Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

15.07.2016

Atir iforini saqlab qolishning 7 asosiy qoidasi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 153
Atir iforini saqlab qolishning 7 asosiy qoidasi

Atir iforini uzoqroq saqlash, uning umrini uzaytirish uchun nima qilish kerak? Atirning uzoq muddat saqlash uchun qorong‘i, havo kirmaydigan joyda saqlash lozim, quyida uning 7 asosiy qoidaci bilan sizni “Lady.mail.ru” nashriga asoslanib “Darakchi” tanishtiradi.

1. Yorug‘likdan asrash
Parfyumeriya xom ashyosi molekulasining tarkibi o‘zaro kimyoviy reaksiyaga kirishuvchi aldegid, spirt, efir, terpen, laktonlardan iboratdir. Quyosh nuri kimyoviy reaksiyaga kirishish jarayonini tezlashtirishi oqibatida muattar hid yo‘qoladi. Hozirgi paytda ishlab chiqarilgan atirlarga maxsus antioksidantlar va kimyoviy jarayonni sekinlashtiruvchi ingibitor moddasi qo‘shilsa-da, bu jarayonni to‘xtatishning iloji yo‘q. Shuning uchun atirni uzoq muddat saqlashning eng yaxshi yo‘li uni qorong‘ilikda asrashdir.

2. Qizdirib yubormaslik
Atirlarni saqlashning eng optimal harorati 17-22 daraja bo‘lishi lozim. Yuqori harorat suyuqlikning rangini o‘zgartirib, uni loyqalantirib qo‘yadi, uning hidi ham o‘zgaradi, bora-bora sasib qoladi. Aksariyat ayollar atirni muzlatkichda saqlash lozim, deb hisoblaydi. Ammo bu xato fikr. Chunki +5 darajali haroratda asosan aldegid, sitrusli, mushkli reaktiv parfyumeriya mahsulotlarini saqlash mumkin.

3. Havo o‘tkazmaslik
Bu qoida pulvizator-spreyi bo‘lmagan splesh-atir shishalarga tegishlidir. Bunday shishali atirlardan foydalangandan keyin qopqog‘ini mahkam berkitish zarur. Havo tarkibidagi kislorod kuchli oksidlovchi xususiyatga egadir, u parfyumeriya suyuqligi bilan kimyoviy reaksiyaga kirishishi mumkin. Bu jarayonni og‘zi ochilgan vinoning tezlikda oksidlanishi bilan tenglashtirish mumkin. Shisha ichida qolgan vino ta’mi bir haftadan keyin o‘zgaradi.

4. Namlikni nazorat qilish
Haroratning keskin o‘zgarishi ta’sir qilishidan tashqari, atirlarga optimal darajadagi namlik kerak. Atirni namlik yuqori bo‘lgan, issiq vannada saqlab bo‘lmaydi, aks holda buzilish jarayoni tezlashadi. Issitish batareyasi yonidagi tokcha yoki javon ham yaxshi joy emas, chunki bu yerda havo juda quruq bo‘ladi. Atirni saqlash uchun eng qulay joy quyosh nuri tushmaydigan, eshigi mahkam yopiladigan shkafdir.

5. Atirni qo‘lingiz yordamida surtmang

Pulverizatori bo‘lmagan atir sotib oladigan bo‘lsangiz, hech qachon atirni barmog‘ingiz yordamida surtmang. Chunki atirga teri va unda mavjud yog‘lar tushadi, qarabsizki, atirning tarkibi buziladi.

6. Atirni qutisida saqlash shart emas...

Atir sotib olgan kunimiz uni qutisidan chiqarib, qutini irg‘itib yuborishga harakat qilamiz. Chunki undan foydalanayotganda har kuni qutidan chiqarishga erinamiz. Qutini olib qo‘yasizmi, yo‘qmi xohishingiz. Atir kolleksiya qiluvchilar ularni tasniflash uchungina qutida saqlashadi. Bundan tashqari quti atir shishasini turli shikastlardan saqlaydi. Agar javoningizda 5-6 ta atir shishasi turgan bo‘lsa, ularni qutida saqlash shart emas.

7. …saqlash muddatiga ham e’tibor berish lozim
“Iste’molchilar huquqini himoya qilish to‘g‘risidagi Qonun”ga binoan atirlarning ustida saqlash muddati 3-5 yil deb ko‘rsatilgan. Saqlash muddati o‘tib ketgan atirlarni tashlab yuborishga shoshilmang. Oziq-ovqat mahsulotlarining, dori-darmonning saqlash muddati tugagan bo‘lsa, ularni tashlab yuborish kerak, ammo yaxshi sharoitda saqlangan atirlarning umri chegaralanmagan. Bunday atirlarni meros sifatida qoldirib, hatto asrlar davomida ishlatish mumkin. Uning hidi o‘zgarishi mumkin, ammo tarkibi buzilmaydi.

Manba: Zamin.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar