Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

15.07.2016

Qovoqning foydasi haqida bilgan va bilmaganlarimiz

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 617
Qovoqning foydasi haqida bilgan va bilmaganlarimiz

Keng tarqalgan qovoq muhim antioksidant va vitaminlarga boy. Bu mahsulot unchalik serkaloriya emas, lekin tarkibida A vitamini, shuningdek, flavonoid polifenol antioksidantlar, jumladan, lyutein, ksantin bor. Karotinlar ham etarli. Xo‘sh, qovoq haqida yana nimalarni bilamiz?

Dunyoning turli davlatlarida etishtiriladigan qovoqning shakli, katta-kichikligi va ranglari har xil. Katta qovoqlar 4dan 6 kilogrammgacha bo‘lishi mumkin, eng yiriklarining og‘irligi esa 25 kilogrammgacha etadi. Tillo rang qovoqlar silliq, kichkina, olov rang krem rangida bo‘ladi.

Odatda, qovoqlar sariq yoki olov rang bo‘ladi, biroq ayrimlari yashil (to‘q yashildan mallagacha), jigar rang, qizil va hatto kul rang bo‘lishi mumkin. Qovoqning rangi terisi va etida sariq-olov rang pigmentlarga bog‘liq.

Tozalangan qovoq urug‘lari oqsil, mineral, vitamin va Omega-3 yog‘ kislotalariga boy hisoblanadi.

Qovoqning foydasi haqida bilgan va bilmaganlarimiz

Qovoqning sog‘liqqa foydasi[/b]

Tabiiyki, biron mahsulotni taomnomaga kiritishdan avval dietolog bilan maslahatlashish kerak, chunki hatto eng foydali mahsulotlar ham ayrim hollarla allergiya chaqirishi mumkin.

Qovoq eng kam kaloriyali ekin mahsulotlariga kiradi. 100 gramm qovoqda atigi 26 kilokaloriya bo‘ladi. Unda to‘yingan yog‘lar ham, xolesterin ham yo‘q. U kletchatka, antioksidant, mineral va vitaminlarga boy. Bu mahsulot ozishni va xolesterin miqdorini nazorat qilishni istagan odamlarga parhez mahsulot sifatida tavsiya etiladi.

Qovoq tarkibida A, S va E vitaminlari bor.

A vitamini — kuchli tabiiy antioksidant bo‘lib, teri va shilliq qavatlar butunligini saqlash uchun zarur. Shuningdek, ko‘rish qobiliyati yaxshi bo‘lishi ham kerak. Tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, A vitaminiga boy tabiiy taomlar o‘pka va og‘iz bo‘shlig‘i saratonidan ma’lum darajada himoya qiladi.

Qovoq polifenol flavonoid birikmalar, jumladan, alfa- va beta-karotinlar, kriptoksantin, lyutein va zeaksantinga boy. Karotinlar organizmda A vitaminiga aylanadi.

Zeaksantin ko‘z to‘r pardasidagi sariq dog‘da ultrabinafsha nurlarning filtrlanishini ta’minlaydigan tabiiy antioksidant hisoblanadi. Shu tariqa u keksa odamlarning ko‘z to‘r pardasini makulyar degeneratsiya (distrofiya)dan ma’lum darajada himoya qiladi.

Qovoq V guruh vitaminlariga, jumladan, folat, nikotin kislota, V6 vitamini (piridoksin), tiamin va pantoten kislotaga boy.

Bundan tashqari, qovoq mis, kaltsiy, kaliy va fosforga ham boy.

Qovoq urug‘i alohida e’tiborga loyiq — kletchatkaga, monoto‘yinmagan yog‘ kislotalariga boy bo‘lib, bular yurak uchun foydali. Bundan tashqari, oqsil, mineral va vitaminlarga ham boy. 100 gramm qovoq urug‘ida 559 kilokaoriya, 30 gramm oqsil, kunlik temir iste’moli me’yorining 110%i, kunlik nikotin kislota me’yorining 31%i, selenning 17%i, ruxning 71%i mavjud. Eng asosiysi, unda xolesterin mavjud emas.

Qovoqning foydasi haqida bilgan va bilmaganlarimiz

Qovoqni qanday tanlash va asrash kerak?[/b]

Qovoq yil bo‘yi sotiladi. Poyasi yo‘g‘on va pishiq, taqillatganda taxtadek taqillaydigan etilgan qovoqni tanlash kerak. Terisi burishgan, kesilgan, o‘yilgan qovoqni olmang.

Etilgan qovoq salqin va yaxshi shamol aylanadigan joyda ancha uzoq saqlanishi mumkin. Tozalangan va kesilgan qovoqni esa sovutkichda saqlash kerak. Shunda ham bir necha kun.

Qovoq — pazandalar uchun[/b]

Qovoqni ba’zan upa yoki sprey ko‘rinishidagi dorilar bilan dorilashadi. Qovoqni chang, turpoq va zararkunandalarga qarshi ishlatilgan har xil dorilardan tozalash uchun yaxshilab yuvish kerak.

Poyasini kesib, qovoqni ikkita teng bo‘lakka bo‘ling. Urug‘li joyini chiqarib, bir chekkaga olib qo‘ying. Keyin bo‘laklarga bo‘ling. Odatda, taom tayyorlashda qovoq eti maydalab ishlatiladi. Qovoq o‘simligining deyarli hamma qismi — mevasi, barglari, guli va urug‘larini eyish mumkin.

Qovoqdan ko‘plab mazali taomlar tayyorlasa bo‘ladi. Uni dimlashadi, toblashadi va qovurishadi. Bug‘da pishirganda foydali moddalar eng ko‘p saqlanadi. Xitoyda qovoqning yosh barglaridan sho‘rvalarga ko‘kat sifatida foydalanishadi.

Hind oshxonasida qovoqdan ko‘pincha shirin taomlar, jumladan, “sabzee”, holva, desert, sho‘rva va karri, shuningdek, boshqa taomlar tayyorlanadi.

Bundan tashqari, qovoqdan pirog, quymoq, kastarda (suyuq krem), ravioli (chuchvaraga o‘xshash) va boshqa taomlar pishirish mumkin.

Tillo rang qovoq nihoyatda shirin sufle, nachinka va sho‘rvalar tayyorlashda ishlatiladi.

Qovurilgan qovoq urug‘i ko‘pchilik yaxshi ko‘radigan snek (engil egulik) hisoblanadi.

Qovoqning ozuqaviy qiymati[/b]

Qavs ichida kundalik iste’mol me’yori foizda keltirilgan. Ozuqaviy qiymati AQSh qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotlari asosida 100 gramm xom qovoq misolida olingan.

Energetik qiymati — 26 kilokaloriya (1%);

uglevodlar — 6,50 gramm (5%);

oqsil — 1,0 gramm (2%);

yog‘ — 0,1 gramm (0,5%);

xolesterin — 0 milligramm (0%);

taom tarkibidagi kletchatka — 0,5 gramm (2%).

Vitamin[/b]lar:[/b]

folatlar — 16 mikrogramm (4%);

nikotin kislota — 0,600 milligramm (4%);

pantoten kislota — 0,298 milligramm (6%);

piridoksin (B6 vitamini) — 0,061 milligramm (5%);

riboflavin (B2 vitamini) — 0,110 milligramm (8,5%);

tiamin (B1 vitamini) — 0,050 milligramm (4%);

A vitamini — 7384 xalqaro birlik (ME, IU) — 246%;

C vitamini — 9,0 milligramm (15%);

E vitamini — 1,06 milligramm (7%);

K vitamini — 1,1 mikrogramm (1%).

Elektrolit[/b]lar:[/b]

natriy — 1 milligramm (0,5%);

kaliy — 340 milligramm (7%).

Minerallar:[/b]

kaltsiy — 21 milligramm (0,5%);

mis — 0,127 milligramm (14%);

temir — 0,80 milligramm (10%);

magniy — 12 milligramm (3%);

marganets — 0,125 milligramm (0,5%);

fosfor — 44 milligramm (5%);

selen — 0,3 mikrogramm (rux — 0,32 milligramm (3%).

Fitonutrient[/b]lar:[/b]

alfa-karotin (α-karotin) — 515 mikrogramm;

beta-karotin (ß-karotin), sabzida ko‘p bo‘ladi — 3100 mikrogramm;

beta-kriptoksantin (ß-kriptoksantin) — 2145 mikrogramm;

lyutein-zeaksantin — 1500 mikrogramm.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar