Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

10.07.2016

Munajjimlar bashorati: ustozlarga oid

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 359
Munajjimlar bashorati: ustozlarga oid

QO‘Y. Bunday ustozning boshida minglab g‘oyalar bo‘lib, ularni u shu zahoti amalga oshirishni istaydi. Ayniqsa, musobaqalar uning ko‘ngliga xush yoqadi. U bu g‘oyalar o‘quvchilarga ham yoqib, ular ishga yonib kirishishlarini kutadi. Qo‘y bola uchun maktab va hayot bir narsa, deb o‘ylaydi. Qo‘yning jahlini chiqarish oson. U judayam jizzaki bo‘lib, jahli chiqqanda, baqir-chaqir qilishi mumkin.

BUZOQ. U sinfdagi shovqin-suronga qahramonlik bilan chidab, hatto o‘chirg‘ich-u, daftarlarning uchishiga ham indamay qarab turishi mumkin. Lekin uning sabr kosasi to‘lsa, yomon. Buzoq juda qaysar bo‘ladi. Yong‘in, seldan tashqari, hech narsa uning dars o‘tishga bo‘lgan xohishini sindira olmaydi. Tabiiy ofatlar doim ham bo‘lavermasligini inobatga oladigan bo‘lsak, har ehtimolga qarshi darsga tayyor bo‘lishingizga to‘g‘ri keladi. U boladan inshoni ko‘proq, doska oldida esa aniqroq gapirishni talab etadi. Buzoq uy vazifasini ham ko‘p beradi.

EGIZAKLAR. U hazilkash, sinfini ko‘p bora ikki bahodan asrab, bolalar uxlab qolishiga yo‘l qo‘ymaydi. U nazorat ishlarini berishni yoqtiradi va buni ogohlantirmay uyushtirishi mumkin. Egizaklar gap sotishni yoqtirishadi. Agar uni gapga sololsangiz, mavzudan ancha chetga chiqib ketishi mumkin. Balki uning o‘zi bolalik chog‘ida boshqalardan obdon ko‘chirgan bo‘lsa kerakki, ko‘chirmachini shundoqqina tez bilib oladi.

QISQIChBAQA. Agar u dars o‘rtasida “Men davom ettirishdan bosh tortaman!”, deb qolsa, demak, uni xafa qilishgan va u o‘z ichiga ko‘milib olgan. Agar u aytib berayotganlaridan nimanidir tushunsangiz, darhol savol bering. Qisqichbaqalar berilib gapiradi va boshqalardan ham shunday munosabat kutadi. Unga shunchaki jimlik yoki e’tibor kamlik qiladi. U o‘quvchilar darsni xuddi o‘zi kabi boshdan kechirishlarini istaydi.

ARSLONlarni jahlini chiqarish emas, balki qo‘lga o‘rgatish lozim. U ichida o‘z o‘quvchilariga yoqishni istaydi. Shu bois uning jahlini chiqarsangiz, pedagogikaga xos bo‘lmagan usullar, sinfdan haydab chiqarish, kundalikni olib qo‘yish, eshikni qarsillatib yopishgacha boradi. Agar siz ikki baho olib, buning ustiga, o‘qituvchi darsdan keyin sizdan qolishni so‘rasa, unga jahl qilmang, aksincha, kechirim so‘rab, aslida, ustozning darsi sizga yoqishi, lekin uni o‘zlashtirishga kuchingiz yetmayotganini tan oling.

PARIZOD. Uning darsiga kechikib kelishni xayolingizga ham keltirmang. Parizodning o‘zi hali tong yorishmasdanoq maktabga keladi. U tartibsizlikni yomon ko‘radi. Shu bilan birga, Parizodlar mayda-chuydalarga e’tiborli bo‘lib, agar biron vazifa bergan bo‘lsa, sizdan farqli o‘laroq, buni hech qachon esdan chiqarmaydi. Agar mazangiz qochib qolsa, u sizga g‘amxo‘rlik qilib, bir qancha maslahatlar beradi, kechqurun uyingizga qo‘ng‘iroq qilib, hol-ahvol so‘rab qo‘yishni ham unutmaydi.

TAROZIlar sinfdagi shovqinga toqat qila olishmaydi. To‘polon uni muvozanatdan chiqarib, natijada Tarozi-ustoz o‘quvchilarning bironta savoliga javob berolmay qoladi. Sinf rahbari sifatida ular sizni ko‘p ham charchatishmaydi. Vaqti-vaqti bilan teatr yo ko‘rgazmaga olib borishi mumkin. Shuningdek, u maktabga ota-onalarni hadeb chaqiravermaydi.

ChAYoN. Bu yerda bir nima qilib bo‘lmaydi. Chayonning shiori “O‘lsang ham, qil!” Bu fe’l-atvor bilan u ashaddiy to‘polonchilarni ham birgina ko‘z qarashi bilan sokin bolalarga aylantirib qo‘ya oladi. Uning o‘t nigohidan badaningizga titroq yuguradi. Chayon birinchi bo‘lib chaqmaydi. U ko‘rinishidan sokinga o‘xshab ko‘rinadi. Lekin noto‘g‘ri harakat, ortiqcha gap, tahqirlash, baqiriq natijasida o‘quvchiga o‘sha zahoti zahar sochiladi. Bunday ustoz bilan bahslashish xavfli. U bilan o‘zingizni bo‘sh qo‘ying, qo‘rqayotganingizn i zinhor sezdirmang. Yana har kuni o‘z bilimingizni ko‘rsating. Faqat shu tariqa uning mehrini qozonishingiz mumkin.

O‘QOTAR. Siz albatta yo‘l xaltasi va palatkaga ega bo‘ling. Chunki O‘qotarlar sayohatlarni yoqtirib, bunga o‘z sinfini ham jalb etadi. Albatta, bolalar yomg‘ir tagida ivib, shirin choysiz qolib ketishlari mumkin, buning o‘rniga ular gitara ostida qo‘shiq kuylab, bitta gugurt donasi bilan gulxan yoqishni o‘rganib olishadi. O‘qotar rostgo‘y odam bo‘lib, u o‘quvchi haqidagi fikrlarini unga ochiq aytadi.

TOG‘ EChKISI bilan ham bahslashishga o‘rin yo‘q. Buning foydasi yo‘q. Chunki u hamisha haqligiga ishonadi. Yana u sizdan katta va bu yerda u bosh. Shunday ekan, uning ko‘ziga qarab, hammasiga ko‘nishdan boshqa chorangiz yo‘q. “Qilish kerak”, dedimi, bas, ko‘nmay ko‘ringchi… Tog‘ echkilarini ko‘z yoshi bilan ham qo‘rqitib bo‘lmaydi. Tog‘ echkisi tartib-intizom va turli foydali tadbirlarni yoqtiradi.

QOVG‘Alar bilan zerikish nimaligini bilmaysiz. Umuman olganda, uning maktabdaligining o‘zi g‘alati. Maktabda hayot qoidalar va tartib-intizom asosiga qurilgan. Qovg‘a esa qoidalarga bo‘ysunib yashashni istamaydi va u darsga kechikib kelishi, yoki uni cho‘zib yuborishi mumkin. U darsdayam o‘zini boshqacha tutib, hatto qo‘shiqlar aytib beradi. U o‘quvchilari bilan ham do‘stona munosabatda bo‘la oladi. Odatda, o‘quvchilar bunday ustozlarni xush ko‘rishadi.

BALIQ uchun maktab u qadar yaxshi joy emas. Lekin Baliq bu yerda ishlayotgan ekan, demak, o‘z kasbini sevadi. Ko‘pincha kimyo ustozlari ichida Baliqlar ko‘p uchraydi. Balki turli kukunlarni bir-biriga aralashtirib, keyin ulardan nima hosil bo‘lishini tomosha qilish Baliqlarga xush yoqqani bunga sababdir. Agar sinfda to‘polon bo‘lib qolsa, Baliqlar sinfdan tashqariga chiqib, bolalarning tinchishini bamaylixotir kutadi. Bu hol yuz bermasa, ular judayam qattiq xafa bo‘lishadi.

Manba: DiydorAziz

Manba: Zamin.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar