Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

10.07.2016

Munajjimlar nima deydi: Siz qanday qariysiz?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 373
Munajjimlar nima deydi: Siz qanday qariysiz?

Albatta, hozir gap kimda ajin erta paydo bo‘lib, sochlari nechog‘lik tez oqarishi haqida ketmaydi. Turli burj vakillarining “umr kuzi”ga nisbatan munosabatlari xususi bilib olishingiz mumkin.

QO‘Ylar o‘z yoshlarini sezmaslikka harakat qilishadi. Ular ertani o‘ylamay, faqat bugungi kun, hozirgi daqiqalar bilan yashash tarafdori. Ulardagi ruhan tetiklik ancha yoshga borganda ham, quvvatlari oshishiga turtki beradi. Qo‘ylar 60 yoshda “allambalo” liboslar kiyishmas balki, lekin mototsikllar bilan qiziqishdan to‘xtashmaydi.

BUZOQlar berilib taom iste’mol qilishni yoqtirishadi va yoshlari ulg‘ayib qolganda, aksariyat Buzoqlarda ortiqcha vazn kuzatiladi. Yillar o‘tishi bilan qaysar, tepsa-tebranmas Buzoqlar yanayam sustlashishadi, bu nafaqat jismoniy, balki ruhan ham kuzatiladi. Lekin, ularning bardoshi metin bo‘lib, kasalliklarga qaramay, bu burj vakillari uzoq umr ko‘rishadi.

EGIZAKLAR yoshliklarida o‘z oldilariga maqsad qo‘yib, unga tomon olg‘a intilishadi va bu tezlik sur’ati yillar o‘tishi bilan ham susaymaydi. Yoshi ulg‘ayib qolgan Egizaklar nihoyat, endi uyiga barvaqt qayta boshlaydi, deb xomtama bo‘lmang. Keksa Egizaklarniyam hech qachon oyog‘ini osmondan qilib yotgan yoki dam olayotgan holatda ko‘rmaysiz. Ularning kareradagi o‘sishlari pensiya yoshigacha davom etib, agar buning imkoni bo‘lsa, undan keyin ham rivojlanadi.

QISQIChBAQAlar ikki tur bo‘lishlari mumkin: birlari hech qachon ulg‘aymasa, ikkinchilari atrofdagilariga yordam ko‘rsatishga shay bo‘lishadi. Qisqichbaqa ham xuddi Arslon kabi yoshi o‘tib qolganda, odamlar uni “oq sochlari” uchun hurmat qilishlarini istaydi. Qisqichbaqalardan bolajonlar juda yaxshi ko‘radigan “klassik” bobo-buvilar chiqadi.

ARSLON o‘z tabiatiga ko‘ra, og‘ir-bosiq va vazmin bo‘ladi, vaqt o‘tib, ularning bu fazilati yanayam kuchayadi. Qarib qolgan Arslonlar xotirjam, salobatli, biroz ortiqcha kilogrammlarga ega shaxslarga aylanishadi. Ular yanayam ko‘proq hurmat-izzatga ehtiyojmand bo‘lib, ba’zida o‘zlariga go‘yo sig‘inishlarini istab qolishadi. Shuningdek hamma ulardan o‘rnak olishlarini xohlashadi. Aynan shuning uchun ham, ular jamiyatda munosib o‘rinlarini topishga intilishadi.

PARIZODlarning Aksariyati yosh o‘tishi bilan, o‘z atrofini o‘rab turgan dunyoga salbiy nazar bilan qarab, hamma narsaga tanqid nigohi bilan boqadigan, ba’zan nazoratni qo‘ldan boy berib qo‘yadigan insonlarga aylanishadi. Ular mudom o‘z sog‘liklari haqida qayg‘urib, qomatlarini me’yorda ushlashga harakat qilishadi. Parizodlar aqlan ham o‘sishdan to‘xtashmaydi. Shu bois, qarigan Parizodlar ham odatda, sarvqomat, biroz qat’iyatli, lekin aqlli bo‘lishadi.

TAROZIlarni mudom o‘z tashqi ko‘rinishlari o‘ylantiradi, shu bois, ular ortiqcha kilogrammlar hamda yuzlarida ajinlar paydo bo‘lishini iloji boricha, ortga surishga harakat qilishadi. Odatda, bu ularning qo‘lidan keladi. Hatto 80 yoshni urib qo‘ygan Tarozi ham boshqalarni “yoshim 40 dan sal oshgan”, deb bemalol chuv tushira oladi.

ChAYoNlar keksayganda salobatli va ko‘rimli bo‘lishadi. Ular o‘zlari haqida xuddi faylasuflardek mushohada yurita boshlashadi, aslidayam, yillar davomida ulardagi hayotiy tajriba ortib boradi. Afsuski, keksaygan Chayonlar ko‘pincha o‘z shaxsiy fikr va maqsadlariga o‘ta beriluvchan bo‘lib qolishadi va bu ko‘pincha qaysarlik darajasida bo‘ladi.

O‘QOTARLAR ham xuddi Qo‘ylar kabi qarilik haqida o‘ylashni istashmaydi. Ba’zida bu haddan ziyod ko‘payib, ular duch kelgan odamdan o‘z yoshlari haqida biron bir xushomad olish maqsadida so‘ray boshlashadi. Umuman olganda, ular u qadar asossiz ham emas. Garchi O‘qotarlar o‘zlarini unchalik parvarishlashmasa-da, biroq jozibalarini uzoq yillar davomida saqlay olishadi.

TOG‘ EChKISI vaqt bilan uyqash burjdir, chunki ularni vaqtga javob beruvchi sayyora Saturn boshqaradi. Shunisi qiziqki, Tog‘ echkilari uchun vaqt go‘yoki ortga harakatlanadi. Ular “jajji qariyalar” bo‘lib tug‘ilib, aqlli, mushohadakor va mas’uliyatli bo‘lishadi, biroq vaqt o‘tishi bilan, fe’l-atvorida bolalarga xos sho‘xliklar paydo bo‘la boshlaydi. Keksayib qolgan Tog‘ echkisi esa o‘zini xuddi yosh boladek tutadi.

QOVG‘Alarga Saturn sayyorasining ta’siri kuchli, shu bois, ular ham xuddi Tog‘ echkilari kabi bolaliklarida juda jiddiy bo‘lishadi. Lekin vaqt o‘tishi bilan, ulardagi “odamlar nima derkin”, degan fikr yo‘qolib, 80 yoshli Qovg‘alar o‘zlarini o‘zlari xohlagandek tutishadi.

BALIQlar qarishdan o‘lguday qo‘rqishadi. Axir, oldinda qancha qilinmagan ishlar, ko‘rilmagan yangi davlatlar bo‘lsa! Va aynan mana shu sababli ham, Baliqlar dam-badam to‘xtab, hayotiy pallalarini sarhisob qilib, ularga bir qur xulosa yasab, balansni taqqoslab olishadi. Ular bu haqda qancha kam xavotirlanishsa, shuncha hayotlari xotirjam davom etib, o‘zlarini baxtli his qilishadi. Chunki ortiqcha xavotir umrni qisqartiradi-da.

Manba: Zamin.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar