Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

12.07.2016

Dunyoning eng xavfli 25 aeroporti

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 536
Dunyoning eng xavfli 25 aeroporti

Psixologlar samolyotda uchishdan qo‘rqish kasalligini murakkab psixologik muammolardan biri deb hisoblashadi: ayrimlarning hattoki samolyotga o‘tirish haqida o‘ylagandayoq qo‘rquvdan eti jimirlab ketadi. Tadqiqotlarga qaraganda, aeroport xavfsizligi borasida savol tug‘ilganda parvozdan qo‘rqish darajasi yanada oshadi. Quyida dunyoning eng qo‘rqinchli 25ta aeroporti haqida so‘z yuritamiz.

1. Vellington xalqaro aeroporti, Yangi Zelandiya.

Bu aeroportga qo‘nish juda xavfli, chunki unda atigi bitta va qisqagina uchish-qo‘nish yo‘lakchasi bo‘lib, uning ham oxiri dengizga tutashib ketgan. Bu er juda xushmanzara bo‘lib, aeroportni nafaqat eng xavfli, balki eng chiroyli ham deyish mumkin.

Dunyoning eng xavfli 25 aeroporti

2. Agatti aeroporti, Lakshadvip, Hindiston.

Bu aeroport hamma tomonidan Hind okeani bilan o‘ralgan bo‘lib, o‘z-o‘zidan “agar qo‘nish vaqtida nimadir noto‘g‘ri bajarilsa yoki uchuvchiga samolyotni to‘xtatish uchun masofa etishmay qolsa nima bo‘ladi” degan savol tug‘iladi. Uzunligi 1219 metr bo‘lgan aeroport shu darajada kichkinaki, xuddi kattaroq uchish-qo‘nish yo‘lagining bir qismiga o‘xshab ketadi.

Dunyoning eng xavfli 25 aeroporti

3. Savanna/ Xilton Xed xalqaro aeroporti, AQSh.

To‘g‘ri, bu aeroport ro‘yxatdagi boshqa aeroportlarga nisbatan unchalik xavfli emas, lekin bu erda g‘ayritabiiy holatga duch kelishingiz mumkin. Agar taksida 10-uchish-qo‘nish yo‘lagi bo‘ylab borsangiz, dahshatli narsaga ko‘zingiz tushadi. Chunki 10-yo‘lakda bir juft... qabr bor. Bu qabrlar aeroport joylashgan ushbu erning sobiq egalarining qabri bo‘lib, ular vasiyatlariga ko‘ra mana shu erga dafn etilishgan.

Dunyoning eng xavfli 25 aeroporti

4. Narsarsuak aeroporti, Grenlandiya.

Betakror tabiat go‘zalligi bilan mujassamlashgan ushbu aeroportga qo‘nish quvonchli va qo‘rqinchli bo‘lishi, xullas, bir umr esdan chiqmaydigan bo‘lishi aniq. Uchuvchilar uchun bu erga qo‘nish haqiqiy sinov bo‘ladi, chunki shamol bo‘lmagan paytda ham bu erda turbulentlik holatiga tushib qolish xavfi o‘ta yuqori.

Dunyoning eng xavfli 25 aeroporti

5. Kansay xalqaro aeroporti, Yaponiya.

Kansay sun’iy orolining uzunligi 4, eni esa 2,5 km.ga teng. Injenerlik nuqtai nazaridan bu aeroport tengsiz hisoblanadi, ammo afsuski, muntazam yuz beruvchi zilzilalar, kuchli shamol va nomo‘’tadil dengiz tubi ushbu durdonani eng xavfli aeroportlardan biriga aylantiradi.

Dunyoning eng xavfli 25 aeroporti

6. Donmiang xalqaro aeroporti, Tailand.

Bu “aldamchi” aeroportda dastlabki qarashda hech qanday g‘ayritabiiylik yo‘qdek tuyuladi. Biroq yaxshilab e’tibor bersangiz, g‘alati manzaraga ko‘zingiz tushadi: ikkita uchish-qo‘nish yo‘lagining qoq markazida 18ta tuynukli golf maydoni mavjud. Ushbu golf maydoni mazkur aeroportni eng xavfli va ajabtovur aeroportga aylantirgan.

Dunyoning eng xavfli 25 aeroporti

7. Paro aeroporti, Butan.

Bu erga qo‘nishni uddalay oladigan uchuvchilar butun dunyo bo‘yicha bor-yo‘g‘i 8 nafar ekanligi mazkur aeroportning qanday darajada ekanligini anglatib turadi. Agar bu etarli bo‘lmasa, Paro aeroporti dengiz sathidan 2,4 km. balandlikda joylashgani, balandligi besh ming metrli cho‘qqilar bilan o‘ralgani va uchish-qo‘nish yo‘lagining uzunligi atigi 1980 metr ekanligini qo‘shimcha qilish mumkin. Aytishlaricha, Himolaydagi ushbu aeroportga qo‘nishga jur’at qila olgan yo‘lovchilar o‘zlarini bosish uchun asabni tinchlantiruvchi dori ichishar ekan.

Dunyoning eng xavfli 25 aeroporti

8. Kaytak aeroporti, Gonkong.

Ko‘plab uchuvchilar bu erni eng qo‘rqinchli aeroport deb hisoblashgan va u 1998 yilda yopib qo‘yilgan. Yon tarafdan esuvchi kuchli shamollar va atrofni o‘rab turuvchi tog‘lar qo‘nish vaqtida murakkabliklar keltirib chiqarardi. Mahalliy aholi ham bu erni xosiyatsiz joy deb bilgan. Ushbu aeroportni “barcha eng qo‘rqinchli aeroportlarning otasi” deb atashgan.

Dunyoning eng xavfli 25 aeroporti

9. Bara xalqaro aeroporti, Shotlandiya.

U sayyoramizdagi eng antiqa aeroport hisoblanib, bu erda uchish-qo‘nish yo‘lagi sifatida... plyajdan foydalaniladi. Plyajda uchburchak shaklidagi uchta uchish-qo‘nish yo‘lagi bo‘lib, ular yog‘och qoziqlar bilan belgilab qo‘yilgan.

Dunyoning eng xavfli 25 aeroporti

10. Kongonyas aeroporti, Braziliya.

Bu aeroportning xavfliligi uning shahar markazidan atigi 8 km. uzoqlikda joylashganligidir. Odatda, aholisi zich va yirik shaharlarda aeroportlar xavfsizlik nuqtai nazaridan shahar chetida yoki shahar hududidan ancha uzoqda quriladi. Biroq San-Pauludagilarning bundan xabarlari yo‘q shekilli. Shu sababli samolyotning ushbu aeroportga qo‘nishi o‘ta xavfli hisoblanadi.

Dunyoning eng xavfli 25 aeroporti

11. Gisborn aeroporti, Novaya Zelandiya.

Balki sizga mubolag‘adek, tuyular, lekin ushbu aeroport eng ahmoqona aeroport hisoblanadi. Nega deysizmi? Chunki asosiy uchish-qo‘nish yo‘lagini temir yo‘li kesib o‘tgan. Ha, haqiqiy temir yo‘li! Dispetcherlar samolyotlarning uchish-qo‘nish jarayonini poezdlarning qatnoviga mo‘ljallagan holda nazorat qilishlariga to‘g‘ri keladi.

Dunyoning eng xavfli 25 aeroporti

12. Tentsing va Xilari nomli aeroport, Nepal.

2010 yili “History Channel” kanali bu aeroportni eng xavfli aeroport deb atagan. U 2900 metr balandlikda joylashgan bo‘lib, uchish-qo‘nish yo‘lagi bir tomondan tog‘ bilan, ikkinchi tomondan chuqur jarlik bilan chegaralangan.

Dunyoning eng xavfli 25 aeroporti

13. Los-Anjeles xalqaro aeroporti, AQSh.

Los-Anjeles aeroporti bir necha marta AQShning eng xavfli aeroporti maqomiga loyiq topilgan. Bu erda uchuvchilar, dispetcher va operatorlar uchun turli xavfli vaziyatlarda o‘zini qanday tutish bo‘yicha “tezkor o‘quv dasturlari” naqd uchish-qo‘nish yo‘lagida o‘tkaziladi.

Dunyoning eng xavfli 25 aeroporti

14. Kurshevel aeroporti, Frantsiya.

Bu aeroport boylar uchun xizmat ko‘rsatsa-da, eng xavfli aeroportlardan hisoblanadi. Uchish-qo‘nish yo‘lagining uzunligi bor-yo‘g‘i 518 metr bo‘lib, eng ajoyib “syurpriz” yo‘lakning o‘rtasida tepalik joylashganligidir.

Dunyoning eng xavfli 25 aeroporti

15. Old Mariskal Sukre xalqaro aeroporti, Ekvador.

Bu er tajribali uchuvchilar uchun ham haqiqiy dahshatning o‘zi edi. Aeroport aholisi zich joylashgan Ekvadorning poytaxtining qoq markazida edi. Buning ustiga, faol vulqonlar va doimo tuman tushadigan vodiy ushbu aeroportga qo‘nish va uchishni qiyinlashtirardi. Bu hali hammasi emas: uchish-qo‘nish yo‘lagi o‘ydim-chuqurlardan iborat edi. Yaxshiyamki, aeroport o‘tgan yili yopildi va o‘rniga yangisi qurildi.

Dunyoning eng xavfli 25 aeroporti

16. Tonkotin xalqaro aeroporti, Gonduras.

“History Channel” kanalining eng xavfli aeroportlar ro‘yxatida u ikkinchi o‘rinni egalladi. Uning uchish-qo‘nish yo‘lagi tog‘lar bilan o‘ralgan vodiyda bo‘lib, samolyotlar uchun “kirish” va “chiqish” yo‘li bir joyda joylashgan. Qizig‘i, bu erga har kuni “Boeing 757” samolyotlari kelib-ketadi.

Dunyoning eng xavfli 25 aeroporti

17. Gibraltar aeroporti.

Bir qarashda oddiy aeroportdek ko‘rinadigan bu maskanga yaxshilab razm solsangiz, uning mazkur ro‘yxatdan bejizga o‘rin egallamaganiga guvoh bo‘lasiz. Sababi, uning uchish-qo‘nish yo‘lagi shaharning markaziy ko‘chasidan o‘tgan. Har safar samolyot qo‘nadigan paytda avtomobillar harakati to‘xtatiladi va haydovchilar poezd... uzr, samolyot o‘tib ketishini kutib turishadi.

Dunyoning eng xavfli 25 aeroporti

18. Madeyra aeroporti, Portugaliya.

Madeyra orolidagi bu xalqaro aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lagi juda qisqa bo‘lib, hattoki 2003 yili uni ikki baravar uzaytirishganida ham baribir qisqa hisoblanadi. Bundan tashqari, aeroportni bir tarafdan okean, ikkinchi tarafdan tog‘lar qurshab olgan. Ushbu aeroport dunyodagi eng xavfli aeroportlardan biridir.

Dunyoning eng xavfli 25 aeroporti

19. Malika Yuliana aeroporti, Avliyo Martin oroli.

Karib havzasining eng gavjum aeroportiga qo‘nish uchun uchuvchilar plyaj ustidan uchib o‘tishadi, devor ustidan o‘tishadi, yo‘l ustida parvoz qilishadi va nihoyat qo‘nishadi.

Dunyoning eng xavfli 25 aeroporti

20. Muzli aeroport, Antarktida.

Bu aeroport Antarktidadagi Mak-Merdo stantsiyasiga oziq-ovqat va tadqiqotchilarni etkazib borish uchun mo‘ljallangan uchta asosiy uchish-qo‘nish yo‘lagidan biridir. Aeroport hattoki “Boeing 757” va og‘ir yuk tashuvchi samolyotlarni ham qabul qila oladi. Bu erning xavfliligi ob-havo sharoitining o‘ta yomonligi bilan bog‘liq.

Dunyoning eng xavfli 25 aeroporti

21. Qirol Fahd xalqaro aeroporti, Saudiya Arabistoni

U dunyodagi eng katta maydonni egallagan aeroport bo‘lib, sahroda 300 kv. mil maydonni egallagan. Aeroport shu darajada ulkanki, xoh ishoning, xoh ishonmang, uchuvchilarning o‘zlari ham u qaerda boshlanib, qaerda tugashini aniq aytib bera olishmaydi. Sababi, uzoq masofadan aeroport atrofdagi sahro bilan birlashib ketgandek tuyuladi.

Dunyoning eng xavfli 25 aeroporti

22. Klivlend Xopkis xalqaro aeroporti, AQSh.

Bu aeroport joylashgan o‘rni yoki qulayliklari borasida hech qanday e’tirozga o‘rin qoldirmaydi, lekin bu erda dunyodagi eng mas’uliyatsiz xodimlar ishlashadi. Bir kuni tungi navbatchilikdagi dispetcherni samolyotlarni kerakli yo‘lga yo‘naltirish o‘rniga kino ko‘rib o‘tirganlikda ayblashgan. Bir marta esa ma’murlar tungi navbatchilikdagi dispetcherlar tanaffus vaqtida uxlashlari, reyslar kam bo‘lgan paytda esa elektron o‘yinlar o‘ynab o‘tirishlaridan shikoyat qilishgan.

Dunyoning eng xavfli 25 aeroporti

23. Gastaf III aeroporti, Sent-Bartelemi.

Bu aeroport 20tadan ortiq yo‘lovchini sig‘dira olmaydigan kichkina samolyotlarga xizmat ko‘rsatuvchi juda qisqa uchish-qo‘nish yo‘lagiga ega. Yo‘lak oxiri plyajga tutashib ketgan qiyalikda joylashgan. Samolyotlarga qo‘nish vaqtida tepaliklar xalaqit bersa, ko‘tarilish paytida samolyot plyajdagi dam oluvchilarning boshi ustidan uchib o‘tadi.

Dunyoning eng xavfli 25 aeroporti

24. Bamda aeroporti, Tibet.

Tibet dunyoning eng baland Himolay tog‘larida joylashgan bo‘lib, shuning uchun Bamda aeroportining 4000 metrdan ortiq balandlikda qurilganiga ajablanmasa ham bo‘ladi. Eng qizig‘i, uchish-qo‘nish yo‘lagining uzunligi 5 km.ga yaqin bo‘lib, u dunyoda eng uzun uchish-qo‘nish yo‘lagi hisoblanadi. Bu erda kislorod miqdorining ozligi yo‘lovchilarga noqulaylik tug‘dirish bilan birga samolyot dvigatellarining ishlashiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Dunyoning eng xavfli 25 aeroporti

25. Saba orolidagi aeroport.

Karibdagi ushbu go‘zal orolga parvoz dahshatdan o‘zga narsa emas, chunki aeroport uzunligi 396 metrli birgina uchish-qo‘nish yo‘lagidan iborat. Baland tepaliklar bilan o‘ralgan bu qisqa yo‘lak okeanga deyarli tutashib ketadi. Bu erga nafaqat katta samolyotlar, balki kichik o‘lchamdagi samolyotlarning ham qo‘nishi oson emas.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar