. Demak, mevani butunligicha po‘stini tozalamasdan tanovul etgan ma’qul.

Har kuni yoki kun oshib bitta greypfrut iste’mol qilish zarur.

Sabzi shapko‘rlikda foydali

O‘tkir ko‘z bo‘lishning iloji bormi?

Agar siz qorong‘uda yaxshi ko‘ra olmasangiz, yorqin rang ko‘zingizni qamashtirsa, govmichchalar paydo bo‘laversa, ko‘z shilliq pardasida muammolar bo‘lsa, bilingki, sizga A vitamini yoki renitol etishmayapti. U to‘r pardaning me’yoriy faoliyati uchun zarur. Aynan shu moddalar yorug‘likni qayta ishlab miyaga jo‘natishga yordam beradi.

Bu muammolardan qutulishning yo‘li esa har haftasiga 2-3 marta bir qoshiq smetana yoki o‘simlik yog‘i solingan 150 gramm sabzi iste’mol qilishdir.

Pista — to‘r parda uchun

O‘tkir ko‘z bo‘lishning iloji bormi?

Pista minerallarga, umuman olganda, inson organizmining me’yoriy faoliyat yuritishi uchun zarur moddalarga boyligi bo‘yicha danakli mahsulotlar ichida birinchi o‘rinda turadi. Undan keyingi o‘rinlarni yong‘oq, bodom va boshqalar egallaydi.

Pista magniy, forfor, kaliy, biriktiruvchi to‘qima va foydali yog‘lardan tashqari lyutein va zeaksantinni saqlaydi. Ko‘pchiligimizga noma’lum bo‘lgan bu moddalar to‘qimalardagi moddalar almashinuvi buzulishi, shu bilan birga, qarishning oldini oladi. 28 gramm pista (bir hovuch) organizmni foydali antioksidantlar bilan ta’minlaydi. Bir hovuch pistada 342 mikrogramm lyutein va zeaksantin mavjud.

Har kuni bir hovuch, boshqacha aytganda, 30 gramm pista chaqish kerak.

Karam — og‘riq va ko‘z qizarishida foydali

O‘tkir ko‘z bo‘lishning iloji bormi?

Parhezshunoslar tavsiyasiga ko‘ra iste’mol qilinuvchi bu sabzavotni oshqozonida kislotalik muhiti yuqori bo‘lganlar ehtiyotkor bilan iste’mol qilishlari lozim. Biroq ko‘z haqida gap ketganda o‘zimizning oddiy oq yoki qizil karamning xislatlari haqida to‘lib-toshib gapirish mumkin. U S va R, V1, V2, RR. A vitaminlari, xolin moddasiga boy. S vitamini hatto tsitrus mevalardan ko‘prov saqlashi haqiqat. Ismaloqdan ko‘ra karamda K vitamini ko‘proqdir. U ko‘z tomirlarining mo‘rtligini bartaraf etishga yordam beradi. Buning hisobiga ko‘z qizarishi yo‘qoladi. Qon aylanishi yaxshilanadi. Ko‘z hujayralarining tiklanishida ham karamning mehnati katta.

Haftasiga uch martadan kam bo‘lmagan holda 150 gramm karamni sho‘rva, salat shaklida yoki shunchaki o‘zini iste’mol qilish mumkin.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar