Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

13.07.2016

Braziliyalik tirik Barbi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 355
Braziliyalik tirik Barbi

Brazliyalik 24 yoshli Andressa Damiani haqiqatdan Barbini tiriltirib qo‘yganga o‘xshaydi. U doimo tabiatan shunaqa qo‘g‘irchoq ko‘rinishida ekanligini ta’kidlaydi. Faqatgina o‘zgacha chiroyini yanada bo‘rttirish uchun ulama kipriklar, linza va kosmetik bo‘yoqlardan foydalanadi, deb xabar beradi segodnya.ua.

U hech qanday plastik jarrohlik o‘tkazmagani va qat’iy parhezlar ushlamaganiga ishontirishga harakat qiladi. Haqiqatdan ham u quyib qo‘ygandek Barbi qo‘g‘irchog‘ining o‘zginasi. Oqga moyil sarg‘ish sochlari, 51 sm (?!) bel, uzun oyoqlari va katta ko‘zlari bilan u mashhur mallasoch xonimning tirik nushasi.

Shuningdek Andressa uni "Muzyurak malika" qahramoni Elza nomi bilan chaqirishlarini aytadi.
Braziliyalik tirik Barbi


Albatta, doim ham uni ko‘rganlar hursand holda taajublanmaydilar. Aksincha, ko‘pchilik ko‘chada uni ko‘rsa qizning notabiiy qo‘g‘irchoq nusha chiroyidan cho‘chiydilar ham.

"Men hatto yuzimga meni ko‘rish ularga juda yoqimsiz ekanligini aytgan insonlarni ham uchratdim. Ular men yonlaridan o‘tsam qo‘rqishlarini aytishgan. Ba’zi odamlar meni ko‘rib qolishsa qochishadi. Ular meni aqldan ozgan va faqatgina o‘zining chiroyi qiziqtiradi, deb o‘ylashadi" - deya o‘z fikrlari bilan bo‘lishadi qiz.

Shunday bo‘lsada, uning antiqa go‘zalligi tabiat tuhfasi ekanligiga deyarli hech kim ishonmaydi. Bu Andressani qattiq ranjitadi. "Odamlar biror marta plastik jarrohlikni boshimdan o‘tkazmaganman desam, menga ishonmaydilar. Ular meni o‘zini ochlik bilan qiynovchi va tinimsiz plastik jarrohlik stoliga yotuvchi yolg‘onchi qiz, deb bilishadi" - deydi u.

Andressa o‘zini taniganidan beri qo‘g‘irchoqqa o‘xshash ekanligini ta’kidlaydi. Kosmetik bo‘yoqlarni ham kam hollarda quyuq qilib surtadi. Kundalik holatda hech qanday parhez tutmasligini, jismoniy mashqlar sifatida kuchuklari bilan sayr qilishning o‘zi yetarli ekanligini aytadi. "Ko‘rinishim o‘zimga yoqadi va qo‘g‘irchoqqa o‘xshashligimni yoqtiradigan insonlar ham bor. Ular bildiradigan iliq fikrlar doimo ko‘nglimni ko‘taradi" - deydi u.

Manba: Zamin.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar