Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

18.07.2016

Maxfiylik sirlari: Noutbukdagi kamerani berkitish qay darajada to‘g‘ri ish?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 343
Maxfiylik sirlari: Noutbukdagi kamerani berkitish qay darajada to‘g‘ri ish?

O‘z shaxsiy ma’lumotlaringizni himoyalash uchun noutbuk yoki smartfonda kamerani izolenta bilan yopishtirib qo‘yish shartmi? Bu usul oddiy foydalanuvchilar uchun qanchalik foydali yoki bu faqatgina mashhur yulduzlarga tegishlimi?


Maxfiylik

Maxfiylik sirlari: Noutbukdagi kamerani berkitish qay darajada to‘g‘ri ish?

Odamlar shaxsiy ma’lumotlar, hujjatlarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishni o‘rganishmoqda. Xakerlar doimiy tarzda foydalanuvchilar ma’lumotlari, fotosuratlari, paroli va boshqalarga hujum qilishdan to‘xtashmaydi.

Yaqinda tarmoqlarda paydo bo‘lgan suratlarda Mark Tsukerberg noutbukining mikrafoni va kamerasi yopib qo‘yilgani bunga misol bo‘la oladi. Ana shunday vaqtda o‘ylanib qolasiz, balki chindan ham o‘z xavfsizligimiz uchun veb-kamerani berkitib, murakkabroq parollarni topish kerakdir.


Raqamli xavfsizlik

Maxfiylik sirlari: Noutbukdagi kamerani berkitish qay darajada to‘g‘ri ish?

Albatta, agar siz taniqli tadbirkor, siyosatchi yoki yulduz bo‘lmasangiz, hech kim sizni kuzatmaydi. Biroq barcha duch kelishi mumkin bo‘lgan viruslar haqida unutmang. Agarda mana shunday infektsiya kompyuteringizga tushib qolsa, xaker u orqali bir vaqtning o‘zida kompyuterga ulangan qurilmalarga ham kira oladi. Bu esa ko‘pchilikka manzur bo‘lmasligi mumkin. Katta xavf, asosan, Windows kompyuter egalarida bo‘ladi. Ular antivirus o‘rnatib, MediaGet kabi keraksiz dasturlarni yuklab olmasliklari tavsiya qilinadi. Sababi, viruslarning 90 foizi mana shunday dasturlar orqali tarqaladi.

Bu borada Mac foydalanuvchilariga omad kulib boqqan, sababi qurilmaga viruslar kam tushadi va kameraga kompyuter egasining roziligisiz ulanish qiyin.

Kompyuter xavfsizligi

Maxfiylik sirlari: Noutbukdagi kamerani berkitish qay darajada to‘g‘ri ish?

Ishonavering, xakerlar uchun sizning monitorga intizor bo‘lgan g‘amgin chehrangiz qiziq emas. Biroq ehtiyot choralarini ko‘rib yurgan ma’qul. Shunchaki 2016 yil aprelda sodir bo‘lgan voqeani eslang. Bir necha yuzlab kompyuterlarga ulana olgan «Dvacha» nomli foydalanuvchi butunboshli onlayn-shou tashkil etdi. U insonlar ustidan ochiqdan-ochiq kulib, brauzerda hayosiz videolar, musiqalar yoqib, «VKontakte» sahifalarini yoritdi. Achinarlisi, zararkunanda foydalanuvchining shaxsi noma’lumligicha qoldi.

Shu sababli menga hech kim hujum qila olmaydi, degan hayollardan yiroq yuring. Bundan tashqari, 2014 yilda Snouden aytganidek, kuzatuv ishlari bilan maxsus xizmat ham shug‘ullanadi.

Shuning uchun, Tsukerberg va boshqa taniqli shaxslar kabi izolentadan foydalanish — eng to‘g‘ri qadam. Aniqrog‘i, to‘g‘ri qadamlardan biri.


Noutbukdagi kamerani berkitish shartmi?

Maxfiylik sirlari: Noutbukdagi kamerani berkitish qay darajada to‘g‘ri ish?

Albatta, kamera va mikrofonlarni berkitish kerak, biroq siz oddiy inson bo‘lsangiz, izolentaga hojat yo‘q. Antivirusga ulaning, faqatgina ishonchli softni o‘rnating va albatta, o‘zingiz haqingizdagi barcha "hikoya"ni tarmoqlarga joylamang. Hozirda siz haqingizda veb-kameradan ham ko‘proq aytib beruvchi turli xizmatlar bor. Shu sababli tug‘ilgan kuningizni kiritishdan avval, qiyinroq parollar qo‘yish haqida bosh qotiring, mahfiylikni unutmang!


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar