Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

10.07.2016

Abort qilingan bolalarni ko‘muvchi vetnamlik 15 yilda 100dan ortiq bolani asrab oldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 251
Abort qilingan bolalarni ko‘muvchi vetnamlik 15 yilda 100dan ortiq bolani asrab oldi

Vetnamlik Tong Fuok Fuk – ajoyib inson. U 15 yil davomida butun dunyoga insonparvarlik va fidoyilik aslida qanday bo‘lishini namoyish etib kelmoqda.

Barchasi 2001 yilda boshlangan. Kunlarning birida Tong Fuok Fuk homilador rafiqasi bilan shifoxonaga tekshiruvdan o‘tish uchun boradi va koridorda o‘tirib, bir xonaga homilador ayollar kirib, u erdan ko‘z yoshi bilan qaytib chiqayotganiga e’tibori tushadi. U aslida nima bo‘lganini tushunib etgach, eti jimirlab ketdi. Qanday qilib inson o‘z farzandi jonini uni hatto dafn qilmay turib, tortib olishi mumkinligini tasavvur qila olmas edi.

Kasbi quruvchi bo‘lgan Tong Fuok Fuk o‘z jamg‘armasiga Xon Tom tog‘i etagidagi erni sotib oladi va u erda hayotga kelmay turib, nobud bo‘lgan begunoh bolalarni ko‘mish uchun qabriston quradi. Biroq uning asosiy maqsadi boshqacha edi – bu qabristonga kelgan ayollar o‘z farzandlaridan voz kechish haqida yana bir bor o‘ylab ko‘rishlariga umid qildi.

Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, Tongning oldiga moddiy qiyinchilik sababli farzandini boqa olmagan ayollar tashrif buyura boshladi. Bu g‘ayrioddiy bo‘lsada, biroq Tong barcha farzandlarni o‘z oilasiga qabul qiladi. Vaqt o‘tishi bilan qabristondan olis bo‘lmagan erda yuzdan ortiq bolalar uchun qadrli bo‘lgan uy paydo bo‘ldi.

Abort qilingan bolalarni ko‘muvchi vetnamlik 15 yilda 100dan ortiq bolani asrab oldi

Bolalarning ismlarini adashtirmaslik uchun Tong ularga antiqa va yoqimli ismlar bergan: «Tam» - vetnamcha «yurak», yoki «Vin» - «sharaf». Har bir bola ikki sharifga ega – o‘z onasiki va xaloskori Tongniki.

Abort qilingan bolalarni ko‘muvchi vetnamlik 15 yilda 100dan ortiq bolani asrab oldi

Farzandlarini tashlab ketgan ayollarning moliyaviy ahvoli yaxshilangach, u bolalarni o‘z onasiga qaytarib beradi.

Abort qilingan bolalarni ko‘muvchi vetnamlik 15 yilda 100dan ortiq bolani asrab oldi

«Men so‘nggi nafasimgacha boshlagan ishim bilan shug‘ullanaman. Umid qilamanki, hayotdan ko‘z yumsam, farzandlarim ham mening ishimni davom ettirishadi», - deydi ko‘p farzandli ota Tong Fuok Fuk.

Abort qilingan bolalarni ko‘muvchi vetnamlik 15 yilda 100dan ortiq bolani asrab oldi

Axir bolalar - chinakam baxt va ulkan quvonchdir.

Abort qilingan bolalarni ko‘muvchi vetnamlik 15 yilda 100dan ortiq bolani asrab oldi


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar